Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Qo‘shma so‘zlarning yasalishi 
 
Turkiy  tillar  tarixida  so‘z  yasashning  analitik  usuli  ham 
amal  qilgan.  Bunday  usul  bilan  yasalgan  so‘zlar  yodgorliklar 
tilida keng qo‘llaniladi. 
Ko‘k turk bitiglarida: beŋgütaš, bitigtaš - bitigtosh, sübašï - 
lashkarboshi. AH da: qarabaš – cho‘ri, xizmatkor.  
Ko‘k  turk  bitiglarida  qutb  otlari  ham  shunday  usulda 
yasalgan: kün toğsuq – kun chiqar (Sharq), kün ortusï – Janub, 
kün batsïq – kun botar (G‘arb), tün ortusï – Shimol. 
Qadimgi  turkiy  tilda  qo‘shma  so‘z  holida  yasalgan  yer 
otlari (toponimlar), daryo va ko‘l otlari (gidronimlar) ham tez-
tez  uchrab  turadi:  Temir  qapïğ,  Qaraqum,  Qara  köl,  Yinčü 
ögüz, Yašïl ögüz. 
Qo‘shma so‘z holida yasalgan taponimlar ko‘proq joy otini 
bildiruvchi so‘zlardan tuzilgan bo‘ladi. 
Qadimgi  turkiy  tilda  “shahar”  ma’nosida  balїq,  uluš, 
kän~ken,  kent~kend,  ordu  so‘zlari  qo‘llangan.  Bu  so‘zlarni 


 
142
ba’zi  shahar  otlarining  tarkibida  ham  uchratamiz.  Masalan: 
Bešbalїq,  Quzuluš,  Quzordu.  Yoki:  Ötükän,  Tärkän,  Äbäkän, 
Čimgän  otlari  tarkibidagi  kän~ken~gän  ham,  chamasi, 
“shahar” ma’nosini anglatadi. 
Quzuluš, 
Quzordu 
ham 
qo‘shma 
so‘z 
holidagi 
taponimlardir.  Chunonchi,  Mahmud  Koshg‘ariy  uluš  so‘ziga 
izoh bera turib, yozadi:  bu so‘z chigillar shevasida “qishloq”ni 
anglatadi.  Balasag‘un  va  ularning  yuqori  yonidagi  arg‘ular 
tilida  “shahar”  demakdir.  Shuning  uchun  Balasag‘un  shahrini 
Quzuluš  deydilar  (MK.I.94).  Olimning    boshqa  bir  o‘rinda 
qayd etishicha,  bu shaharning Quzordu degan oti ham  bo‘lgan 
(MK.I.145). 
Quzordu  “Qutadg‘u  bilig”ning  uyg‘ur  yozuvli  hirot 
qo‘lyozmasida  ham  uchraydi:  Munungї  turuğlağ  Quzordu    eli 
(Uning  turar  yeri  Quzo‘rdu  elidir)  (Радлов  1890,7).  Bu 
jumlada  asar  muallifi  Yusuf  Xos  Hojibning  tug‘ilgan  yeri 

 
Quzo‘rdu (ya’ni Balasag‘un) nazarda tutilmoqda. 
Quzuluš,  Quzordu  otlari  tarkibidagi  quz,  aftidan,  “kunga 
ters”,  “kun  botar”  ma’nolarini  bildiradi.  Chog‘ishtiring: 
Mahmud  Koshg‘ariy  lug‘atida:  quz  tağ 

  tog‘ning  quyosh 
tushmaydigan joyi (MK.III.196); hozirgi o‘zbek tilida: küngäy 
–  kun  tushadigan  joy;  quzğay 

  kunga  taskari  joy.  Yoki 
turkchada:  Güney 

  Janub,  Kuzey 

  Shimol.  Shundan  kelib 
chiqib,  Quzuluš,  Quzordu  –  “kun  botardagi  shahar”  degan 
ma’noni bildiradi, 
Endi  Bešbalїq  to‘g‘risida.  Mahmud  Koshg‘ariyning 
yozishicha,  bu  uyg‘ur  viloyatidagi  besh  shahardan  biridir 
(MK.I.136). 
Bu  otning  etimologiyasi  to‘g‘risida  Koshg‘ariy  yozadi: 
Balїq 

  johiliya  davridagi  turklar  va  uyg‘urlar  tilida  “shahar”. 
Uyg‘urlarning  eng  katta  shaharlariga  Bešbalїq  deyilishi 
shundandir.  Bešbalїq  –  “besh  shahar”  demakdir.  Uyg‘urlar 
boshqa  bir  shaharlariga  Yangїbalїq  –  “yangi  shahar”  deydilar 
(MK.I.360). 


 
143
Kent  va  ulush  otlarining  yasalishida,  ba’zan,  Markaziy 
Osiyo  xalqlari  tillarida  yagona  prinsiplar  amal  qilganligini 
kuzatamiz.  Masalan:  Bešbalїq 

  kelib  chiqishi  turkiy  ot, 
Panjkent 

 forsiy. 
Qo‘shma  so‘z  shaklidagi  kishi  otlari  ham  bor.  Masalan, 
Qutlubars,  Qulbars,  Aybars,  Qaraquš,  Alaquš,  Aydoğdï, 
Kündoğdï,  Kündoğmïš,  Quštemür,  Esändemür,  Temürxan, 
Temürtaš. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish