OT
Otlarning yasalishi
Morfologik usulda otlar ikki xil asosdan – ot(ismlar)ga va
fe’llarga yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan yasaladi.
1. Otdan (ismlardan) ot yasovchi qo‘shimchalar. Bular:
-čï, -či affiksi. Ushbu qo‘shimcha kasb-kor, yumush egasi
ma’nosini anglatuvchi ot yasaydi. Ko‘k turk bitiglarida: yoğčï –
azachi, sïğïtčï – yig‘ichi, ayğučï – maslahatchi, yerči – yerni
(hududni) yaxshi biladigan kishi; Huast. da: nomčï – diniy
ta’lim beruvchi, pir, ustoz; ötägči – qarzdor, ba’zan ötägči
birimči shaklida ham qo‘llaniladi; täŋriči – xudojo‘y, dindor;
MK da: otačï – tabib, tarïğčï – dehqon, emči – shifokor , etükči
146
– etikdo‘z; AT da: suwčï – dengizchi, kemäči – kema boshlig‘i,
kapitan; KTT. da: temürči – temirchi, baqïrčï – misgar, bitigči
– kotib, etmäkči – nonvoy, etči – qassob.
Alisher Navoiyning yozishicha, mansabning yo hunarning
va yo peshaning izhori uchun ba’zi so‘zlar so‘ngida -čï, -či
qo‘shimchasini orttirurlar. Mansabda andoq-ki: qorčï, sučï,
hizānačï, keräk yaraqčï, čögänči, nizäči, šükürči, yurtčï,
šilänči, axtačï; hunar va peshada andoq-ki: quščï, barsčï,
qoruqčï, tamğačï, jibäči, yorğačï, xalvačï, kemäči, qoyčï. Qush
hunarida ham bu istiloh bordir. Andoq-ki: qazčï, quščï, turnačï,
kiyikči, tawušqančï (ML.178).
-daš~δaš, -däš~δäš affiksi. QB da: qaδaš – qarindosh,
qoldaš – qo‘ldosh, köŋüldäš – ko‘ngildosh; MK da: qarïndaš –
qarindosh, yerdäš – yerdosh, bir yerlik, emükdäš – emikdosh,
bir onani emgan.
-lïq, -lik, -lïğ, -lig / -luq, -lük, -lug, -lüg affiksi. QB da:
qarïlïq – qarilik, uluğluq – ulug‘lik, saqlïq – xushyorlik,
yaruqluq – yorug‘lik, yigitlik – yigitlik, esänlik – esonlik,
čečäklik – gulzor; MK da: tawarlïq – xazina, ačlïq – ochlik,
qağunluq – qovun poliz, tarïğlïq – ombor, eliglik – qo‘lqop,
közlük – ko‘zoynak; AH da: čïğaylïq – qashshoqlik, suqluq –
suqlik, toqluq – to‘qlik.
-duruq, -dürük / -turuq, -türük affiksi. KTT da: kömüldürük
– otning ko‘krak yopqichi. Hozirgi o‘zb.: boyunturuq.
-duq, -dük affiksi. MK da: burunduq – tuya anjomi,
boshbog‘.
-daq, -däk affiksi. MK da: bağïrdaq – siynalik (qiyoslang:
KTT da: bağïrdaq – beshik bog‘i).
-čuq, -čük affiksi. KTT.24 da: yančuq (yan – “yon”
so‘zidan) – to‘rva; MK da: örčük – o‘rama soch.
-qay, -ğay, -käy, -gäy affiksi. Hozirgi uyg‘ur.: täskäy (täris-
käy), küngäy; o‘zb.: terskäy, küngäy; quzğay.
-duz, -düz / -tuz, -tüz affiksi. QB da: yulduz (qiyoslang,
taqlidiy so‘z: yalt-yult), kündüz.
147
2. Fe’ldan ot yasovchi qo‘shimchalar. Bular quyidagilardir:
-q, -k / -ğ, -g affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: otlaq – o‘tloq,
töšäk – to‘shak; qapïğ – eshik, darvoza (QB da: qapuğ), körüg
– kuzatuvchi, josus; QB da: kečik – kechuv joyi, tiläk – tilak,
yöläk – yordamchi, bezäk – bezak, tapuğ – xizmat, bilig –
bilim, aytïğ – savol; MK da: qïšlağ – qishloq, yaylağ – yaylov,
suwlağ – suv toshgan yer, tarïğlağ – ekinzor, qušlağ – qushlar
makoni, tutuğ – garov, qonuq – mehmon; AH da: qïlïq – odat;
ölüg – o‘lik, tirig – tirik. Taf. da: sïnağ – sinov, soruğ~soruq –
so‘roq, bïčaq – pichoq.
Navoiyning yozishicha, mazkur qo‘shimchani mahal va
makonga qo‘shib, bir fasl yo bir amrga mansub qilurlar.
Andoq-ki: qïšlaq, yaylaq, awlaq, qušlaq (ML.178).
Yoki yana solishtiring, hozirgi o‘zb.: qïšlaq, yaylaw (
la-ğ/q; yay – “ko‘klam”, yaylağ – “ko‘klamni o‘tkazadigan
yer”
ma’nosida).
Bu
so‘zlarning
qadimgi
matnlarda
qo‘llanilishiga e’tibor bering: Talïm qara qušman, yašïl qaya
yaylağïm, qïzïl qaya qïšlağïm-ol. – Yirtqich burgutman, yashil
qoya yozni o‘tkazar yerim, qizil qoya qishlar yerimdir (İB.51).
-m affiksi. QB da: alïm – olim, berim – berim; MK da:
aqïm – oqim, sağïm – sog‘im, tizim – tizim, bog‘, bičim –
bichim, ölüm – o‘lim. Hozirgi uyg‘ur.: qatlam, aldam – aldov,
bağlam, uqum – tushuncha, kiyim, ösüm – o‘sish.
-maq, -mäk affiksi. MK da: čaqmaq – chaqmoq, qïsmaq –
petlya.
-qïn, -ğïn / -qun, -ğun, -kin, -gin / -kün, -gün affiksi. MK
da: tutğun – tutqin, qačğïn – qochqin. Hozirgi o‘zb.: basqïn,
tašqïn, yanğïn, učqun, yalqïn, köčkin, sürgün, epkin.
-qan, -kän / -ğan, -gän affiksi. Hozirgi uyg‘ur.: tuqqan –
tug‘ishgan, qapqan, čeqïlğan – chaqmoq.
-qïč, -ğïč, -kič, -gič / -quč, -guč, -küč, -güč affiksi. Buyum,
narsa, qurol, yarog‘ otini yasaydi. Ko‘k turk bitiglarida: ačquč
– ochqich, kalit; MK da: bïčğuč – qaychi. Hozirgi o‘zb.: qïrğïč,
148
očïrğïč ( uyg‘ur.: basquč, qïrğuč, körsätküč,
yälpigüč.
-qaq, -ğaq, -käk, -gäk affiksi. QB da: yatğaq – qorovul,
turğaq – soqchi; MK da: orğaq – o‘roq, turğaq – sir oluvchi
qo‘shin, tirsgäk – tirsak.
-ma, -mä affiksi: MK da: tügmä – tugma, süzmä – suzma,
kesmä – soch kesmasi. Hozirgi o‘zb.: surma, qatlama, süzmä.
-qu, -ğu / -kü, -gü affiksi. MK da: bïčğu – pichoq, süpürgü
– supurgi, külgü – kulgu; QB da: yegü – yegulik, kedgü –
kiyim. Taf. da: bïčqu – qilich.
Shu o‘rinda közgü so‘zining yasalishiga e’tibor qilaylik. Bu
so‘zda -gü qo‘shimchasi ot(köz)dan ot yasagan. Aslida u fe’l
o‘zagidan ot yasovchi qo‘shimchadir. Aftidan, bu o‘rinda o‘zak
köz (ot) emas, kör- (fe’l) bo‘lgan bo‘luvi kerak: kör->köz-
>köz-gü>közgü. Qiyoslang, İB. da: közüŋü – ko‘zgu, oynak.
-n affiksi. MK da: aqïn – sel, yïğïn – yig‘in, ekin – ekin,
egin – yelka, kift, boğun – bo‘g‘un; QB da: tügün – tugun.
Hozirgi uyg‘ur.: eqïn – sel, jïğïn; o‘zb.: yïğïn, otun, quyun,
tügün, kelin.
Ushbu affiks joy, makon otini ham yasaydi: qorğan (qor-ğa
– “qo‘ri, himoya qil” so‘zidan) – qo‘rg‘on. Yoki, solishtiring:
Qazan ((qaz-ğa – “g‘alaba qozon” so‘zidan) –
shahar nomi, Qozon. Lekin “idish” anglamidagi qazan
so‘zining o‘zagi qaz- fe’liga bog‘lanadi. Qiyoslang: hozirgi
o‘zb.: qazïmaq, qazïq ham shu asosdan.
-č affiksi. QB da: qïlïnč – qilmish, fe’l-atvor, saqïnč –
eslash, sewinč – sevinch; MK da: ötünč – qarz, urunč – pora,
ökünč – o‘kinch; AH da: sökünč – so‘kinch; Huast. da: yükünč
– yukunch (yükün- “yukunmak, sig‘inmoq, topinmoq”
fe’lidan).
-š affiksi. MK da: uruš – urush, toquš – jang, kurash, čïqïš
– foyda, kečiš – kechuv; QB da: alqïš – olqish (alqa – “maqta”
so‘zidan), qarğïš – qarg‘ish (qarğa- so‘zidan), söküš – so‘kish;
AH da: ülüš – hissa.
149
- man, -män affiksi. MK da: sïqman – uzumni siqadigan
vaqt, sökmän – alp, qahramon. Hozirgi turk.: öğretmen –
o‘qituvchi; o‘zb.: bilärmän, taparman-tutarman.
- ğa, -gä affiksi. MK da: bilgä – donishmand, olim, hakim,
ögä – aqlli odam, bilimdon.
- wul,
-wül affiksi.
Navoiyning
yozishicha,
ushbu
qo‘shimcha ko‘magida bir muabbir va bir maxsus sifatga tayin
qilurlar-ki, sultonlarning xoh bazm asbobi uchun, xoh bazm
jihoti uchun mo‘’tabardir. Andoq-ki: hiräwül, qarawul,
čaŋdawul, yaŋawul, sözäwül, tapawul, kitpäwül, yasawul,
bökäwül, šïğawul, daqawul (ML.178). KN da: harawul,
čandawul. Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: qarawul. Yoki xalq
ertaklarining böri bäkäwül ekän, tülki yasawul ekän
boshlamasini eslang.
- sïq, -sik / -sïğ, -sig / -suq, -sük / -suğ, -süg affiksi. Ko‘k
turk bitiglarida: kün toğsuq – kun chiqar (Sharq), kün batsïq –
kun botar (G‘arb). Qiyoslang, MK da: kün toğsuğ, kün batsïğ.
- t affiksi. MK da: ögüt – nasihat, pand.
- qa, -kä affiksi. Bu affiks hashorat otlarida uchraydi. KTT.
da: sarïnčqa, kitobda qayd etilishiga ko‘ra, turkmanchada
čekirgä ham deyilgan (qiyoslang, hozirgi o‘zb.: čigirtkä),
qumursqa, qasïrtqa – kana.
- wač, -wäč / -ğač, -gäč affiksi. MK da: sanduwač – bulbul
(solishtiring, o‘zb. shevalarida sannaqčï – oqin, xalq
qo‘shiqchisi). Hozirgi o‘zb.: qaldïrğač.
Do'stlaringiz bilan baham: |