Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti


–BOB. YAPONIYA TASHQI SIYOSATINING O’ZIGA XOS



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana27.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#610925
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi Охирги вариант

2–BOB. YAPONIYA TASHQI SIYOSATINING O’ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
 
2.1. Yaponiya tashqi siyosatida yumshoq kuch “Soft power”ning
ahamiyati 
 
Globallashuv jarayoni tufayli ko’plab davlatlar xalqaro integratsiyalashuvga 
kata e’tibor bermoqda. Shu tufayli davlatlar o’zaro mustahkam diplomatik 
aloqalarni o’rnatish uchun turli xil yo’nalishlarda hamkorlik olib boradi. Xalqaro 
munosabatlarda “Yumshoq kuch” (soft power) dan foydalanish ommalashib 
bormoqda.
Biz “qattiq siyosat” (hard power) tushunchasi bilan tanishmiz. Harbiy va 
iqtisodiy qudrat boshqa davlatlrning pozitsiyasini tez tez o’zgartirib turishini 
hammamiz bilamiz. Lekin ba’zan davlatlar hech qanday harbiy kuch ishlatmasdan 
yoki ma’lum miqdorda boshqa davlatga pul bermasdan ham o’z ko’zlagan 
maqsadlariga yetadi. Ya’ni o’z xohlagan narsasiga bilvosita yo’l “qudratning 
ikkinchi yuzi” bilan erishadi. Bu shundan dalolat beradiki, biror davlat jahon 
siyosat tizimida o’z maqsadiga yetishishi mumkin, chunki boshqa davlatlar uning 
mavqeini, harakatlarini, shuningdek boylik va ochiqlik darajasini qo’llab 
quvvatlaydi. Xalqaro siyosiy sohada bu borada “soft power” tushunchasi yuritiladi. 
“Yumshoq kuch” (soft power) atamasi 1990-yilda Garvard universiteti 
professori Jozef Nay tomonidan muomalaga kiritilgan bo‘lib, davlatning o‘z 
siyosati, madaniyati, brendlari, ta’lim tizimi, imiji va boshqa shunga o‘xshash 
omillari orqali xalqaro munosabatlarga va boshqa mamlakatlarga ta’sir o‘tkazish 
mahoratini anglatadi. 


2015-yilda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Blerga tegishli 
Portland Communications firmasi tomonidan The Soft Power 30 (“Yumshoq kuch 
o‘ttizligi”) nomli nufuzli xalqaro reyting e’lon qilindi. Bu reytingga asosan 
dastlabki o‘rinlarni an’anaviy yetakchilar – Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh 
egallagan. Kuchli o‘nlikka Fransiya, Kanada, Avstraliya, Shveysariya, Yaponiya 
va Niderlandiya kirgan. 
Amerikalik tadqiqotchi Jozef Nayning ta’kidlashicha, “Soft power” ya’ni 
“yumshoq kuch” konsepsiyasining Yaponiyada namoyon bo’lishi 2004 yilda
Xosey Universiteti professori Tamotsu Aoki boshchiligidagi madaniy diplomatiya 
bo’yicha Maslahat kengashining tuzilishi bilan ifodalanadi. Kengash tashviqot 
sohasida o’zida estetik his-tuyg’u va an’anaviy badiiy komillikni ifoda etgan 
madaniyat namunalari hisoblangan “manga” (
まんが
- komikslar) va “anime” (
アニメ
animatsion filmlar)dan keng foydalanishni keng tavfsiya etadi
1
. Bugungi kunda 
ular mamlakat madaniy an’analarining yangi ifodasi sifatida etirof etiladi.
Oklend Universiteti Yapon o’qituvchisi, komikslar va Yaponiya pop 
madaniyati bo’yicha ekspert, Rumiy Sakamotoning fikricha bosh vazir Junichiro 
Koidzumining 2001-2006-ma’muriyatiga qaytib kelishi ijobiy holat bo’ldi. 
Sakomotoning fikricha “Janob Koidzumi va janob Aso Beri Yaponiya hukumati 
bilan birga ongli ravishda Yaponiya pop madaniyatini targ'ib etdi. Bu jiddiy qabul 
qilindi. Iqtisodiy retsessiya bilan bir paytda, “madaniyat” va “Sovuqqon Yaponiya” 
imijini xorijdagi Yaponiya ta’siri uchun yangi umid maqomini berdi
2
.
Yapon tomonidan bu harakat global tasvir uchun bir kurashning ifodasidir. 
Bu, shuningdek, madaniy mahsulot va rivojlanayotgan sayyohlik xizmati sotish 
orqali aniq va qisqa muddatli foyda ta’minlash uchun bir harakat bo’ldi. 
Sakamotoning fikricha “Madaniy diplomatiyani targ’ib qilish, Yaponiya tasvirini 
takomillashtirish orqali iqtisodiy daromad olish ochiq oydin ma’lum.”
Mari Roesgaard, Kopengagen Universitetida dotsentning fikricha “Albatta, 
diplomatiyani yanada faollashtirish mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati uchun 
1
Катасонова Е.Л. Япония и азиатский сценарий Джозефа Ная // Азия и Африка сегодня, 2013. №9. – С.70. 
2
Asger Rojle Christensen The growth of Cool Japan. 2015. Aprel 5. 
http://english.hani.co.kr/arti/englishedition/e 
international/
 


oson yordam berishi mumkin. Davlatning rivojlanishida va boshqa sohalardagi real 
ta’sirida Yaponiya hukumati soft power dan foydalanish uchun harakat qilmoqda.” 
Shu o’rinda savol tug’iladi: “Yumshoq kuch” tizimining xalqaro aloqalar 
tizimida qanday ahamiyatga ega? Masalaga real nuqtai nazardan qarab tahlil 
qiladigan bo’lsak, bu harakat orqasida har qanday davlatning siyosiy va iqtisodiy 
manfaatlari yotadi. Misol uchun bir mamlakat boshqa mamlakatga to’g’ridan-
to’g’ri yoki ma’lum bir dasturlar asosida investitsiya kiritish orqali o’z 
madaniyatinini, tili, urf-odatlarini va ta’lim tizimini isloh etadi. Shu orqali o’zga 
mamlakatni o’ziga jalb eta boshlaydi. Lekin pirovardida nima ko’zlangan bo’lishi 
mumkin? Bu borada quyidagicha mulohazalar yuritish mumkin: 
- Mamlakat bozorlariga erkin, tarif va bojxona to’lovlarisiz kirib kelish 
mumkin; 

O’zaro diplomatik aloqalar o’rnatilib, ittifoqdoshlik ruhiyatini
mujassamlashtirishi mumkin; 
- Xalqaro siyosiy muammolarda ustunlikka erishishi mumkin; 
- Boshqa bir mamlakatga siyosiy va iqtisodiy jihatdan yaqinlashish imkonini 
berishi mumkin va boshqalar.
“Soft power” dan asosiy ko’zlangan maqsad davlat iqtisodiy va siyosiy 
holatini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro munosabatlarning 
to’laqonli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy 
va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez 
sur’atlar bilan o’sishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo’lidagi jadal siyosat 
olib borishi va boshqa gegemon davlatlar bilan to’laqonli muzokaralr olib orish 
uchun xalqaro pozitsiyasini yaratishdan iboratdir. 
Yaponiyaning Daniyadagi oldingi elchisi Seiichi Kondo o’z nutqida klassik 
musiqa va rassomchilikka qiziqishini, shu bilan birgalikda amimatsiyalarni ham 
yaxshi ko’rishini , agar Daniyaliklar xohhlasa buni qo’llab-quvvatlashini ta’kidlab 
o’tgan. Bir necha yillar mobaynida Kondo Yaponiya tashqi ishlar vazirligida “soft 
power” siyosati bo’yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan. Ikki yildan keyin u 
Daniyaga qaytib Yaponiya hukumati madaniyat agentligi komissiya rahbari 


lavozimini egallagan. U hozirgi kunda Yaponiyaning global miqyosdagi mavqeini 
oshirish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Kondo 2009-yil Kopengagenda so’zlagan 
nutqida san’at va madaniyat globalizatsiya jarayonida mamlakatlar o’rtasida 
muhim ro’l o’ynashini ta’kidlab o’tgan 
1

Manga, Yaponiya komikslari; Yaponiya animatsiyalari; yosh aktyorlar 
Manga qahramonlari kostyumlarini kiyib rol ijro etishi: bu kabi Yaponiya 
madaniyati ko’pchiliknikning nazarida g’alati yoki bemani ramzlar bo’lib tuyulishi 
mumkin. Lekin ular dunyo bo’ylab ildiz otishga ulgurgan va birinchi va ikkinchi 
Jahon urushi va 1990-yillardagi iqtisodiy tanglik tufayli yo’qotilgan “hard power”
siyosatini o’rnini qoplash maqsadida “soft power” siyosatiga qaratilgan dasturda 
muhim ro’l o’ynaydi. 
2
Yaponiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan “soft power” butun dunyo 
bo’ylab yosh avlod ongida Yaponiya davlatining mashhurligini singdirishdan 
iborat. Ta’sir doirasi to’g’ridan-to’g’ri Yaponiya madaniyat fenomenasiga 
qizizqqan yosh chet ellik fuqarolarga qaratilgan. U o’z ichiga Noh teatri, 
Yaponiyaliklarning choy bayrami, Kurosawa Kitano kabi zamonaviy filmlar , Issei 
Miyaki yoki Kenzo, sushi, Yapon oshxonasi va albatta elektronika, kompyuter 
o’yinlarini qamrab oladi. Lekin oxirgi yillarda ijtimoiy saytlar asosan manga, 
animatsiya va ertaklarga asosiy e’tiborni qaratmoqda.
Manga va animelarda asosan yaponlarga xos zamonaviy hayot tarzi, 
mintaliteti va an’analari uyg’unlashgan holda tasvirlangan. Ular yoshu qarilarni 
birdek jalb qilish maqsadida yaratiladi. Ularga misol qilib Naruto (
な る と
), 
Pokemon (
ポケモン
) kabilarni keltirishim mumkin.
“Agar manga yoki animatsiyaga oid multfilmalarini yaxshi ko’radiganlar 
bo’lsa, Xitoy do’konlariga bir nazar tashlab ko’rin. Rastalar yapon animatsiya 
multfilm qahramaonlari bilan to’lganligini ko’rasiz” deb sobiq tashqi ishlar vaziri 
1
Asger Rojle Christensen The growth of Cool Japan. 2015. Aprel 5. 
http://english.hani.co.kr/arti/englishedition/e 
international/
 
2
Japan Constitution 1946 
http://english.hani.co.kr/arti/english_edition/e_international/
 


Taro Aso 2006-yil nutqida aytib o’tdi
1
. Yaponiya davlati insonlar qarashlarida
ijobiy tasvir, oson uzoq muddatli taassurot bo'lishini hohlaydi. Bugun bu nutq 
sovuqqon Yaponiya kompaniyasi uchun norasmiy harakat boshlash sifatida 
ko’rilmoqda. Yaponiya har doim uning bilimdon madaniyatini targ’ib qilish uchun 
jamoatchilik mablag'larini foydalangan bo'lsa, hozir hukumat shovqinli pop 
madaniyati bilan xuddi shunday holatni istaydi. 2005-yildan boshlab, u 
Yaponiyada dunyo bo’ylab animatsion qahramonlar kiyimlarini kiyib yuruvchi 
muxlislar uchun yillik ravishda homiylik qildi. 2007-yildan boshlab, butun dunyo 
bo’ylab eng yaxshi mangga rassomlari uchun yillik xalqaro tanlov e’lon qilinib, 
ular sovrinlar bilan taqdirlandi
2

Oklend Universiteti Yapon o’qituvchisi, komikslar va Yaponiya pop 
madaniyati bo’yicha ekspert, Rumiy Sakamotoning fikricha bosh vazir Junichiro 
Koidzumining 2001-2006-ma’muriyatiga qaytib kelishi ijobiy holat bo’ldi. 
Sakomotoning fikricha “Janob Koidzumi va janob Aso Beri Yaponiya hukumati 
bilan birga ongli ravishda Yaponiya pop madaniyatini targ'ib etdi. Bu jiddiy qabul 
qilindi. Iqtisodiy retsessiya bilan bir paytda, “madaniyat” va “Sovuqqon Yaponiya” 
imijini xorijdagi Yaponiya ta’siri uchun yangi umid maqomini berdi
3

Yapon tomonidan bu harakat global tasvir uchun bir kurashning ifodasidir. 
Bu, shuningdek, madaniy mahsulot va rivojlanayotgan sayyohlik xizmati sotish 
orqali aniq va qisqa muddatli foyda ta’minlash uchun bir harakat bo’ldi. 
Sakamotoning fikricha “Madaniy diplomatiyani targ’ib qilish, Yaponiya tasvirini 
takomillashtirish orqali iqtisodiy daromad olish ochiq oydin ma’lum.”
Mari Roesgard, Kopengagen Universiteti dotsentining fikricha “Albatta, 
diplomatiyani yanada faollashtirish mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati uchun 
oson yordam berishi mumkin. Davlatning rivojlanishida va boshqa sohalardagi real 
1
Asger Rojle Christensen The growth of Cool Japan. 2015. Aprel 5. 
http://english.hani.co.kr/arti/englishedition/e 
international/
 
2
O’sha joyda. 
http://english.hani.co.kr/arti/englishedition/e international/
 
3
O’sha joyda. 
http://english.hani.co.kr/arti/englishedition/e international/
 


ta’sirida Yaponiya hukumati “soft power”dan foydalanish uchun harakat 
qilmoqda”
1

Turizm – bu faqatgina mamlakat byudjeti uchun tushum bo’libgina 
qolmasdan balki, Yaponiyaning imidjini, mamlakat fuqarolarining yashash, 
ishlash tarzini ko’rsatib beruvchi asosiy vosita.
Yaponiya Milliy Turizm tashkiloti malumotlariga ko’ra, 2011 yilda
Yaponiyaga 6 219 300 chet elliklar tashrif buyurishgan, bu 2010 yilga nisbatan 
27,8 % ga kamroq ko’rsatkichni tashkil etadi. Bu ko’rsatkichlar tufayli Yaponiya 
hukumati 2016 yilga qadar turistlar oqimini 18 million kishiga yetkazishni 
mo’ljallangan “Turizmni rivojlantirishning besh yillik dasturi” ni ishlab chiqqan
2

Ammo bu sohadagi Yaponiyaning asosiy muammosi Yaponiya davlat vizasini 
olishdagi turli to’siqlar va narx –navoning qimmatligi deb o’ylayman. Bugungi 
kunda Yaponiya hukumati ko’proq ta’lim grandlari turli ma’lakaviy dasturlar va 
ishchi kuchi imigratsiyasi uchun vizalar bermoqda. Sohani yanada rivojlantirish 
uchun chet elliklarga turli imkoniyatlar, narx-navoni imtiyozli qilib berish kerak 
degan taklifdaman.
Bundan tashqari Yaponiya tarixiy inshootlarini asrab avaylash va ularni 
dunyoga tanitish, shu orqali o’zini dunyo sivilizatsiyasining bir bo’lagi ekanligini 
tashqi siyosatining bir pozitsiyasi sifatida uqtirishga harakat qilmoqda .
YUNESCOning Parijdagi 35- sessiyasida Yaponiyaning 2 ta tarixiy 
obyektlari “Butunjahon me’rosini asrash tashkiloti”ning “Butunjahon me’rosi” 
ro’yxatiga kiritildi. Bular Ogasavara 
(おがさわら)
orolidagi tabiiyat obyekt va 
Xiraidzumi
(飛良泉)
dagi madaniy obyektlardir
3
.Yaponiya o’zining xalqaro 
maydondagi mavqeini saqlab turish, tili va ma’daniyatini, yaponlarga xos 
mintalitetni yoyishda YUNESCO Konvensiyasidan faol foydalanib kelmoqda.
1
小市岩淵。日本のポップカルチャー外交:ソフトパワ、国家ブランド化、国際文化交流の問題。国際文化政策ジャ-ナ

.
ボリューム21.2015年。六月23日。
2
Гринюк В.А., Казаков О.И., Калмычек П.А., Кистанов В.О., Полишук А.В., Трухина В.А., Шлиндов А.В. 
Япония: самый тяжелный год в послевоенной истории // Проблемы Дальнего востока, 2012. – №3. – С.32.
3
O’sha joyda. – С.32.


Hozirgi vaqtda “Butunjahon Merosini asrash” ro’yxatida Yaponiyaning 16 
ta obyekti kiritilga bo’lib ulardan 4 tasi tabiiy obyektlar, 12 tasi esa madaniy 
obyektlardir. Undan tashqari Yaponiya hukumati ya’na 2 taobyektni: Fuji tog’i(

士山
) va Kamakura(
鎌倉
) shahrini YUNESCO ro’yxatiga kiritish uchun ariza 
bergan
1

Manga Osiyo bo’ylab yoyilmoqda. Misol sifatida, Tayvan do’konlari va 
bozorlarda sotilayotgan komikslar Tayvanda ishlab chiqarilgan, lekin uslubi va 
kelib chiqishi shubhasiz Yaponiya hisoblanadi. Amerikalik yozuvchi va kulgu 
tadqiqotchisi Roland Kelts, nufuzli kitob “Japan-America” muallifi “Yaponiya pop 
madaniyati nafaqat yosh talabalarga, balki yosh Osiyo sayyohlarini ham o’ziga jalb 
etdi”, deydi. Roland Kelts ning fikricha “Yaponiya pop madaniy mahsulotlari, 
ijodiy o’ynoqi va interaktiv tabiati – hokazolar yosh avlodning qoniga singib 
ketishi Yaponiyaning jahon urushidagi harakatlarini esdan chiqarib yuborishga 
asosiy turtkilardan biri bo’ldi.
Rumiy Sakamoto yosh osiyoliklar katta yoshdagilardan aniq farq qilishi 
mumkin deb hisoblaydi: “Men yoshlar tobora Yaponiya va uning madaniy ta’sirini 
qabul qilgan deb o’ylayman. Bu bilan Yaponiya va uning o’tmishdagi harakatlari 
muhim emas deb hisoblamayman. Yosh odamlar juda murakkab bo’lishi mumkin. 
Ular tashqi siyosat madaniyati, alohida davlatning nimaligini, anti-yapon sezish 
hissiyoti hali aniq va kuchli rivojlanmagan bo’lishi mumkin”. 
G’arbda Yaponiya tarixi bilan kelishmovchilik muammosiga duch kelgan 
emas. Hozirgi paytda yapon madaniyati, ayniqsa, yoshlar orasida, G’arbda muhim 
kashfiyotlari qildi. Bu turdagi soft power G'arbda nafaqat tijorat sohasida, 
shuningdek boshqa ahamiyatga ham ega. Misol uchun Yevropa universitetlarida 
yapon madaniyati va tilini o’rganadigan talabalar juda ko'paydi. Garchi ular 
Yaponiyaga sayohat qilishganida animatsion multfilmlardan olgan tasavvurlaridek 
1
Гринюк В.А., Казаков О.И., Калмычек П.А., Кистанов В.О., Полишук А.В., Трухина В.А., Шлиндов А.В. 
Япония: самый тяжелный год в послевоенной истории // Проблемы Дальнего востока, 2012. – №3. – С.32.


ertak mamlakat bo’lmasada, safar davomida ko’plab xorijlik yoshlar Yaponiya 
mamlakatidan chin dildan manfaatdor bo’ladilar. 
Yaponiya kabi mamlakatda uzoq an’anaviy qattiq hokimiyatdan voz kechib, 
aynan “soft power” ga asoslangan hokimatga o’tish uchun ko’p muddat kerak.
Birinchi navbatda, Yaponiya davlatida “Tinchlik Konstitutsiya”si mavjud bo’lsada, 
hali ham har harbiy kuchning yuqori ahamiyati jarayonni sekinlashtiradi. 
Ikkinchidan, 
Yaponiya 
davlatining 
ulkan 
iqtisodiy 
imperiyani 
tuzishi 
ekspertlarning fikricha 20 yilga ortda qolmoqda. Chunki bu holat aholining 
qarishi tufayli paydo bo’lmoqda. Bu ikki omil Yaponiyani xalqaro 
integratsiyalashuv jarayoniga jiddiy ravishda kirib borishiga undamoqda. Bu 
holatda Yaponiya uchun soft power ning ahamaiyati kuchayib borishi ajablanarli 
holat emas. 
Piter Harmsen, Agence France-Presse nashriyoti uchun Taypeyi byurosi 
bosh jurnalisti fikricha “Tayvan kitob do’konlarida tokchalar nafaqat Mangga 
qahramonlari bilan to’lgan, shuningdek u yerda maxsus Yaponiya chizmachilik 
uslubini o’rganish uchun ko'rsatmalarga ega Mangga qo'llanmalari ishlab 
chiqarilgan bo'lib, bu yaqqol soft power ning ta’siridan dalolat beradi.” 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish