mavjud bo’lishi mumkin
1
. Amerika Qo'shma Shtatlarining bu hududda hukmronlik
da’vosi bo’yicha rasmiy pozitsiyasini yo’q bo'lsa-da, Amerika Qo'shma Shtatlari
va Yaponiya o'rtasidagi o'zaro hamkorlik va xavfsizlik
shartnomasi doirasida
Yaponiya ushbu orollar mudofaasi bo’yicha AQSH harbiy kuchlariga tayanar edi
2
.
Zero, 2015-yilda Yaponiya-Xitoy davlatlari o’rtasida o’zaro aloqalarni
yaxshilashga qaratilgan harakatlar boshlandi. Jumladan, 2015-yil mart oyida
Yaponiya-Xitoy-Janubiy Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari o’rtasida uch
tomonlama hamkorlik masalalari ko’rib chiqilgan bo’lsa,
avgust oyida ASEAN
davlatlari sammitida tashqi ishlar vazirlari o’zaro diplomatik aloqalarni muhokama
qilishdi. Ikki davlat o’rtasidagi muammolardan biri Sharqiy Xitoy dengizi
hududida joylashgan Senkaku orollari ijobiy hal etildi. Unga ko’ra bu orollar
Yaponiya tasarrufidaligi Xitoy hukumati tomonidan tan olindi. Bu esa ikki davlat
o’rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshiladi
3
.
Amerikalik nazariyotchi G. Solsberi “ko’pchilikni tashkil etuvchi Xitoyliklar
va Yaponiya texnologiyalari birlashishi cheksiz kuch-qudrat hosil qilgan bo’lur
edi. Agar ikki davlat yaqin hamkorlik qilganda, Yaponiyaning texnikaviy bilimlari,
ishlab chiqarish imkoniyatlari xitoyliklarning noyob
istedodi va salohiyati
uyg’unlasha olganda edi, bunday hamdo’stlik oldida amalga oshirib bo’lmaydigan
biror- bir maqsad qolmagan bo’lar edi...”, deya fikr bildirgan
4
. Balkim shu tufayli
ham AQSH bu ikki rivojlangan mamlakatning tashqi siyosatdagi hamjihatligidan
manfaatdor emasdir deb o’ylayman.
Yaponiya va Xitoy xalqaro hamjamiyat va mintaqada stabillik va tinchlikni
saqlab turishda muhim vazifani bajaradigan davlatlar hisoblanadi. Yaponiya va
Xitoy o’rtasidagi o’zaro hamjihatlik nafaqat ikki davlat o’rtasida, balkim Osiyo
Tinch okeani mintaqasida ham muhim hisoblanadi.
Yaponiya va Xitoy Taypeyi (Taiwan)
1
BBC news. How uninhabited islands soured China-Japan ties http://www.bbc.com/news/world-asia-pacific . -
2012. 11 September.
2
Kyodo News
強 度 ニ ュ
-
ス 。
U.S. says Senkaku Islands fall within scope of Japan-U.S. security treaty.
www.kyodonews.jp.go
. 2012.20 August.
3
Diplomatic blue book 2016 Ministry of Foreign Affairs, Japan
http://www.mofa.go.jp/mofaj/gaiko/report.html
.
4
Шарапов А.А. Осиё-Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Т.: -
2014. – С.96.
Xitoy Taypeyi Yaponiya bilan inson resurslari almashish bo’yicha
muhim
hamkor davlat hisoblanadi. 2015-yilda Ichki almashinuv Kelishuvi va Ikki
tomonlama soliqlardan voz kechish bo’yicha hujjatlar imzolandi. O’zaro inson
resurslari almashinuvi dasturi o’zaro koperatsiyalashuv natijasida yanada
chuqurlashib bormoqda.
Yaponiya va Mongoliya
Ayni davrda Yaponiya va Mongoliya davlatlari o’zaro
iqtisodiy hamkorlik
aloqalarini ko’rib chiqmoqda. 2015-yil fevral oyida Mongoliya Bosh vaziri
Chimed Saikhanbileg Yaponiya davlatiga tashrif buyurdi va Mongoliya davlati
uchun birinchi bo’lgan “Iqtisodiy hamkorlik kelishuvi” imzolandi. Shuningdek,
Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe ham 8- sammit doirasida Mongoliya Prezidenti
Tsakhia Elbegdorj bilan uchrashdi. Ikki davlat ham “Strategik hamkorlik”
yuzasidan keyingi yillar davomida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqchi.
Yaponiya va Janubiy Koreya
Yaponiya va Janubiy Koreya strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan
o’zaro eng yaqin qo’shni davlatlar hisoblanadi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tichlik
Osiyo Tinch okeani mintaqasi rivojlanishi uchun ham eng birinchi omillardan biri
hisoblanadi. Ijtimoiy sohada 2015-yilning o’zida 440
dan ortiq loyihalar amalga
oshirilgan bo’lsa, siyosiy jabhada noyabr va dekabr oylarida ikki davlat rahbarlari
o’rtasida birinchi sammit uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ung ko’ra anchadan beri hal
qilinmayotgan ayollar huquqini tiklash bo’yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek,
kelajakda ham o’zaro siyosiy masalalarda hamkorlik qilishga umid bildirildi. Ayni
paytda AQSH-Yaponiya va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning provokatsion
harakatlariga qarshi birgalikda qarshi turib, hamkorlikni davom ettirmoqda.
Iqtisodiy statistikalarga qaraydigan bo’lsak, 2015-yilda Janubiy Koreyaning
Yaponiyaga eksport hajmi taxminan 527.2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan
bo’lsa, import hajmi 436.8 milliard AQSH dollarga erishdi. 2015-yilda shuningdek
Janubiy Koreyadan Yaponiyaga to’g’ridan-to’g’ri investitsiya hajmi 580
million
AQSH dollarini tashkil etdi
1
.
1
Diplomatic blue book 2016 Ministry of Foreign Affairs, Japan
http://www.mofa.go.jp/mofaj/gaiko/report.html
.
Yaponiya-Avstraliya va Yangi Zellandiya
Yaponiya va Avstraliya global muammolar doirasida Osiyo Tinch okeani
mintaqasida o’zaro hamkorlikni olib bormoqda. Ayni paytda ikkala davlat ham
mintaqada mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan
bir necha hamkorlik
bitimlarini imzolagan. Iqtisodiy sohada, tashqi savdo va investitsiyani qo’llab
quvvvatlovchi Yaponiya va Avstraliya “Iqtisodiy Hamkorlik Kelishuvi” bitimini
imzolagan.
Yaponiya va Yangi Zellandiya uzoq yillardan beri o’zaro do’stona aloqalarni
yo’lga qo’yib kelmoqda. 2015-yilda Yangi Zellandiya
Bosh vaziri Keyning
Yaponiyaga tashrifi yuzasidan iqtisodiyot, xavfsizlik, mudofaa va o’zaro inson
resurslarini almashinuv doirasida kelishuvlar imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: