rivojlanish yo’liga chiqib oldi. OTOM mamlakatlarida iqtisodiy o’zaro tasirchanlik
muvozanatini saqlash maqsadida 1989 yil noyabrida Osiyi-Tinch okeani iqtisodiy
hamkorligini tashkil etildi.
Yaponiya tashqi siyosatida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy
yo’nalishlari quyidagi mamlakat va mintaqalarni o’z ichiga oladi:
-
AQSH Yaponiya tashqi siyosatida ustuvorlik kasb etadi;
-
OTOM iqtisodiy jihatdan jadal rivojlangan, istiqbolli mintaqa;
-
Korea Respublikasi Shimoli-Sharqiy Osiyoda xavfsizlik nuqtai-
nazaridan muhim ahamiyatga ega;
-
Xitoy OTOM kelajagiga ta’sir ko’rsatuvchi davlat;
-
Rossiya hozirda energetika resurslari manbai sifatida ham, “Shimoliy
xududlar” masalasini yechish nuqtai nazaridan
ham muhim mavqega ega;
-
Yevropa global dunyo markazlaridan biri.
Bugungi kunda Yaponiya tashqi siyosatida mintaqaviylik tendensiyasi
ustuvorlik qilmoqda
1
.
Osiyo masalasi bo’yicha amerikalik tadqiqotchi K.B. Payl fikricha, yaqin
kelajakda OTOM rivojiga Yaponiya Xitoydan kam ta’sir o’tkazmaydi. Buni
tasdig’i sifatida Yaponiyaning Shimoliy Atlantika ittifoqi bilan munosabatlarining
faollashganini aytish mumkin: 2007 yilda Bosh vazir Shinzo Abe Bryuselda
Ittifoqning shtab kvartirasiga tashrifi chog’ida Yaponiya ikki tomonlama
munosabatlarni kengaytirishga tayyor ekanligini takidladi.
Bu esa Yaponiyani
Ittifoqning Sharqiy sherigi sifatida e’tirof etish demakdir. Shinzo Abe tomonidan
2007 yilda qabul qilingan “To’rt tomonlama tashabbuslar” dasturi OTOMning
vaziyatiga jiddiy ta’sir o’tkazdi. Bunday tashabbuslar AQSH, Yaponiya, Avstraliya
va Hindistonning turli sohalardagi faoliyatida hamkorligini kengaytirishni nazarda
tutadi. Shinzo Abe fikricha, Yaponiya o’z ishtiroki orqali “ozodlik va
1
Шарапов А.А. Осиё-Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. - Т.:
-2014.- Б. 37.
farovonlik”ning Osiyo yoyini mustahkamlashga harakat qiladi. Ushbu yoy esa
Yaponiya uchun uglevodorodlar keltiradigan yo’nalishlarga to’g’ri keladi
1
.
Osiyo Tinch Okeani mintaqasi inson resurslariga boy bo’lgan
rivojlanayotgan davlatlar guruhini o’z ichiga oladi. Ayni paytda ham dunyoda har
tomonlama o’sib borayotgan mintaqalarning markazi hisoblanib, o’sish sur’atlari
saqlanib qolmoqda. 7.3 milliard jahon aholisining taxminan 3.5 milliardi Sharqiy
Osiyo Sammiti a’zo davlatlari (AQSH va Rossiyadan tashqari) hududida yashaydi.
Bu dunyo aholisining 48 foizini tashkil etadi. Shuningdek 2015-yilda
eksport va
import hajmi 11 trillion AQSH dollarini tashkil etib, butun dunyo hamjamiyatida
Yevropa Ittifoqidan (12 trillion AQSH dollari) keyin ikkinchi o’rinni egalladi.
Aynan eksport va import aylanmasining 33.1 foizi ichki regional hudud hisobiga
to’g’ri keladi
2
. Bu Osiyo Tinch Okeani mintaqasida o’zaro iqtisodiy va siyosiy
hamkorlikni yanada o’sib borayotganligidan dalolat beradi.
Shuningdek mintaqada
o’rta sinf kengayib borayotganligi sababli, umumiy xarid qobiliyati ham keskin
o’sishi kutilmoqda. Bu hudud miqyosida kuchli iqtisodiy o’sishni ta’minlashi
natijasida Yaponiya davlatining mintaqa davlatlatlari bilan infrastrukturaviy
rivojlanish dasturlarini ishlab chiqarishga chorlaydi. Osiyo Tinch Okeani
mintaqasidagi stabil rivojlanish Yaponiya davlatining ham iqtisodiy va siyosiy
jihatdan o’sishiga muhim omil bo’lib hizmat qiladi.
F.Fukuyama fikricha, Janubiy Korea, Yaponiya va Xitoy o’rtasidagi nizolar,
tushunmovchiliklar yaqin yillarda saqlanib qoladi. Ammo bu xavfning keskinligini
pasaytirishda xalqaro muloqotning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
3
Garchi mintaqada o’z yechimini kutib turgan ko’plab
muammolar mavjud
bo’lib, tezkor ravishda rivojlanishga to’siq bo’lmoqda. Ayniqsa mintaqada
yadroviy qurolga ega bo’lishga qaratilgan provokatsion harakatlar, Janubiy Xitoy
dengizidagi sun’iy orollarning yuzaga kelishi natijasidagi muammolar buning
yaqqol dalillari bo’ladi. Bundan tashqari, turli xil tabiiy ofatlar, hali rivojlanmagan
1
Шарапов А.А. Осиё-Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Т.: -
2014.- Б. 58.
2
Чугров С.Почему обостряются антияпонские настроения в Китае и Южной Корее? //Мировая экономика и
международные отношения, 2005. – №11. – С.32.
3
Шарапов А.А. Осиё-Тинч Океани минтақаси давлатлари ва Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Т.: -
2014. – Б.32.
iqtisodiy va moliyaviy tizimlar, atrof-muhit ifloslanishi, oziq-ovqat yetishmasligi
va aholi o’rtasidagi qarish kabi muammolar
mintaqadagi rivojlanishni
sekinlashtirmoqda.
Yaponiya va Xitoy
Ayni paytda Xitoy har tomonlama o’sib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi.
Shu boisdan butun dunyo hamjamiyati, shuningdek Yaponiya davlati ham
Xitoyning tinchlikni saqlab turish binobrida rivojlanishini ma’qullaydi. Garchi,
Xitoyning hech qanday kelishuvlarsiz harbiy dengiz harakatlarini ko’paytirib
borishi mintaqada xavotirga sabab bo’lmoqda.
Yaponiya va Xitoy Sharqiy Xitoy dengizi orqali o’zaro qo’shni davlatlar
hisoblanadi. Yaponiya-Xitoy o’rtasida iqtisodiy va ijtimoiy ikki tomonlama
aloqalar o’rnatilgan bo’lib, ikki mamlakat uchun ham muhim hisoblanadi. 2015-
yilda Yaponiya Milliy Turizm Tashkiloti ma’lumotiga asosan Xitoydan kelgan
sayyohlar soni 4.99 million kishi tashkil etgan. Bu o’tgan yilgi ko’rsatkichdan ikki
millionga ko’pdir.
Yaponiya va Xitoy o’zaro qo’shni davlatlar bo’lganligi
sababli bir necha
iqtisodiy va siyosiy qarashlar bir biridan farq qiladi. Shu tufayli ikki davlat
o’rtasida turlicha qarashlarning mavjudligi tabiiy hol hisoblanadi. Senkaku orollari
(Yaponiyada nomlanishi) yoki Diaoyu orollari (XXR da nomlanishi) hududi
muammosi Yaponiya, Xitoy va Tayvan o’rtasida mojaroli o’zlashtirilmagan
orollarni nazarda tutadi. 1945-yildan 1972-yilgacha AQSH tomonidan boshqarib
kelingan Ryuku orollari qismi hisoblangan bu hudud 1895-yildan buyon Yaponiya
hududi tarkibi hisoblangan. XXR ushbu hududda neft resurslari mavjud degan
habar tarqalgandan keyin 1970-yilning yarmidan boshlab
orollar suveriniteti
haqidagi savolni ko’tarishni boshladi. Bir vaqtda Tayvan ham bu orollarga
davogarlik bilan chiqa boshlagan edi
1
.
Hudud asosiy kema portlariga yaqin bo’lib, baliqchilik sanoatini yo’lga
qo’yish uchun ham qulay zona hisoblanadi. Shuningdek, u yerda neft zaxiralari
1
Ogura,
Junko
Japanese
Do'stlaringiz bilan baham: