Kirish
Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar ko`p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga etayotgan yuksak ma`naviyatli, jismonan sog`lom, har tomonlama barkamol avloddir. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan yoshlar qo`lida. "Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatmizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir" , deb ta`kidlaydi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch" kitobida.
Maktabgacha ta`lim tizimi bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o`tayotgani sababli, bir necha maktabgacha ta`lim tizimini shakllantirish, rivojlantirishga qaratilgan bir necha davlat tayanch dasturlari qabul qilingandir.
Usul va Uslublar
“Bolajon” tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo’lgan dastur hisoblanadi.
Tayansh dasturining maqsadi “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog’lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo’la oladigan, borliqni aniq ijro etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
Dasturning vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog’lig’ini muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
— maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
— maktabgacha ta’limning demokratligi;
— bola shaxsiga yo’naltirilganligi;
— bolalarni sog’lomlashtirishga qaratilganligi;
— bolalarning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatga mosligi;
— maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatining yetakchiligi;
— maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
— makmaktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
— maktabgacha ta’limning oila va boshlang’ich ta’lim bilan uzviyligi.
Balojon davalat tayanch dasturing mazmuniy davomi sifatida Ilk qadam tayanch dasturi qabul qilingandir. Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u oʼz ichiga oʼqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga oʼz diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi boʼlish bilan birga Ilk Qadam dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini toʼliq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan “yomgʼirpoʼsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat boʼlib sanaladi. Mana shu bilan Ilk Qadam dasturi turli xil bolalar guruhlariga har xil provayderlar tomonidan taqdim etiladigan maktabgacha taʼlimning bir xil sifatini taʼminlashga moʼljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʼbatlantiruvchi oʼqitish muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yoʼl bilan jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam beradi.
Maktabgacha taʼlim muassasasi (MTM)ning davlat oʼquv dasturi Oʼzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʼyiladigan Davlat talablariga mos holda ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʼlib, unda maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalari, oʼquv-tarbiyaviy ishlarning asosiy gʼoyalari aks etgan, shu jumladan, taʼlimning keyingi bosqichiga oʼtishda bolaning asosiy kompetentsiyalari belgilab berilgan. Davlat taʼlim dasturi Oʼzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim muassasalarida qoʼllash uchun majburiydir:
davlat maktabgacha taʼlim muassasalari;
maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlarni koʼrsatadigan nodavlat taʼlim muassasalari:
maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega boʼlgan “Mehribonlik” bolalar uylari;
maktabgacha va boshlangʼich taʼlimni tartibga soluvchi boshqaruv organlari.
Xulosa
Maktabgacha ta`lim tizimi yillar davomida o`zgarib rivojlanib takomillashayotganini inobatga olib tayanch adavlat dasturlari qabul qilinishi hukumtimiz tamonidan yoshlarga va ta`lim tizimiga qaratilgan e`tibor namunasidir. Balojon davalat tayanch dasturing mazmuniy davomi sifatida Ilk qadam tayanch dasturi qabul qilingandir. Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u oʼz ichiga oʼqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga oʼz diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi boʼlish bilan birga Ilk Qadam dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini toʼliq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan “yomgʼirpoʼsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat boʼlib sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |