hukumati Tramp jamoasi bilan qayta kelishuvga tuzishga to’g’ri kelayotgani tanqid
qilinmoqda. Misol uchun, Kanberalik olim, Yangi Janubiy Wales Universiteti
professori Aurelia Georgi Mulgan o’zining maqolasida quyidagicha fikr bildirgan:
“
Qo’shma Shtatlarning ko’plab boshqa do’stlari va ittifoqdoshlari kabi,
Yaponiya hozirgi kunda xaritada belgilanmagan
hududlar navigatsiyasi
muammosiga duch kelmoqda-Tramp hukumati bilan qanday tarzda aloqa qilish
avvalgi ikki tomonlama aloqalar qayta kelishuvga erishilishini talab etadi.
Abe ma'muriyati uchun, bu holat 1980 va 1990-yillardagi Yaponiya uchun
"Amerika muammo"si deb atalgan istalmagan holatga qaytishni anglatadi. O'sha
o’n yilliklar ichida, oxirgi Yaponiya hukumatlari o'z iqtisodiyotini qanday yo’lga
qo’yilishini, talab, taklif va hatto ko'rsatmalarni Amerika Qo'shma Shtatlari
manfaati uchun yo’naltirishi kerak bo’lgan.
Ajablanmagan tarzda, Abe hukumati siyosiy va iqtisodiy frontlarda Qo’shma
Shtatlar bilan yangi “xorijiy bosim” (gaiatsu) orqali aloqaga kirishish uchun eski
o’yin kitobini aylantirmoqda. Yaponiyaning javoblari hali ham foydali va
vaziyatlarga bog’liq deb tasavvur etiladi. Hattoki ikki tomonlama aloqalarni noldan
boshlagan taqdirda yoki Yaponiya AQSHga o’z qiymati va muhimligini yana bir
marta namoyish etganda ikki davlat ham bir-biriga kerak bo’ladi
”.
Buni
birgina misoli,
Yaponiya bosh vaziri va vazirlari tez-tez Qo’shma
Shtatlarga sammit va boshqa yuqori-darajali uchrashuvlarga bir qator takliflar bilan
tashrif buyuradi. “Sovg’a diplomatiyasi” shu damda “kompetsatsiya” vazifasini
bajaruvchi taktik vazifani o’taydi, ya’ni Yaponiya ma’lum bir AQSH ehtiyojlari
bilan kelisholmagan paytda, ularning o’rniga boshqa turdagi takliflar bilan chiqadi.
Yaponiya Bosh Vaziri Abe Trampning dasturi ichiga kiritilgan eng
zamonaviy texnologiyalar: savdo aeroflotlari, robotlar va sun’iy
aql dasturi
bo’yicha bir necha to’gridan to’gri moliyaviy injinering va tehnik hamkorlik
dasturlarini taklif etish niyatida
1
.
Shu yerda o’rinli fikr tug’iladi,
professor Aurelia Georgi Mulgan
Tramp
ushbu takliflarni qabul qilishi kerakmi?! degan savolni qo’yadi. Bu holatni
1
Aurelia George Mulgan, UNSW Canberra 2017.8 February
http://www.mofa.go.jp/mofaj/gaiko/report.html
.
quyidagicha izohlash mumkin deb o’ylayman. Yaponiya Tramp tomonidan talab
etilayotgan loyihalar
ustida izlanish olib bormoqda, misol uchun valyuta
manipulyatsiyasi va ikki mamlakat o’rtasidagi avto savdolardagi balans yo’qligi
kabilardir. Abe dastlabki valyuta siyosati bo’yicha o’zgartirish kirita olmaydi,
chunki, dollardan ko’ra kuchsizroq iyena milliy mahsulotlar orqali yuritadigan pul
siyosati tizimiga mos kelmaydi. Bu bilan amerika siyosatini yoqlamoqchi
emasman, shunchaki Yaponiya siyosatini tanqidiy jihatdan ham tahlil qilish kerak
deb o’ylayman. Shuningdek, Yaponiya hududida AQSH avtomobillari savdosiga
qo’yilgan to’siqlar haridorlarga qulayliklar yaratadi va “Katta
Uch Amerika
avtomobil ishlab chiqaruvchilari” muvaffaqqiyatsizligi Yaponiyada kichkina
avtomobillar savdosini jadallashtiradi. Yaponiya hukumati o’z fuqarolarini
Qo’shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olishlariga majburlay
olmaydi.
Yaponiya oldida turgan vazifalar o’zaro dialektik bog’liqligi bilan ajralib
turadi. Xususan, Yaponiya tashqi siyosatida shunday tendensiyalarning yuzaga
kelishi unda mintaqaviy va dunyo miqyosida tashqi siyosiy yo’nalish
ustuvorlik
qilib, bunday siyosatning asosiy maqsadi mamlakat oldida turgan strategik vazifa,
ya’ni Yaponiyaning xalqaro miqyosdagi siyosiy salohiyatini undagi mavjud
iqtisodiy salohiyat darajasiga ko’tarish vazifasi turibdi. Garchi iqtisodiy
o’zgarishlar ro’y bergan bo’lsa-da, bu vazifa o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Keyingi munozara Abe hukumati Trampning aybloviga qanday munosabat
bildirish kerakligi haqida bir to’xtamga kela olmayapti, ya’ni AQSH prezidenti
Yaponiyada AQSh bazalarini qiymati yukini yetarlicha katta ulushini bermasligini
ta’kidlamoqda. Bu "nomutanosiblik" sababli,
Tramp Yaponiya hukumatiga
AQShning xavfsizlik kafolati bo'yicha ancha yuqori narx qo'ygan. Yaponiya
endilikdan o’zidan Sharqiy Osiyoda yuzaga kelayotgan dushmanlik ruhiyatini
pasaytirish uchun AQSH xavfsizlik himoya tizimini "sotib" olish uchun yana bir
bor yana nima qilishimiz kerak degan savolni berishi kerak. Yaponiya xususan
AQSh-Yaponiya xavfsizlik shartnomasi (1951 yil) shartlariga muvofiq Senkaku
orollarini himoya qilishni ham AQSH mudofaasiga ishonishda davom etadi.
AQSH Mudofaa vaziri Jeyms Mattis Tokioga so'nggi safari chog'ida bu borada o’z
ishonchini bildirgan bo'lsa-da, bu hududda mudofaani ta’minlanishi Yaponiya
tomoni bildirayotgan takliflarga bog’liqligi yaqqol ko'rinib qolmoqda.
Extimol Abe hukumati uchun AQSh bilan uzoq muddatli do’stona
munosabatni
saqlab qolish, ittifoqdoshlikni kuchaytirish va milliy manfaatlarni
himoya qilish, shuningdek Tramp tomonidan belgilangan Qo’shma Shtatlar
ehtiyojlariga xizmat qilish eng asosiy muammolardandir. Qisqa muddatda,
Yaponiya hukumati ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida oliy darajadagi
muzokaralarni kengaytirish orqali Tramp jamoasi bilan bir qarorga kelish
jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishga umid bildirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: