“Zenhōigaikō”, ya’ni hamma tomonlama diplomatiya deb atagan. Ayni shu siyosat
Yaponiyaning iqtisodiy kuch sifatida o'sishiga yo'l yaratgan bo’lsada, lekin
mamlakat ittifoqchisi, Amerika Qo'shma Shtatlari bilan tuzilgan xavfsizlik va
iqtisodiy barqarorlik shartnomasi eng muhim omil hisoblanardi
1
.
1950-1960 yillardagi tashqi siyosat shakillanishi
Yaponiya 1952-yilda o’z suverenitetini qaytargan holda mustaqil davlat
sifatida xalqaro hamjamiyatga qayta kirib keldi, ayni
paytda dunyo Sovet Ittifoqi
va Amerika Qo'shma Shtatlari boshchilik qilayotgan qarama qarshi lagerlar, ya’ni
Sharq va G'arb o'rtasidagi Sovuq urush bilan yashab kelmoqda edi.1951-yil 8-
senatbrda San-Fransisko shahrida XXR va Sovet Ittifoqidan tashqari boshqa
gegemon davlatlar bilan imzolangan Yaponiya bilan Tinchlik Shartnomasi (28-
aprel, 1952-yil kuchga kirgan) Yaponiyaning neytrallashuviga olib kelardi,
Yaponiya, asosan, AQSH ga bog’lanib qolgan ittifoqchi davlat sifat sifatida o’z
zaminida AQSH ning harbiy baza va qo’shinlarini saqlab turishda davom etdi.
Yaponiyaning 1950 va 1960-yillardagi tashqi siyosat harakatlari uch asosiy
printsipga asoslangan:
xavfsizlik va iqtisodiy munosabatlarda AQSh bilan yaqin hamkorlik;
Yaponiyaning o'z iqtisodiy ehtiyojlariga muvofiq erkin savdo tizimi
qo’llab-quvvatlash;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) orqali xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
Ushbu tamoyillar muvaffaqqiyatli ravishda
amalga oshirildi va keyingi
birinchi ikki o'n yillik davomida jadal ravishda iqtisodiy tiklanish va o'sishga
ko'maklashdi
2
.
1970 –yillardagi tashqi siyosati shakillanishi.
1970-yilda, urushdan keyingi
tashqi siyosatdagi asosiy tamoyillar o'zgarmadi, lekin ichki va tashqi bosim tufayli
amaliy jihatdan siyosatga yangi nuqtai nazardan yaqinlashishni talab etardi. Garchi
AQSH bilan muhim xavfsizlik va iqtisodiy aloqalar bo’yicha hamkorlik yo’lga
1
http://japan.kantei.go.jp/constitution_and_government/the_national_government
2
Inoguchi, Takashi. Japan's foreign policy in an era of global change //A&C Black, 2013.12 Novem.
qo’yilgan bo’lsada, ichki hukumatda tashqi siyosatni erkin ravishda olib borishga
bosim oshib borayotgan edi. Ayniqsa AQSH prezidenti Richard Niksonning
Xitoyga kutilmagan tashrifi va Sino-Amerika munosabatlari yaxshilanishini
ko’rsatardi. Bu tashrif tarixga “Nikson shoki” nomi bilan muhrlandi, bu esa Sino-
Yaponiya munosabatlarini qaytadan yo’lga qo’yishga undardi
1
.
1970-yillarni boshidagi mamlakatdagi ajoyib iqtisodiy o'sish Yaponiyani
iqtisodiy jihatdan dunyo miqyosida kuchli davlatga aylantirdi. Ayniqsa, bu kuch
yosh avlod o'rtasida g'urur va o'z-o'zini hurmat hissini hosil qilgan.
Shuningdek
mustaqil tashqi siyosat o'z ifodasini ko’rsata boshlagan. Boshqa tomondan,
Yaponiyaning iqtisodiy jihatdan jadal ravishda o’sishi va chet el bozorlaridagi
ulushini kengaytirishi tashqi “iqtisodiy agressiya"ni o’sishiga olib kelgandi,
shuningdek bu esa mutanosib savdo siyosatini qabul qilishni talab qilardi. Osiyo-
Tinch okeani mintaqasidagi munosabatlarning o'zgarishi Yaponiya, Xitoy,
Amerika Qo'shma Shtatlari va Sovet Ittifoqi o’rtasidagi tashqi siyoasatni qayta
ko’rib chiqishga
chorlar edi
2
.
1970-yillardagi
AQSHning
Vetnamda
olib
borgan
urushi
va
muvaffaqqiyatsizlikka uchrashi, shuningdek Yaponiyaning bu urushdan chetda
turishi Qo’shma Shatlarning Osiyada iqtisodiy va siyosiy dominantligini
yo’qotishiga olib kelardi. Bu esa AQSH-Yaponiyaning iqtisodiy, siyosiy aloqalar;
doimiy xalqaro valyuta tizimi, energetika, xavfsizlik
sohasidagi shartnomalarini
xalqaro miqyosda so’rov ostiga qo’yardi. Ayni paytda har tomonlama diplomatik
aloqalarni qayta ko’rib chiqishga olib kelardi.
1970-yillar davomida jahon iqtisodiy aloqalridagi o’zgarishlar Yaponiyani
yanada mustaqil darajaga chiqishiga ruhlantirardi. Misol uchun neft to’g’ridan-
to’g’ri O’rta Sharqdan olib kelina boshlandi, bu esa G’arb davlatlari nazoratidagi
multi-kompanyalarga qaramlikni yo’q qilardi. Shuningdek boshqa muhim hom
ashyolar AQSH va uning ittifoqdosh davlatlaridan emas, boshqa mustaqil
1
Linus Hagström Relational Power for Foreign Policy Analysis: Issues in Japan’s China Policy, European Journal
of International Relations 11 (3): 2005. –P.395–430,
http://ejt.sagepub.com/content/11/3/395.abstract
2
Maslow, Sebastian, Ra Mason and Paul O’Shea, eds. Risk State: Japan’s
Foreign Policy In An Age Of
Uncertainty //Ashgate, 2015. –P.202.
davlatlardan olib kelina boshlanishi Yaponiyani yanada mustaqil tashqi siyosat olib
borishiga zamin yaratardi.
Ko'p o'tmay, Erondagi islomiy inqilob va Afg’onistonning sovet harbiylari
tomonidan egallanishi 1979-yilda Yaponiya rahbarlarini AQSH bilan harbiyb
jihatdan hamkorlik olib borishiga undadi. Yaponiya rivojlanayotgan dunyo
mamlakatlari orasida Sovet Ittifoqi bilan iqtisodiy va boshqa hamkorliklarni
kamaytirishda muhim rol o’ynadi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: