O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“MARKOIQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Mehnat iqtisodiyoti va bandlikni ta’minlash” fanidan
Mustaqil ishi
MAVZU: ISHSIZLARNI IJTIMOIY XIMOYA QILISH TIZIMI
Bajardi: 5520100-“Ijtimoi ish” (Pensiya ta’minoti)
yo’nalishi II kurs talabasi Tillanazarov.A
Tekshirdi: Katta o`qituvchi Xajibakiev Sh.
Toshkent 2021
Reja:
1.Ishsizlikning sabablari va turlari.
2.O’zbekistonda ishsizlikka qarshi chora-tadbirlar.
3.O’zbekistonda bandlik muammosi va mehnat munosabatlari.
1.Ishsizlikning sabablari va turlari.
Aholi va uning eng faol qismi bo'lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslari va uning faol qismi bo'lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiy qismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor iqtisodiyoti munosabatining tarkibiy elementlaridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatni boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste'molchilarning gorizantal munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo'lishi mumkinligini nazarda tutish zarur. Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o'sish sur'atlarini ta'minlash uchun respublika aholisining o'sish sur'atlarini tartibga solish lozim. Aholining o'sishi esa ish kuchining manbaidir. Mehnot bozorida ham talab va taklif qonunlari amal qiladi. Buning mohiyatini anglashdan oldin ish kuchini ish bilan bandlik kontsepsiyasini bilish lozim. Ish bilan bandlikning klassik nazariyasini hozirgi mehnat bozoridagi raqobat sharoitida 'talab va taklif'ning umumbashariy funktsiyasidan boshlanadi. Hozirgi raqobat sharoitida ishbilarmonlar ish kuchidan shunday miqdorda foydalanadilarki bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish xaqi bilan teng bo'lishi yoki ish xaqqi xajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori maxsuli qiymatiga teng bo'lishi kerak. Agar real ish xaqqi miqdori oshsa ishbilarmon ish kuchiga bo'lgan talabni qisqartiradi, agar real ish xaqqi kamaysa ish kuchiga bo'lgan talab ortadi. Bu yerda ishbilarmon shu yo'l bilan daromadning kamayishini muvozanatlashtiradi. Ma'lumki klassik iqtisodiy nazariyada ish bilan to'la bandlik, bozor iqtisodiyotining normasi eng yaxshi iqtisodiy siyosat deb esa davlatni iqtisodiyotga aralashmasligi tushuniladi. Keyns nazariyasiga ko'ra sof kapitalizm uchun ishsizlik xos bo'lib ishsizlikning mavjud bo'lishi tabiiy holdir. Resurslarni isrof bo'lmaslik uchun davlat iqtisodiyot bilan faol shug'ullanishi lozim. Bu g'oya ishchi kuchiga tegishlidir. Keyns nazariyasining eng qat'iy jihati shundaki u bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan to'la bandlikni ta'minlovchi xech qanday mexanizm yo'qligini aniqlab berdi. Makroko'lamda iqtisodiy muvozanatga erishish mumkin shunda ham ma'lum salmoqda ishsizlik va inflyatsiya saqlanib qolinishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Makroiqtisodiyotni asosiy maqsadlaridan biri aholining yuksak darajada ish bilan bandligini ta'minlashdir. T. A. Samuelsonning ta'rificha, ish qidirmayotganlardan tashqari barcha ishlovchilar va ishlamoqchi bo'lganlar ishchi kuchini tashkil etadi. 'Aholining ish bilan bandligi' degan tushuncha bor. Lekin bunday natijaga o'z-o'zidan erishib bo'lmaydi, chunki 100% aholining ishlamoqchi bo'lgan qismini ish bilan deyarli ta'minlab bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'lum miqdorda aholining ishsiz bo'lishi iqtisodiy jihatdan normal va asoslidir. Ishsizlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta'minlanishini kutayotgan ishchi kuchlari. Bu guruh ishsizlar iqtisodchilar tilida friktsion ishsizlik ham deyiladi. U asosan ish joylarining kengayishi, mavsumiy ishlar, korxonadagi eski modelning yangisi bilan almashishi natijasida paydo bo'ladi. Friktsion ishsizlikning bo'lishi ma'lum darajada iqtisodiy jihatdan zarurat va uning bo'lishi ob'ektivdir.
2. Strukturali ishsizlik - iste'mol bozori ma'lum mahsulot bilan to'ldirilganda va u mahsulotga ehtiyoj qolmagan taqdirda tashkil topadi. Boshqacha so'z bilan aytganda mahsulotga ehtiyoj bo'lmaganligi uchun shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilar ham ishsiz qoladi. Sanoatning joylashuvida bo'lgan o'zgarishlar ham strukturali ishsizlarni keltirib chiqaradi.
3. Tsiklik ishsizlik - ishlab chiqarishni pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo'lgan talabning kamayishi va ishsizlarnign paydo bo'lishi Friktsion va strukturali ishsizlik ilojisiz hol bo'lganligi uchun mutloq to'la ish bilan bandlikka erishish mumkin emas. Agar tsiklik ishsizlik bo'lmasa (0 ga teng bo'lsa), u holda to'la ish bilan banlikka erishiladi.
To'la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik tabiiy ishsizlik darajasi deyiladi. Tabiiy ishsizlik darajasi bilan bog'liq holdagi real milliy mahsulot xajmi iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyati deyiladi. O'zbekistonda mehnat bozori faoliyati quyidagi omillarga bog'liq:
- aholi soni, yoshi va jinsining salmog'idagi o'zgarishlarga;
- ish bilan birgalikda tarmoq va hududiy o'zgarishlar;
- qo'shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish me'zoni;
- ishlab chiqarish xajmiga, uning o'sish sur'atiga, ishlab chiqarish strukturasiga;
- ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy joylashuviga;
- mehnat resurslarini boshqarish usuliga.
Demak, aholi bir tomondan moddiy boyliklar yaratuvchisi, ikkinchi tomondan esa iste'molchi hamdir. Uning mana shu ikki tomonlama xususiyati mutanosib sotsial-iqtisodiy vaziyatni shakllantirishni talab etadi. Bu esa aholining o'zi bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlarni jarayonlarni kuzatish, tahlil etish va boshqaruv asosida amalga oshiriladi.
1. O'zbekistonning iqtisodiy-geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari - Respublikaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omillari O'zbekiston Respublikasi O'rta Osiyoning markazida joylashgan. Hududi shimoli-g'arbda Orol dengizi hamda Ustyurt platosidan janubda Afg'oniston bilan tabiiy chegara vazifasini bajarayotgan Amudaryogacha, sharqiy va janubi-sharqiy tomonlarda Tyanshan hamda Hisor-Oloy tog'larigacha cho'zilgan. Hududning eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu erda qorli cho'qqilar va baland tog' muzliklari, ulkan vodiylar va keng vohalar bilan birga bamisoli cheksiz cho'llar va platolar mavjuddir. O'zbekistonning maydoni 447,4 ming kv.km. shuning 3/4 qismini tekistliklar va platolar, qolgan 1/4 qismini tog' oldi hududlari va tog'lar tashkil etadi. Hududning katta qismida mo''tadil iqlim hukmron. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi sovuq va kam qorli. Yog'inlar asosan bahor hamda qishga to'g'ri keladi. Iqlim sharoiti bu erda issiqsevar o'simliklar: paxta, kanop, kunjut, zig'ir hamda shirin-shakar uzum va mevalar, sabzavot va poliz ekinlarini etishtirish uchun nihoyatda qulaydir. Respublika hududidan Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning juda ko'p irmoqlari oqib o'tadi. O'zbekiston hozirigi vaqtda O'rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir. O'zbekiston jahonning sug'orma dehqonchilik va u bilan bog'liq paxtachilik, ipakchilik va qorako'lchilik yuqori darajada taraqqiy etgan mamlakatidir. Shuning uchun Respublikaning paxta, pilla etishtirish hamda qorako'l teri tayyorlash bo'yicha jahon mamlakatlari ichida yuqori o'rinlarni barqaror ravishda egallab kelishi bejiz emas. O'zbekiston xilma-xil turdagi tabiiy resurslarga, ayniqsa mineral, er-suv hamda rekreatsion resurslariga boy mamlakatdir. Respublika hududida 900 dan ortiq foydali qazilma konlari qidirib topilgan bo'lib, shulardan 60 dan ortiq mineral-xom ashyo turlari ishlab chiqarishga jalb etilgan. Foydali qazilma konlarining tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o'tish kerak. Muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 255 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo'yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo'yicha - 40, konchilik-kimyo xom ashyosi bo'yicha 15 ta kon qidirib topilgan. O'zbekiston tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo'lgan yoqilg'i-energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg'i balansida neftning salmog'i salkam 10%ni, tabiiy gaz salmog'i-85%dan ortiq, ko'mirning salmog'i salkam 5%ni tashkil etadi. Respublika sanoati mahsulotining umumiy hajmida yoqilg'i-energetika kompleksining salmog'i 1999yilda salkam 15%ga teng bo'ladi. Mamlakatda 1999 yilda 8,1 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan), 55,6 mlrd. kub.m. tabiiy gaz va 2,9 mln. tonna ko'mir (asosan, qo'ng'ir ko'mir) qazib chiqarildi. O'zbekiston xilma-xil rudali va noruda qazilmalar turlariga boy. Bu o'rinda, Respublikada ayniqsa rangli, nodir va qimmatbaho metallar rudalarining zahiralari ulkan ekanligini ta'kidlab o'tish asoslidir. Mis rudasining yirik konlari - Qalmmoqqir, Sariqcheku va Dalnee Angren-Olmaliq rayonida joylashgan. Qo'rg'oshin-rux rudalarining juda katta zahiralari Surxondaryodagi Xondiza va Jizzax viloyatidagi Uchquloch konlarida mavjud. Oltinning dunyo miqyosidagi ulkan konlari qatoriga Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov, To'rboy, Ko'chbuloq, Zarmiton, kumush bo'yicha esa Kosmonachi, Visokovoltnoe, O'qjetpes (Qizilqum) va Oqtepa konlari kiradi.
Mamlakatmizda uran, volfram, molibden va boshqa ma'danlarning ham yirik konlari ochilgan. Kimyoviy xom ashyo resurslari fosforitlar (Markaziy Qizilqum), osh va kaliy tuzlari (respublikaning janubiy, markaziy va shimoli-g'arbiy hududlarining) zahiralari esa deyarli bitmas-tuganmasdir. Huddi shunday fikrni granit, marmar va boshqa bezak toshlari hamda qurilish materiallari haqida ham bildirish mumkin. O'zbekiston yer resurslari bilan yaxshi ta'minlangan. Umumiy yer zihrasining salkam o'n foizini haydalgan va sug'oriladigan yerlar tashkil etadi. Shularning asosiy qismi dehqonchilik uchun qulay bo'lgan, aholi zich joylashgan vodiy va vohalarga to'g'ri keladi. Sug'oriladigan yerlarda paxta, bug'doy, sholi, jo'xori, kanop, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari, lalmi yerlarda esa bug'doy va arpa etishtiriladi. 'O'zbekiston-qadimdan sug'orma dehqonchilik mamlakati bo'lib kelgan. Sug'orma dehqonchilik oziq-ovqat sohasida Respublika mustaqilligining negizi va asosiy eksport mahsulotining manbaidir'. Mamlakatda sug'oriladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln. gektarni tashkil etib, uning asosiy qismi tuproq-suv sharoiti nisbatan qulay bo'lgan vodiy va vohalarda joylashgan. Farg'ona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari shular jumlasidandir. Sug'oriladigan yerlar maydoni XX asrning 60-yillaridan so'ng ikki martadan ziyod ko'paydi. O'sish asosan Mirzacho'l, Qarshi cho'li, Ellikqal'a massivi hisobiga ta'minlandi. O'zbekistonda bog'lar va tokzorlar egallagan maydon salkam 0,4 mln. gektarga teng. Shularning asosiy qismi tog'oldi mintaqasi yaxshi rivojlangan viloyatlarda joylashgan. O'zbekistonda so'nggi yillarda tomorqa xo'jaligini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda tomorqa va dala-bog' yerlarning umumiy maydoni 0,6 mln. gektarni tashkil etadi. O'zbekiston ulkan inson salohiyatiga ega bo'lgan mamlakatdir. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo'lib, u mamlakatning islohotlar va tub o'zgarishlar yo'lida tinimsiz ilgarilab borishi ta'minlab beradi. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil o'z navbatida uni rivojlantirish va tarqqiy ettirishda hal qiluvchi ro'l o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |