2.O’zbekistonda ishsizlikka qarshi chora-tadbirlar.
Respublikamizda davlat mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy islohatlarning birinchi bosqichi uchun belgilangan vazifalar ijobiy hal qilindi. Hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini keng joriy qilish bilan bog'liq bo'lgan islohatlarning ikkinchi bosqichiga oid masalalar ustida ish olib borilmoqda. Shu yo'nalishda mamlakatda sezilarli yutuqlarga erishilganligini ta'kidlab o'tish asoslidir. O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 1999 yilda amaldagi narxlarda 2048,4 mlrd. so'mni tashkil etdi. Bu 1998 yilga nisbatan 4,4%ga, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,8%ga ko'p demakdir. Yalpi ichki mahsulotning 13,9%i sanoatga, 28,0%i qishloq xo'jaligiga, 36,0%i xizmat ko'rsatish sohasiga to'g'ri keladi. Respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori yetakchi o'rinni egallaydi. Nodavlat sektorining umumiy yalpi ichki mahsulotda 65,6%ni, sanoat mahsulotida 61,4%ni, qishloq xo'jaligining yalpi mahsulotida 98,7%ni, aholiga pullik xizmat ko'rsatishda 54,7%ni tashkil etadi. Nodavlat sektorida respublikadagi jami band aholining 73,0%i mehnat qiladi. O'zbekistonda davlat mustaqilligi yillarida sanoat ishlab chiqarishini va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish ustivor yo'nalish sifatida qabul qilingan. Bu o'rinda dastavval O'zbekistonni jahon iqtisodiy xamjamiyatiga qo'shilishini tezlatadigan, uni dunyoga 'tanitadigan', mehnatni ko'p talab etib, suv va xom ashyoni nisbatan kam iste'mol qiladigan, asosan mahalliy mineral resurslar va qishloq xo'jaligi xom ashyosiga asoslanadigan ishlab chiqarishni rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratilayotganligini aytib o'tish lozimdir. Asaka shahrida qisqa vaqt ichida qurib, ishga tushirilgan avtomobil zavodi mahsuloti O'zbekistonni butun dunyoga yana bir bor tanitdi. Mamlakatdagi boshqa ko'pchilik sanoat tarmoqlarining mahsulotlari Respublikaning ichki ehtiyojlarini to'liq qondirmoqda hamda bir qismi eksport qilinmoqda. Mamlakatda 1999 yilda 8,1 mln. tonna neft va 55,6 mlrd. kub. m. Tabiiy gaz qazib oluvchi yirik mamlakatlar ichida 22-24 o'rinlarni, tabiiy gaz bo'yicha esa 5-6 o'rinlarni egallaydi. Mamlakatimiz aholi jon boshiga hisoblaganda elektrenergiya (1900 kVt/s), mineral o'g'itlar (37 kg), sement (140 kg) ishlab chiqarish bo'yicha ham jahon mamlakatlari ichida munosib o'rinlarni egallaydi. Respublikada sanoat asosan mahalliy xom ashyoga tayangan holda rivojlanmoqda. Shunday korxonalar qatorida rangli, qimmatbaho va nodir metallar ishlab chiqaruvchi Olmaliq, Zarafshon, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlardagi kon-metallurgiya kombinatlari jahon miqyosida ajralib turadi. Mahalliy xom ashyo asosida Qoravulbozor, Farg'ona va Oltiariq shaharlarida neftni qayta ishlovchi va neft-kimyosi korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Huddi shunday fikrni Sho'rtan va Muborak gazni qayta ishlovchi zavodlar haqida ham aytishimiz mumkin. O'zbekiston rivojlangan elektrenergetika tizimiga ega. Respublikada umumiy quvvati 11200 mVt.ga teng 37 elektrstantsiya ishlaydi. Shundan 9800 mVt issiqlik stantsiyalariga, 1400 mVt gidroelektrstantsiyalarga to'g'ri keladi. Barcha elektrstantsiyalar salohiyati bir yilda 56-57 mlrd kVt/s. ga teng elektrenergiya ishlab chiqarishga imkon beradi. Issiqlik elektrstantsiyalari ichida Sirdaryo, Yangi-Angren, Toshkent va Navoiy GRESlari har birining quvvati 1000 mVt.dan oshadi. O'rta Osiyoda eng yirik - Tojmarjon GRESining qurilishi davom etmoqda. O'zbekiston mashinasozlikni ba'zi tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga ko'ra dunyoda munosib o'rin egallaydi. Respublikada 'O'zmashmsanoat' mashinasozlik korxonalari uyushmasi har xil mulkchilik shakllariga ega 36 korxona va tashkilotlarni o'zida birlashtirgan. Shularning ichida 'O'zbekpaxtamash' korporatsiyasi, 'Pod'emnik', 'Kompressor', 'Sino' va boshqa birlashmalar ajralib turadi. Mashinasozlik korxonalari kimyoviy uskunalar, turbokompressorlar, paxta tozalash uskunalari, yuk ko'taruvchi kranlar, metal qiqruvchi asboblar, to'qimachilik mashinalari va boshqalarni ishlab chiqarmoqda. O'zbekiston rivojlangan kimyo sanoatiga ega. Tarmoqda 'Farg'ona Azot', 'Navoiy Azot', 'Elektrokimyosanoat' (Chirchiq), 'Ammofos' (Olmaliq), Samarqand kimyo zavodi, Qizilqum fosforit kombinati hamda qurilishi davom etayotgan Qo'ng'irot soda zavodi juda yirik korxonalar hisoblanadi. O'zbekiston jahon miqyosida paxta tolasi, shoyi, qorako'l yetkazib beruvchi yirik davlatlar qatoridan o'rin olgan. Respublikada 200 dan ortiq yirik yengil sanoati korxonalari ishlaydi. Toshkent, Buxoro, Andijon to'qimachilik, Namangan, Marg'ilon shoyi kombinatlari, Toshkent, Farg'ona, Yangiyo'l, Chirchiq poyafzal fabrikalari shular jumlasidandir. O'zbekistonda oziq-ovqat sanoati ko'p tarmoqlarga hamda keng geografiyaga ega tarmog'idir. Unda mavjud yirik korxonalar Respublikaning viloyatlarini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidagi barcha yirik, o'rta va kichik shaharlarda, shaharchalarda, xatto qishloqlarda ham mavjuddir. O'zbekistonda o'tish davriga xos muammolarning ko'pchiligi ijobiy hal qilindi. Respublikada, sobiq Ittifoq Respublikalarining ko'pchiligidan farqli o'laroq, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining keskin qisqarishiga yo'l qo'yilmadi, 90-yillarning ikkinchi yarmida esa ushbu tarmoqlar o'sishiga erishildi. Bugungi kunining asosiy vazifasi ana shu ijobiy o'zgarishilarni yanada mustahkamlashdan, jahon iqtisodiy xamjamiyatiga didilroq kirib borishdan, buning uchun yuqori sifatli, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga, ya'ni qayta ishlovchi sanoat rivojlanishiga ko'proq e'tibor berishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |