Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Nobank kredit tashkilotlari tomonidan fermer va dehqon xo’jaliklarini mikrokreditlash tizimi, tartibi va xususiyatlari



Download 1,74 Mb.
bet82/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

18.3. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan fermer va dehqon xo’jaliklarini mikrokreditlash tizimi, tartibi va xususiyatlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Respublika Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan marosimda – “Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo’jaligida asosiy kuch bo’lib, nafaqat mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har jihatdan obod va farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga oshirayotganini bugun faxr va g’urur bilan, minnatdorchilik bilan qayd etamiz” – degan edi.
Yurtboshimizni ta’kidlashicha fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, shundan 75 mingtasi ko’p tarmoqli xo’jaliklar hisoblanadi.
Olib borilgan iqtisodiy islohotlar, fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida joriy yilda mamlakatimizda 8 mln. 377 ming tonna g’alla, 2 mln. 930 ming tonna paxta, 12 ming 450 tonna pilla, 318 ming tonna sholi, 23 ming tonna meva-sabzavot, 13 mln tonna go’sht va sut mahsulotlari yetishtirildi.
Mamlakatimiz fermer va dehqon xo’jaliklari erishgan ushbu natijalarda banklar, nobank kredit tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan kredit yordamining ham hissasi bor.
Fermer va dehqon xo’jaliklarini kreditlash tizimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013 yil 52-sonli, 2014 yil 18-sonli qarorlari bilan ro’yxatga olingan “Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to’g’risida”gi nizom asosida amalga oshiriladi.
Ushbu nizomga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2015 yil 28-sentyabrdagi 86, 288 b-3 qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g’alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to’g’risidagi nizom asosida ayrim o’zgartirishlar kiritilgan.
Unga ko’ra ushbu kreditlar bo’yicha imtiyozli foiz stavkalari g’alla hosilini yetishtirish xarajatlari uchun yillik 5 foiz, paxta hosilini yetishtirish xarajatlari uchun yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, ularni 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
Respublikamizda kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon va fermer xo’jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash obyektlari hisoblanadi.
Ushbu nizomga asosan kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlash quyidagi qoidalarga asoslanadi:
1. Kreditlar qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
2. Kreditlar tijorat banki (Nobank kredit tashkilotlari) va qarz oluvchi o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq beriladi.
3. Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o’zini-o’zi qoplashni hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
− Qarz oluvchi o’z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag’larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;
−Aylanma mablag’larni to’ldirishga – 18 oy muddatgacha;
−Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag’larni to’ldirishga – 24 oy muddatgacha;
4. Tijorat banklari kreditlar bo’yicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari mumkin.
5. Kreditlar qonun hujjatlarida ta’qiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin emas.
6. Kreditlardan foydalanilganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
7. Kreditlar ilgari olingan kreditlarni yoki tijorat bankining “kredit siyosati”da belgilangan boshqa qarzlarni qaytarish uchun berilishi mumkin emas.
8. Qarz oluvchi olingan kredit summasini muddatidan ilgari qaytarishga va ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni to’lashga haqli.
9. Qishloq xo’jalik korxonalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g’alla va paxta xomashyosi yetushtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun kreditlar berish Qishloq xo’jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g’alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 86, 288 B-3, 2015 yil 28 sentyabr) muvofiq amalga oshiriladi.
Nizomning (2014 y 18 – son) 11-moddasiga muvofiq qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankga (nobank kredit tashkilotiga) quyidagi xujjatlarni taqdim etadi:
− Ariza;
− Qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznes – reja;
Qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga oid solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etilmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo’jaliklari bundan mustasno.
Nizomni 19-moddasiga muvofiq qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi.
− Mol-mulk va qimmatli qog’ozlar garovi;
− Tijorat banki yoki sug’urta kompaniyasining kafolati;
− Uchinchi shaxs kafilligi;
− Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risida sug’urta polisi;
− Ta’minotchining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.
Yuqoridagilar asosida bank (nobank kredit tashkilotlari) kredit berish to’g’risida ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi va tijorat banki (nobank kredit tashkiloti) o’rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Kredit shartnomasi tuzilgandan so’ng, keyingi kundan kechiktirmay kredit tashkiloti rahbari yoki uning o’rinbosari tomonidan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi ko’rsatilgan holda kredit hisobvarag’i ochish to’g’risida buxgalteriyaga farmoyish beriladi va ushbu farmoyishga asosan kredit hisobvarag’i ochiladi.
Yuqorida keltirilgan mikrokreditlar bo’yicha tartiblar doirasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ–2844-son “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida yanada kengaydi.
Jumladan, ushbu qaror asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017 yil 8-apreldagi 7/3 son qarori asosida tijorat banklari (nobank kredit tashkilotlari) tomonidan yangi ro’yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga ularni davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab olti oy mobaynida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to’lovlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik, pul mablag’larini maqsadli foydalanish va qaytarish shartlari asosida eng kam ish haqqining 100 barobarigacha miqdorda beriladi.
Mikrokreditlardan foydalanilganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo’lmagan miqdorda, bankning imtiyozli kreditlash jamg’armasi hisobidan mikrokredit ajratilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Imtiyozli davr o’rnatilgan holda berilgan mikrokredit bo’yicha asosiy qarzni to’lash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davrda mikrokredit bo’yicha faqat foizlar hisoblanadi va to’lanadi.




    1. Download 1,74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish