Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Mavzuni mustaqil o’rganish bo’yicha savollar



Download 1,74 Mb.
bet80/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Mavzuni mustaqil o’rganish bo’yicha savollar
1. Bank operatsiyalari to’g’risida tushuncha.
2. Banklarni passiv operatsiyalarining mohiyati
3. Banklar passiv operatsiyalarining tarkibi
4. Banklarni aktiv operatsiyalari va unda kredit operatsiyalarini o’rni
5. Tijorat banklarini investitsion faoliyati
6 Banklar investitsion faoliyati yo’nalishlari
7. Banklar investitsiya siyosati
8. Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalari
9. Tijorat banklarining boshqa operatsiyalari
10.Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari
18-Mavzu: Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari
Reja:

  1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni vujudga kelishi

  2. Lombard va boshqa nobank kredit tashkilotlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari

  3. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan fermer va dehqon xo’jaliklarini mikrokreditlash tizimi, tartibi va xususiyatlari

  4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida nobank kredit tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari

Tayanch tushunchalar: Nobank kredit tashkilotlari. Kredit uyushmalari, Lombardlar, mikromoliya tashkilotlari. Kredit uyushmalari va Lombardlarni vujudga kelish tarixi. Birinchi kredit uyushmasi. Kredit uyushmalarining xalqaro tashkiloti. Lombardlar faoliyatining xususiyati. Mikromoliya tashkilotlarining tarkibi. Fermer va dehqon xo’jaliklariga mikromoliyalash tizimi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida nobank kredit tashkilotlarining rivojlanish yo’nalishlari. Ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiyotidagi o’rni.
Ma’ruzani o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
Fan bo’yicha tuzilgan ta’lim texnologiyalari uslubiy qo’llanmaga asosan ma’ruza davomida “Aqliy hujum”, “Blits so’rov”, “Munozara”, “Keys-stadi” va boshqa usullardan foydalaniladi.


18.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni vujudga kelishi.
Keyingi yillarda respublikamiz mikromoliyalashtirish tizimida nobank kredit tashkilotlari o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda. Ayni paytda nobank kredit tashkilotlari tizimini rivojlantirish, ular faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo’yicha me’yoriy-huquqiy baza ta’minotini takomillashtirish, mikromoliyalash faoliyatining ijtimoiy jihatlarini kuchaytirish, shuningdek aholi keng qatlamlarining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratilgan.
Mikromoliyaviy tashkilotlarni tarixiga ko’ra dastlab XIX asrning ikkinchi yarmida kredit kooperativlari o’zaro yordamning tashkiliy – huquqiy shakli sifatida qishloq xo’jalik va kredit kooperativlari shaklida Germaniyada tashkil etilgan. XXasr boshida Yevropa kredit kooperativlari, AQSH, Kanadada taraqqiy etib, Janubiy Amerika davlatlarida taraqqiy eta boshladi.
O’zbekistonda bunga birinchi qadamlardan biri bo’lib 2002 yil 4 aprelda kredit uyushmalari to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi hisoblanadi.
Qonun 30 moddadan iborat bo’lib uning 3-moddasiga ko’ra-“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kreditlar berish maqsadida ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti kredit uyushmasi deb e’tirof etiladi”
Kredit uyushmalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish ularga litsenziya berish O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Qonuning 7-moddasiga binoan kredit uyushmasi a’zolarining soni 50 tadan kam bo’lishi mumkin emas. Kredit uyushmasining ustavi uning ta’sis hujjattidir. Kredit uyushmasi a’zolari pay badallarining umumiy summasi ustav fondi hisoblanadi. Ustav fondi faqat pul mablag’laridan shakllantiriladi va uning eng kam miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Kredit uyushmasining yuqori boshqaruv organi bo’lib uyushma a’zolarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi.
Kredit uyushmasi uyushma a’zolarining umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra, ixtiyoriy ravishda, litsenziya bekor qilinganda va uyushma bankrot deb e’lon qilinganda (28-modda) tugatiladi.
Kredit uyushmalarining tijorat banklaridan asosiy farqi katta foyda olish emas, balki o’z a’zolarining biznesini rivojlantirishga past foizda kredit-moliya yordami ko’rsatish. Uning kreditlaridan foydalanishni rasmiylashtirish oddiy tushunarli hisoblanadi.
O’zbekistonda 2005 yilning oxirida 23 ta kredit uyushmalari mavjud bo’lib ular jumlasiga Xazina va Sherdor (Samarqand), Ishonch (Jizzax), Lastochka (Navoiy), Marvel va Tayanch (Namangan), Buxoro tadbirkori va Umid (Buxoro), Madadkor (Andijon), Baraka va Taraqqiyot (Toshkent viloyati) va boshqalarni kiritish mumkin.
Samarqandning “Sherdor” kredit uyushmasi O’zbekistondagi birinchi kredit uyushmasi hisoblanadi.
Kredit uyushmalarining asosiy maqsadi odamlar o’z faoliyatini rivojlantirib o’z farovonligini oshirishni o’zlashtirsin. Bu borada xalqda “Agar och qolganda baliq sovg’a qilsang yaxshi ish qilgan bo’lasan, agar sen uni baliq tutishga o’rgatsang ikki barobar ko’p ish qilgan bo’lasan” degan ibora mavjud.
Shu jihatdan kredit uyushmalari kichik tadbirkorlikni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham kredit uyushmalari butun dunyo bo’ylab rivojlanishga ega. Bu kredit uyushmalarining jahon tashkiloti (wocci)ni mavjudligi bilan ham ahamaiyatli. Bu tashkilot 30 yillar oldin tuzilgan bo’lib unga 90 mamlakatdagi 32 ming dan (112 mln. a’zosi bilan) ortiq kredit uyushmalari kiradi. Uni kredit uyushmalarini rivojlantirish bo’yicha bir loyihasi O’zbekistonda ham amalga oshirilmoqda.
2003 yini sentyabrida Bishkek shahrida ushbu xalqaro kredit uyushmasi boshchiligida “Markaziy Osiyoda barqaror kredit uyushmalarini tuzish to’g’risida” birinchi xalqaro konferensiya o’tkazildi.
Har yilni 20 oktyabrida xalqaro kredit uyushmalari kuni o’tkaziladi. Bu kun 1948 yildan beri nishonlanadi. Hozir ushbu xalqaro tashkilotga (wocci) 96 mamlakat a’zo.
O’zbekistonda 2005 yilning sentyabriga kredit uyushmalarining jismoniy va yuridik shaxslardan a’zolar 27000 ni tashkil etadi. 2005 yilning iyunida O’zbekistonda kredit uyushmalari assotsiyatsiyasi tuzildi.
Respublikamizda kredit uyushmalari to’g’risidagi qonunga Oliy Majlis tomonidan 2006 yilning 24 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritildi.
Nobank kredit tashkilotlari jumlasiga kredit uyushmalaridan tashqari Lombard va boshqa mikromoliya tashkilotlari kiradi. 2011 yilni boshiga respublikamizda 209 ta nobank kredit tashkilotlari mavjud bo’lib ularni 116 tasi kredit uyushmalarini, 58 lombard va 35 tasi mikromoliya tashkilotlarini tashkil etadi. Barcha nobank kredit tashkilotlari a’zolarining soni 212 ming kishini tashkil etadi. Ularning kredit portfeli shu davrga 304 mlrd. So’mni tashkil etadi.
Respublikamizda 2016 yilni boshiga nobank kredit tashkilotlarining soni 70 tani tashkil etdi, shundan 27 tasi mikrokredit, 43 tasi lombardlar hisoblanadi. Nobank kredit tashkilotlarining aktivlari 2017 yilni 1-yanvar holatiga 160 mlrd so’mni tashkil etadi.
Shu sanaga ularni kredit qoldig’i 140 mlrd. so’mga yetdi. Ularning kapitali 125,5 mlrd so’mni tashkil etdi va u 2016 yilga hisoboti 54 foizga ko’p.
Hozirda tijorat banklari bilan bir qatorda mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohasida, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan taqdim etilgan nobank kredit tashkilotlarining ahamiyati katta. Bu tashkilotlarning faoliyati, avvalambor, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun yo’naltirilgan.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish