17.4. Tijorat banklarining vositachilik va boshqa operatsiyalari
Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalariga banklarning turli xizmat operatsiyalari bo'lgan faktoring trast, tratta va boshqa operatsiyalari kiradi.
Shunday operatsiyalardan faktoring (inglizcha vositachi) g’oyasiga XVII asming o’rtalarida Angliyada barpo etilgan HOUSE OF FACTORS, ya’ni “faktorlar uyi” orqali asos solingan bo’lib, ingliz tilidan tarjima qilinganda dallol, vositachi, makler yoki moliyaviy agent degan ma’noni anglatadi (BPK jurnali. 2013 y., 7- son, 14-16 betlar)
Faktoring xizmati bu- xo’jalik yurituvchi subyektlar - mijozlarni, ular yetkazib bergan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovchilar tomonidan akseptlangan, lekin ular tomonidan to’lanmagan to’lov talabnomalari bo’yicha to’lov olish huquqini bankka - moliyaviy agentga regress huquqsiz o’tkazib berish evaziga moliyalashtirish bo’yicha bank xizmatining turidir. Boshqacha aytganda, oz’ mijozidan uning kontragenti talabini sotib oladigan moliyaviy agent.
Hozirda faktoring biznesi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Germaniyada yirik tijorat banklarining mijozlarga ko’rsatadigan bunday xizmatlar soni 300 dan oshib ketdi.
O’zbekiston Respublikasida faktoring operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 3 avgustda 953-son bilan ro’yxatga olingan “Tijorat banklari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan tartibga solinadi.
Faktoring operatsiyalari ikki tomonlama o’zaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi:
-Moliyaviy agent yoki tijorat banki;
-Tovar yetkazib beruvchi kreditor
Banklarni xizmat operatsiyalaridan yana biri bo’lib trast operatsiyalari hisoblanadi (BPK jur. 2013 y., 6-son, 14-16 betlar).
Trast (inglizcha ishonchli) - bank yoki trast kompaniyalaming mijoz topshirig’i bo’yicha mijozning mulkini (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqalar) saqlash, ular bo’yicha bank opertasiyalarini o’tkazish, boshqarish huquqini o’z zimmasiga olishidir.
Jahon amaliyotida trast operatsiyalari quyidagi toifalarga bo’linadi:
1.Shaxsiy, maxsus (alohida shaxslar uchun) trast xizmatlari;
Ushbu xizmat turi bo’linadi: vasiyat trast, chaqirib olinmaydigan trast, qisqa muddatli trast (masalan vakolat beruvchi maxsus maqsadga, jumladan farzandini o’qitish uchun daromaddan foydalangan holda vaqtinchalik berib turish).
2.Institutsional trast xizmatlar (uzoq muddatli majburiyatlar emitenti yoki kafolatchi hamda ushbu majburiyatlami boshqarayotgan yuridik shaxs o’rtasida tuziladigan shartnomalar asosida; yuridik shaxslarga ularni mulkini boshqarish bo’yicha malakali xizmatlar taqdim etadigan trast kompaniyasi bilan tuziladigan shartnomalar asosida);
3.“Master trast” turidagi xizmatlar (bank yoki trast kompaniyasi tomonidan turli fondlar yoki boshqa kompaniyalarda rasmiylashtiriladi va ko’p hollarda notarus tomonidan tasdiqlanadi).
Jismoniy shaxslar uchun trast bo’yicha merosni boshqarish ishonchi va vasiylik bilan bog’liq operatsiyalar bajariladi.
Xizmat operatsiyalarining yana biriga tratta (italyancha o’tkazma veksel) operatsiyalarini kiritish mumkin. Bu kreditorlarning qarzdorga (odatda bankga) yozma buyrug’i bo’lib u tashqi savdodagi hisob-kitoblarda qo’llanilib, unda bankning uchinchi shaxs (taqdimchi) ga yoki trattani taqdim etganga muayyan so’mmani to’lash ko’rsatiladi.
Tijorat banklari asosan mijozlarga yuqorida keltirilgan operatsiyalami amalga oshirishdan tashqari alohida yuridik subyekt sifatida o’z faoliyatiga tegishli operatsiyalrni ham amalga oshiradi. Shunday operatsiyalar jumlasiga o’z xodimlari bilan mehnat haqi bo’yicha hisoblashishi, o’z asosiy va aylanma mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq va boshqa operatsiyalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |