Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Lombard va boshqa nobank kredit tashkilotlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari



Download 1,74 Mb.
bet81/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

18.2. Lombard va boshqa nobank kredit tashkilotlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Mavzuning birinchi savolida nobank kredit tashkilotlarining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan kredit uyushmalariga to’xtalindi. Kredit uyushmalaridan keyingi o’rnida Lombardlar turadi. Lombardlar (garovxona) ko’char mulklarni garovga qo’yib kredit berish bilan shug’ullanadigan kredit muassasi hisoblanadi. Lombardlar birinchi marta 15 asrda Fransiyaning Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxo’rlar tomonidan joriy etilgan.
Bunda buyumning qiymati tomonlarning kelishuviga ko’ra baholanadi, garovga qo’yilgan buyum egasiga nomi yozilgan tilxat beriladi. Garov asosida berilgan pul o’z vaqtida qaytarilmasa, qo’yilgan buyum garovxona mulkiga aylanadi va garovxonaga qo’yilgan buyumlarni sotishga haqli. Shuningdek, garovxonaga qimmatli buyumlarni saqlab berish uchun ham qabul qiladi. Demak, garovxonaga buyumlar faqat mablag’ olish uchun emas, ba’zan mazkur buyumni ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun ham qo’yiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek O’zbekistonda lombardlarning soni 58 tagacha yetgan va ularni soni 2016 yilni boshiga 43 ta bo’lgan. Toshkent shahrida Lombardlar birlashmasi faoliyat ko’rsatadi.
“Ahbor – Reyting” reyting agentligi mahalliy reyting amaliyotida ilk bor 2012 yil davri uchun faoliyat yakunlariga ko’ra, 31 Lombardga milliy shkala bo’yicha kredit reytinglarini berdi. Ular ichida “To’y – tepa kredit” MCHJ, “Olov invest” MCHJ, “Moment kredit” MCHJ, “Sharq kredit” MCHJ, “Shokir invest” MCHJ, “Lobar kredit” MCHJ, “Navoiy kredit” MCHJ, “Chinor kredit” MCHJ va boshqa garovxonalar mavjud.
O’zbekiston sharoitida Lombardlarning asosiy faoliyati aholiga shaxsiy foydalanish uchun mo’ljallangan ko’char mulkni garovga qo’yib, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni garovga qo’yib qisqa muddatli (uch oydan ko’p bo’lmagan muddatga) kreditlar berishdan iboratdir. Garov muddati tugagandan keyin mijoz foiz va garov summalarini to’lab, garov ashyosini qaytarib oladi. Garovxonalar tomonidan shartnoma asosida beriladigan kreditlar garovga berilgan mol-mulk qiymatidan oshmasligi kerak. Kreditlarning foiz stavkalari, aniqrog’i kreditdan foydalanganlik uchun foizlar summasi, shuningdek olingan kreditning vaqtida qoplanmaganlik uchun jarima miqdori har bir kechiktirilgan kun uchun Lombardlarning yuqori organi tomonidan belhilanadi.
Boshqa mikrokredit tashkilotlaridan farqli o’laroq, mamlakatimiz Lombardlari qarz berish vaqtida asosan o’z resurslaridan foydalanadilar. Garchand qarz berish chog’ida ular boshqa mikrokredit tashkilotlari singari o’zga moliya institutlarining mablag’laridan jalb etishlari mumkin bo’lsada, bu holat mahalliy Lombardlarimizning o’ziga xosligidir.
Lombardlar kapitallashuv darajasini oshirib borish ustuvor vazifalardan hisoblanadi, chunki uni hal etilishi Lombardlarning yanada rivojlanishi va moliyaviy salohiyatining mustahkamlanishini ta’minlaydi.
Lombardlar faoliyatini o’ziga xosligi kredit stavkalarining qisqa muddatga belgilanishi, aktivlarni tezkor darajada aylanishini va bir vaqtning o’zida tashkilotning yuqori daromadliligini ta’minlaydi.
Nobank kredit tashkilotlarining tarkibiy qismi bo’lgan mikromoliya tashkilotlari jumlasiga mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar kiradi.
Mikromoliya tashkilotlariga nisbattan boshlang’ich bosqichdaligi tufayli ular mikromoliyaviy infratuzilmani rivojlantirishni xizmatlar turini kengaytirishni va shu kabilarni yanada rivojlantirishni taqozo etadi.
Mikromoliya tashkilotlari to’g’risida qonun 2006 yilni 15 sentyabrida qabul qilingan bo’lib uning maqsadi mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining ishchanlik faoliyatini oshirish uchun ularning moliyaviy mablag’lar hamda xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning 7-moddasiga binoan mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarga, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, Lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari kiradi. Ushbu qonunning 3-moddasiga muvofiq mikromoliyalash mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summaga mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko’rsatish borasidagi faoliyatidir.
Ushbu qonunga ko’ra:
−Mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming barobari miqdoridan oshmaydigan summada to’lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag’laridir.
−Mikroqarz, mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo’lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz barobari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa to’lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag’laridir.
−Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig’iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda unga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.
Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming barobari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish