O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SIRTQI” FAKULTET
“Bank ishi”
yo’nalishi
MAVZU: “Mikrokreditlash operatsiyalari va ular hisobining tashkil etilishi” mavzusidagi
KURS ISHI
|
Tayyorladi:
|
KBI-61-2 guruh talabasi
Avalbayev Jamshid
|
|
Ilmiy rahbar:
|
Kenjayev M.
|
TOSHKENT 2021
Mavzu: Mikrokreditlash operatsiyalari va ular hisobining tashkil etilishi
Reja:
1. Tijorat banklarida qisqa va uzoq muddatli kreditning zarurligi, iqtisodiy va huquqiy asoslari
2. Mikrokreditlash operatsiyalari va ular hisobining tashkil etilishi
3. Mikrokreditlash tizimida kredit risklarini optimallashtirish chora va tadbirlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
KIRISH
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida yurtimizda qulay ishbilarmonlik va investitsion muhitni yaratish, jahon integratsiyasi jarayonida faol ishtirok etish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investorlar va to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilish, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish, mamlakatimizda jahonda umumqabul qilingan zamonaviy normalar, standartlar, shu jumladan moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida tegishli ishlarini amalga oshirish zaruruligi va ahamiyati alohida ta’kidlab o’tildi1.
Aynan shu Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan2.
Bizga ma’lumki, Tijorat banklari kredit siyosatini takomillashtirish hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri xisoblanadi. Zero, tijorat banklarining kredit siyosatini maqsadi bankning biznes rejasiga muvofiq mavjud resurslarni iqtisodiyotning real sektorini moliyalash uchun kreditlar va ularga tenglashtirilgan jarayonlarga joylashtirish yo‘li bilan tegishli yil uchun daromadlarni ta’minlash, xatarlarni diversifikatsiyalash va ularni kamaytirish vositalaridan foydalanish, kredit portfeli sifatini oshirish, amaldagi qonunchilik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki me’yorlariga rioya qilishdan iborat bo‘ladi.
Tijorat banklari kredit siyosatini oqilona ishlab chiqilishi kichik korxonalar va tadbirkorlik subektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning, eng avvalo jamiyatni ijtimoiy va siyosiy yangilash, shuningdek aholi farovonligini va bandligini oshirish, ichki iste’mol bozorini milliy mahsulotlar bilan to‘ldirish, ishlab chiqarishni sifat darajasiga ko‘tarish va eksport salohiyatini oshirishning bosh dastagi hisoblanadi. Bir yoki bir necha yirik moliya tashkilotining iqtisodiy tanazzulga uchrashi butun mamlakat moliya tizimini izidan chiqarishi, qolaversa, o‘sha mintaka yoki respublika iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ma’lumki banklar mamlakat pul-kredit tizimining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.
Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o‘zgarmoqda. 2018 yilda tijorat banklarining kredit qo‘yilmalari umumiy hajmi 2017 yilga nisbatan 210,0 foizga o‘sib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 110,5 trln. so‘mni tashkil etdi3.
Tijorat banklarining milliy iqtisodiyotdagi yuksak mavqeini ta’minlash ularning kredit siyosatini samaradorligiga bog‘liq. Kreditlash jarayoni tijorat banklarining muhim faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, asosiy daromad keltiruvchi, shu bilan birga yuqori risk yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Chunki bank daromadlarining katta qismi aynan berilgan kreditlardan tashkil topadi. Shuni ta’kidlash lozimki, banklarning kreditlar vositasida o‘z faoliyatini moliyaviy barqarorligini ta’minlashlari va xo‘jalik sub’ektlarning joriy va investitsiya xarajatlarini yetarli darajada kreditlanishi tijorat banklari kredit siyosatining oqilona ishlab chiqilganligiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |