Jamoa -
bu birgaiikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi b o iib unda
kishilar bir-birlari bilan shunday o‘zaro harakat qiladilarki, har kim boshqa
shaxsga
murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta ’sirini ham his qiladi.
Ijtimoiy institut
— bu, odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkiliy
tuzilma tarzida tashkil etishning barqaror shakli yoki normativ jihatdan
tartibga solinadigan qoidalar tizimidan iboratdir.
Iqtisodiyotning norasm iy sektorida ish U lan bandlar -
doim iy,
vaqtinchalik, mavsumiy ishlarni yollanib bajaradigan, o‘z
biznesiga ega,
ro‘yhatga olinmagan faoliyatdan ish haqi, daromad topadigan shaxslar.
Iqtisodiy nofaol aholi
- ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan mehnatga
qobiliyatli aholi. Uning jumlasiga quyidagilar kiradi:
Iqtisodiy faol aholi -
bu aholining tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko'rsatish uchun ishchi kuchini taklif etishni ta’minlaydigan qismi. Iqtisodiy faol
aholi soni ish bilan bandlami va ishga joylashishga muhtoj shaxslami o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy faoliyat -
bu inson tirikchiligini ta’minlash usullari
va vositalari
majmuidir.
Inson ka p ita li -
investitsiyalar natijasida shakllangan bilim lar,
ko‘nikmalar, malakalar va sabablar zahirasidan iborat boiib, u shaxsning
jismoniy. Aqliy va psixologik sifatlari hamda qobiliyatlarini aks ettiradi.
Inson kapitaliga investitsiya qilish
deganda, odatda malakaviy qobiliyatni,
demakki, mehnat unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan har qanday harajat
tushunilib, u ta’lim olishga xarajatlami, ish qobiliyati va mehnat unumdorligini
ta’minlaydigan sogiiqni saqlashga qilinadigan harajatlami
va ishchi kuchini
unumsiz yerlardan yuqori unumlmi yerlaiga ko‘chirishga ya’ni xarakatchanlikka
qilinadigan xarajatlami o‘z ichiga oladi
Inson omili
- tashkilot va muassasalaming birgaiikda faoliyat kechirishi
uchun birlashgan kishilardir. Tarkibiy jihatdan u shaxs, ishchi guruhi,
mehnat jamoasidir.
Inson resurslari
-
bu zarur uquv-farosatga, bilim va mahoratga, ishlash
qobiliyati va malakasiga ega boigan jamiyat a’zolari, mehnat ahlidir. Boshqacha
aytganda inson resurslari haqiqiy va salohiyatli xodimlardan iborat.
Inson resurslaridan intensiv foydalanish
- mehnat faoliyati samarasi ni
oshirishni bildiradi va u mehnat unumdorligiga asoslanadi.
Inson resurslaridan ekstensiv foydalanish
- ishchilar umumiy sonining,
mehnatga layoqatli aholi bandligining o‘sishi, mehnatga layoqatlilik davrining
uzunligi, ish vaqtining uzunligi bilan ifodalanadi.
Ish —
bu tabiat va inson tomonidan birlashgan kuchlaming ob’yektiv
natijasidir.
Ish berufchilar -
xodimni ishga olish huquqi boigan yuridik yoki
jismoniy shaxslar.
Ish bilan bandlar
- a)pul bilan toianadigan yoki natural holidagi haq
evaziga
yollanib, shuningdek, o‘z faoliyati evaziga qancha muddat haq yoki
236
daromad olishidan qat’iy nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish uchun
yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat mobaynida ish bajargan; b)kasalligi
yoki jarohatlanganligi tufayli, bemorlarga qarab turish uchun;
yillik mehnat
ta’tili yoki dam olish kunlarida; o'z ish joyidan tashqarida ta’lim olganligi
uchun; m a’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlab
qolinmagan holda mehnat ta’tilida boigan va boshqa shunga o'hshash sabablar
bilan vaqtincha ishda boim agan; v)oilaviy korxonada haq olmasdan ish
bajargan shaxslar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: