1. Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 78,36 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2023
Hajmi78,36 Kb.
#953372
  1   2
Bog'liq
2985 17.03.2018




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2985]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5290-son “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1.Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
8-q/q-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
47-son
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 8-q/q, 47-son qaroriga
ILOVA
Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5290-son “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga (bundan buyon matnda Farmon deb yuritiladi) muvofiq 2018-yildan boshlab rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanganligi va yillik mehnat ta’tili muddati ushbu kunlarga kamaytirilishini hisobga olgan holda yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash, shuningdek foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun pullik kompensatsiya to‘lovini (bundan buyon matnda pullik kompensatsiya deb yuritiladi) hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yo‘riqnomaning talablari budjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno.
Budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun ushbu Yo‘riqnomaning talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Ushbu Yo‘riqnomaning talablari ijtimoiy ta’tillarga (homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarishlash, o‘qish bilan bog‘liq va ijodiy ta’tillarga), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 135-moddasi birinchi qismiga muvofiq belgilanadigan yillik uzaytiriladigan asosiy ta’tillarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘rtacha ish haqi miqdorini hisoblab chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini (davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallarni) hisoblashdagi barcha to‘lovlar hisobga olinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-bob. Mehnat ta’tili vaqtida xodimning saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash va pullik kompensatsiyani hisoblab chiqish
1-§. Mehnatga vaqtbay haq to‘lashda o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqish
4. O‘rtacha ish haqi hisob-kitob kunida belgilangan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) kelib chiqib:
tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan xodimlar uchun — mehnat ta’tili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 12 oy uchun olingan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarning o‘n ikkidan bir qismiga;
tashkilotda tegishli ravishda 6 oydan 11 oygacha ishlagan xodimlar uchun — mehnat ta’tili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 va undan ortiq oylar uchun olingan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarning oltidan bir qismiga (tegishli ravishda yettidan bir qismiga, sakkizdan bir qismiga, to‘qqizdan bir qismiga, o‘ndan bir qismiga, o‘n birdan bir qismiga) oshirilgan holda hisoblab chiqiladi.
1-misol. Xodimga 7 oy ishlagandan keyin mehnat ta’tili berilgan. Xodimning hisob-kitob kunidagi tarif stavkasi 850 ming so‘mni tashkil etdi. Butun ishlangan davrda u 1 mln. 500 ming so‘m miqdorda mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlar olgan. Mehnat ta’tili haqini hisoblab chiqish uchun xodimning o‘rtacha ish haqi quyidagini tashkil etadi: 850 ming so‘m + (1 mln. 500 ming so‘m : 7) = 1 mln 64 ming so‘m.
Xodimlarning o‘rtacha ish haqlari ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda tarif stavkasi (lavozim maoshi) asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisoblash kuniga to‘g‘ri keladigan ish haqi bo‘lmagan xodimlar (masalan, vaqtinchalik ish bo‘lmaganligi uchun ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lganlar, bola parvarishida bo‘lganlar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lganlar) yoki xodimning o‘rtacha ish haqi miqdori qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanganda, o‘rtacha daromad ushbu davrdan oldingi o‘tgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida hisoblanadi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5. O‘rtacha ish haqini aniqlashda mukofotlar va tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq hisoblangan boshqa to‘lovlar ular hisoblangan davrdan qat’i nazar ular hisoblangan oy bo‘yicha hisobga olinadi.
2-misol. Joriy yilning iyul oyida ta’til olgan xodimga birinchi yarim yillik uchun mukofot avgustda hisoblangan. Mazkur mukofot joriy yil uchun mehnat ta’tili haqini hisob-kitob qilishda hisobga olinmaydi, keyingi ta’tilni hisob-kitob qilishda hisobga olinadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash to‘g‘risida”gi qarori bilan mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti belgilangan xodimlarning tarif stavkasi (lavozim maoshi) mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi.
3-misol. Xodimga u ishlagan yil (12 oy) uchun mehnat ta’tili berilgan. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) hisob-kitob kunida 850 ming so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, 40% miqdorda mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti belgilangan. Butun ishlagan davrida 3 mln. so‘m miqdorda mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlar olgan. Mehnat ta’tili haqini hisob-kitob qilish uchun xodimning o‘rtacha ish haqi quyidagicha hisoblanadi: 850 ming so‘m * 1,4 + (3 mln. so‘m : 12) = 1 mln. 440 ming so‘m.
2-§. Mehnatga ishbay haq to‘lashda o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqish
7. O‘rtacha ish haqi hisob-kitob kuni belgilangan ishlar tarifikatsiyasi bo‘yicha hisoblab chiqilgan tarif stavkasidan kelib chiqib:
tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan xodimlar uchun — mehnat ta’tili haqi hisob-kitob qilinadigan oydan oldingi 12 oy uchun olingan, ishlar tarifikatsiyasi bo‘yicha hisoblab chiqilgan hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarni, shu jumladan ishbay qo‘shimcha haqning o‘n ikkidan bir qismiga;
tashkilotda tegishli ravishda 6 oydan 11 oygacha ishlagan xodimlar uchun — mehnat ta’tili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 oy va undan ortiq oylar uchun olingan ishlar tarifikatsiyasi bo‘yicha hisoblab chiqilgan hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarning, shu jumladan ishbay qo‘shimcha haqning oltidan bir qismiga (yettidan bir qismiga, sakkizdan bir qismiga, to‘qqizdan bir qismiga, o‘ndan bir qismiga, o‘n birdan bir qismiga) oshirilib hisob-kitob qilinadi.
8. Xodimning tarif stavkasi tashkilotda qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasiga muvofiq xodim tomonidan bajariladigan ishlarning belgilangan razryadidan kelib chiqib belgilanadi.
9. Ishbay qo‘shimcha haq xodim belgilangan mehnat normasini ortig‘i bilan bajarganda hosil bo‘ladi va xodim mehnat ta’tili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan har oylik davrda olgan amaldagi ish haqidan (mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlarni hisobga olmaganda) ushbu Yo‘riqnomaning 8-bandiga muvofiq belgilangan tarif stavkasini ayirib tashlash orqali aniqlanadi.
Mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlar ular hisoblangan davrdan qat’i nazar hisoblangan oy bo‘yicha hisobga olinadi.
4-misol. 4-razryadli xodimiga 2017-yil 3-dekabrdan boshlab ta’til berilgan. Hisob-kitob kuni tarif stavkasi 1 mln. 200 ming so‘mni tashkil etadi.

Oylar

Ishbay narxlar bo‘yicha oylik ish haqi (ming so‘m)

Shu jumladan:

Mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlar, ishbay qo‘shimcha haq bundan mustasno (ming so‘m)

Tarif bo‘yicha (tarif setkasi bo‘yicha) (ming so‘m)

Ishbay qo‘shimcha haq (ming so‘m)

Dekabr, 2016

1200

1000

200

-

Yanvar, 2017

1200

1000

200

250

Fevral, 2017

1550

1000

550

-

Mart, 2017

1100

1000

100

-

Aprel, 2017

550

1000

-

300

May, 2017

800

1000

-

-

Iyun, 2017

1300

1000

300

-

Iyul, 2017

1350

1000

350

500

Avgust, 2017

1400

1000

400

-

Sentyabr, 2017

1500

1000

500

100

Oktyabr, 2017

1700

1200

500

500

Noyabr, 2017

1500

1200

300

-

Jami 12 oy uchun

15150

3400

1650

Mehnat ta’tili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan xodimning o‘rtacha ish haqi 1 mln. 200 ming so‘mni tashkil etadi: (hisob-kitob kuni tarif stavkasi) + (3 mln. 400 ming + 1 mln. 650 ming)/12 = 1 mln. 620 ming 833 so‘m.
3-§. Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimlarida o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqish
10. Mehnat ta’tili haqi miqdorini hisoblab chiqish uchun mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimlarida (agar mehnat haqining umumiy miqdoridagi ish haqining tarif qismini aniqlash mumkin bo‘lmasa, masalan, agar daromad sotiladigan mahsulotlar ulushi sifatida aniqlansa) o‘rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan birinchi razryad tarif stavkasi miqdoridan kelib chiqib, hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarning o‘n ikkidan bir qismiga (oltidan bir qismiga, yettidan bir qismiga va hokazo) oshirilgan holda aniqlanadi.
5-misol. Xodimga 2018-yil 10-yanvardan boshlab to‘liq kalendar yili uchun ta’til beriladi. Xodimning ish haqi mehnat shartnomasida belgilangan realizatsiya qilingan mahsulotdan ajratmalar hisobiga shakllanadi va doimiy hisoblanadi.

Oylar

Ishbay baholar bo‘yicha ish haqi,(so‘m)

Shu jumladan:

Mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlar, ishbay qo‘shimcha haq bundan mustasno (so‘m)

Tarif bo‘yicha (tarif setkasi bo‘yicha), (so‘m)

Ishbay qo‘shimcha haq (so‘m)

Yanvar, 2017

1200000

149775

1050225

250000

Fevral, 2017

1200000

149775

1050225

-

Mart, 2017

1200000

149775

1050225

-

Aprel, 2017

1200000

149775

1050225

300000

May, 2017

1200000

149775

1050225

-

Iyun, 2017

1200000

149775

1050225

-

Iyul, 2017

1200000

149775

1050225

500000

Avgust, 2017

1200000

149775

1050225

-

Sentyabr, 2017

1200000

149775

1050225

100000

Oktyabr, 2017

1200000

149775

1050225

500000

Noyabr, 2017

1200000

149775

1050225

-

Dekabr,2017

1500000

172240

1327760

Jami 12 oy uchun


Download 78,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish