33-mavzu. Pedagogik fikrlar va maktablar tarixida oʻqituvchi mahorati masalalari
“Oʻqituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega boʻlishi va oʻquvchilarga aytmoqchi boʻlgan fikrlarni toʻla va aniq ifodalay olishni bilmogʻi zarur”, — degan fikr qaysi qomusiy allomaga tegishli?
A) Abu Nasr Forobiy
B) Abu Ali ibn Sino
S) Abu Rayhon Beruniy
D) Jaloliddin Davoniy
2. “Oʻqituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgoʻy va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam boʻlmogʻi lozim”, — degan fikr qaysi qomusiy allomaga tegishli?
A) Abu Nasr Forobiy
B) Abu Ali ibn Sino
S) Abu Rayhon Beruniy
D) Jaloliddin Davoniy
3. Qaysi qomusiy olim oʻqituvchi tanbehi bolaning izzat-nafsiga tegmasligi kerakligini taʼkidlagan?
A) Abu Nasr Forobiy
B) Abu Ali ibn Sino
S) Abu Rayhon Beruniy
D) Jaloliddin Davoniy
4. Qaysi qomusiy alloma tarbiyachi rostgoʻy, dono, odil, ozoda kiyinadigan, xushmuomala boʻlishi zarurligini uqtirgan?
A) Abu Nasr Forobiy
B) Abu Ali ibn Sino
S) Abu Rayhon Beruniy
D) Jaloliddin Davoniy
5. Qaysi olim farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanishi kerakligini aytgan?
A) Husayn Voiz Koshifiy
B) Yusuf Xos Hojib
S) Abu Rayhon Beruniy
D) Jaloliddin Davoniy
6. Husayn Voiz Koshifiy fikricha aqliy qobiliyatni qanday oʻstirish mumkin?
A) Matnlarni yodlash orqali
B) Bolalikdan turli aqliy oʻyinlarni oʻynash bilan
S) Ta’lim-tarbiya orqali qayta tarbiyalash bilan
D) Oilada beriladigan toʻgʻri tarbiya orqali
7. Qaysi alloma oʻqituvchilarga bolalarni tarbiyalashda nasihat, tanbeh berish, amru farmon, majburiyat qoʻyish kabi usullarni qoʻllashni ilgari surgan?
A) Husayn Voiz Koshifiy
B) Yusuf Xos Hojib
S) Abu Rayhon Beruniy
D) Jaloliddin Davoniy
8. Jamoatchilik joylarida bolaga pand berish yaramasligini aytgan alloma kim?
A) Husayn Voiz Koshifiy
B) Yusuf Xos Hojib
S) Abu Rayhon Beruniy
D) Jaloliddin Davoniy
9. “Oʻqituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qoʻpol va qattiq boʻlishi mumkin emas”, — degan fikr qaysi qomusiy allomaga tegishli?
A) Husayn Voiz Koshifiy
B) Yusuf Xos Hojib
S) Nasriddin Tusiy
D) Jaloliddin Davoniy
10. Kimning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi?
A) Ahmad Donish
B) Alisher Navoiy
S) Abdurahmon Jomiy
D) Mahmudxoʻja Behbudiy
11. Ijodiy izlanish, oʻqish va oʻqitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish oʻqituvchining eng muhim sifatlaridan biri ekanligini aytgan alloma kim?
A) Ahmad Donish
B) Alisher Navoiy
S) Abdulla Avloniy
D) Mahmudxoʻja Behbudiy
12. Oʻqituvchi timsolida odamlar, binobarin yoshlar oʻrtasida ilm-ziyo sochuvchi ma’rifatparvarni koʻrishni orzu qilishini qaysi alloma taʼkidlagan?
A) Ahmad Donish
B) Alisher Navoiy
S) Abdulla Avloniy
D) Mahmudxoʻja Behbudiy
13. Munosabatni ishontirish, muomalada boʻlish uslublarini qaysi olim fikrlarida uchratishimiz mumkin?
A) Sveto
B) Mark Fobiy Kvintilian
S) Suqrot
D) Jaloliddin Davoniy
14. Oʻqitishning muvaffaqiyati asosan nimalarda koʻrinadi?
A) ta’lim berayotgan fanga oʻquvchilarni qiziqtirishda
B) yangi bilimlarni aqliy tafakkur qobiliyatiga qarab berishda
S) xotirani sinash orqali interaktiv metodlardan foydalanishda
D) asosli koʻnikmalarni bola ongida hosil qilishda
15. Konfutsiy oʻzining pedagogik faoliyatida nimaga alohida e’tibor bergan?
A) Tarbiyaga
B) Oila muhitiga
S) Tajribaga
D) Yosh toifasiga
16. Hech bir ustav yoki dastur hamda sun’iy organizm puxta ishlab chiqilganiga qaramay, inson shaxsining oʻrnini bosa olmaydi, degan fikrni kim ilgari surgan?
A) L.I.Gersen
B) L.N.Tolstoy
S) I.G.Chernishevskiy
D) K.D.Ushinskiy
17. Yuqori malaka beruvchi maktab oʻqituvchisi, avvalo, boshlangʻich maktabda oʻqituvchilik qilishi kerak, degan fikrlar kimga tegishli?
A) Konfutsiy
B) Mark Farbiy Kvintilian
S) I.G.Chernishevskiy
D) K.D.Ushinskiy
18. Demokratik pedagogikaning asoschisi kim?
A) Konfutsiy
B) Mark Farbiy Kvintilian
S) Yan Komenskiy
D) K.D.Ushinskiy
19. Oʻqituvchi va uning professional sifatlari toʻgʻrisidagi muammolar kimlarning asarlarida oʻz ifodasini topgan?
A) Jaloliddin Devoniy, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy
B) Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalossi, L.Disterverg
S) L.I.Gersen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy
D) M.Klark, Xokridon, D.Fini, S.G.Shopovanenko
20. “Pedagogik texnologiya”ning ilmiy maktabi kim tomonidan yaratildi?
A) M.Klark
B) T.Samakato
S) Yan Komenskiy
D) B.P.Bespalko
21. Pedagogik mahorat egasi – oz mehnat sarf qilib, katta natijalarga erishadi.
22. Pedagogik faoliyat – Pedagog o'quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muaimolarni echadi, o'quv jarayonini mustaqil boshqaradi.
23. Pedagogik texnologiya – o'qituvchi tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni.
24. Ta’lim berish texnologiyasi – ta'lim berishning umumiy nazariyasi balan uning amaliy tadbiqi orasidagi bog’lovchi bo'g’indir.
25. Tarbiya – ijtimoiy hodisa bo’lib, u kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan beri mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |