Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali zooinjeneriya, veterinariya



Download 474,75 Kb.
bet47/52
Sana15.04.2022
Hajmi474,75 Kb.
#555198
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
lABORATORIYA

26-MASHG‘ULOT MAVZUSI: TUXUM BERADIGAN TOVUQLAR VA GO’SH YO’NALISHIDAGI JO’JALANI OZIQLANTIRISH OZUQA RETSEPTINI TUZISH.
Mashg‘ulot maqsadi: tuxum yo‘nalishdagi tovuqlar uchun oziqa ma’yorini belgilash va to‘laqiymatli omuxta em retseptini tuzish, oziqlantirish texnikasini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatma. Parrandachilikda asosan uch tipdagi oziqlantirish qo‘llaniladi – quruq, nam va aralash. Sanoat asosida rivojlanayotgan parrandachilik fabrikalar va xo‘jaliklarda faqat quruq tipdagi oziqlantirish qo‘llalaniladi. Bunda tovuqlar mineral va vitaminlar bilan boyitilgan to‘liqratsionli granula shakldagi omuxta emlar bilan oziqlantiriladi.
Nam va aralash usullardan kichik, shaxsiy va yordamchi xo‘jalikllarda foydalanib, unda asosan boshoqli va dukkakli donlardan tayyorlangan konsentrat aralashmalar suv, sut zardobi, yog‘sizlantirilgan sut, go‘sht buloni, shirali ozuqalar (maydalangan ildizmevalilar, omuxta silos 1 kunda bir boshga 40-60 g), ko‘k o‘t, o‘t uni, o‘stirilgan don, oqsilli-vitamili pasta va oshxona qoldiqlari bilan qorib beriladi. Ushbu usulda ozuqa namligi 40% dan oshmaydigan, engil sochiladigan aralashmalar tayyorlanadi. Ushbu usulning asosiy kamchiligi shundan iboratki, me’yordan ziyod nam ozuqa parrandalarning tumshig‘iga yopishadi va patlarni ifloslantiradi, bundan tashqari oxurdagi qoldiq ozuqalar tez aynib qolishi havfi bo‘lganligi uchun ularni tozalab turish uchun ko‘p mehnat sarflanadi.
Parrandachilikda qo‘laniladigan ozuqalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: uglevodli (quruq), oqsilli, vitaminli, mineralli va omuxta emlar.
Uglevodli ozuqalarga barcha boshoqli donlar, kepaklar, un changi va boshqa ozuqalar kiradi. Boshoqli donlardan eng yaxshi bu – makkajo‘xori, bug‘doy, qobiqsizlantirilgan suli va arpa hamda tariq hisoblanadi. Ushbu ozuqalar yorma shaklda tayyorlanib aralashma tayyorlanadi.
Oqsilli ozuqalar sifatida go‘sht, go‘sht-suyak, qon va baliq unlari, ipak qurti, inkubatsiya chiqindilari, ozuqaviy va novvoy xamirturishlaridan foydalaniladi. Proteinning biologik qiymatiga quritilgan sut mahsulotlari qoldiqlari va tuxumning inkubatsion xususiyatlariga ijobiy ta’sir etadi. Bundan tashqari dukkakli donlar – soya, no‘xat, chechevitsa, akoloidsiz lyupin donlari, kungaboqar, zig‘ir va boshqa shrot va boshqa yog‘ ekstraksiya sanoati qoldiqlari protein manbai hisoblanadi. Ammo, ular tarkibidagi ingibitorlar faoliyatini susaytirish uchun, ularga termik, ekstruziya, kavitatsiya yoki boshqa usullar bilan ishlov berish maqsadga muvofiq.
Parrandalar uchun ozuqaviy achitqi, pivo achitqisi hamda gaprin, eprin va meprin o‘rinalmashmaydigan va B guruh vitaminlar manbasi hisoblanadi. Parrandalar uchun tayyorlanadigan premikslar A, D2, D3, E, K, B1, B2, B3, B4, B5, B6, Bc, B12 vitaminlar preparatlari bilan boyitiladi. A va D vitamini manbai sifatida baliq unidan foydlaniladi.
Mineral manba sifatida ohak, bo‘r, tuxum postlog‘i, suyak uni, chag‘anoq, pretsipitat, trikalsiyfosfat, fosforin, daraxt kuli, osh tuzi va boshqalardan foydalaniladi. Muskulli oshqozonda ishqalanish jarayoni yaxshi kechishi uchun emning 1% miqdorida yuvilgan qizil qum, graviy toshi, yanchilgan shisha va boshqa minerallardan foydalaniladi.
Ratsionda energiyaning me’yorga nisbatan ortib borishi ham tovuqlarni semirib ketishiga sabab bo‘ladi, ayniqsa yosh tovuqlar organizmida, natijada tuxumdorlik pasayadi. Buning uchun fazali oziqlantirish joriy etilgan (39-jadval), bunda tovuqlarning yoshi va tuxumdorlik darajasiga qarab ratsionda xop protein miqdori belgilanadi.
39-jadval
Tuxum yo‘nalishdagi tovuqlarni fazali oziqlantirish

Faza

YOshi, hafta

Tuxum-dorlik,%

Ratsion tarkibida xom protein,%

1

20-40

80-85

17

2

20-40 va unda katta

70-75

15

3

Katta yoshdagi tovuqlar

65

13

SHuni ta’kidlash joizki, parrandalarning hazm qilish organlarning anatomik tuzilishini inobatga olgan holda ularning iste’mol qilinadigan ozuqa miqdori quyidagicha belgilangan: katta yoshdagi tuxum yo‘nalishdagi zotli tovuqlar uchun kataklarda saqlanganda (tuxumdorligi 70% va undan ko‘p) – 115 g, polda saqlanganda – 120 g, go‘sht yo‘nalishdagi tovuq zotlari uchun kataklarda saqlanganda – 145-150 g, polda saqlanganda – 150-155 g to‘liqratsionli omuxta em iste’mol qiladi. SHuning uchun parrandachilikda ozuqa me’yorlari 100 g to‘liqratsionli quruq omuxta em tarkibidagi energiya va to‘yimli moddalar miqdori bilan belgilanadi. Bunda, em tarkibda almashinuv energiya, xom protein, kalsiy, fosfor, natriy va o‘rinalmashmaydigan aminokislotalar konsentratsiyasi aniqlanadi.


Tovuqlarning mahsuldorligiga ratsion tarkibidagi proteinning biologik qiymati katta ta’sir etadi, shuning uchun bu ko‘rsatkich doimiy ravishda nazorat qilinadi. Ratsion tarkibini o‘rinalmashmaydigan amiokslotalar bilan boyitish maqsadida em tarkibiga go‘sht, go‘sht-suya unlari, ozuqaviy achitqi, baliq uni, gidrolizlangan pat va boshqa hayvonot olamidan olingan ozuqalardan foydalaniladi. Kritik aminokslotalar manbai sifatida soya shroti va ozuqaviy metiondan foydalanish mumkin.
Ratsion tarkibidagi xom kletchatka miqdoriining me’yorga nisbatan oshib ketishi tovuqlarning tuxumdorligiga keskin ta’sir etadi, shuning uchun bu ko‘rsatkich doimo nazorat qilinib me’yorga nisbatan oshib ketmasligini ta’minlash zarur.
Tovuqlarning mahsuldorligi organizmda mineral almashinuvining jadal ketishi bilan xarakterlanadi. Tuxum tarkibida o‘rtacha 2 g kalsiy saqlanadi. Kalsiy defitsiti tuxumdorlik, tuxum sifati va tovuqlarning umumiy sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ratsion tarkibiga kiritilgan donli ozuqalar fosforga boy, ammo ularning faqat 50% o‘zlashtiriladi, shuning uchun ratsionlar fosfor bilan yoki fitaza fermenti bilan boyitiladi. Natriyga bo‘lgan talabni asosan baliq uni hisobiga qondirish mumikin. Agar ushbu ozuqadan foydlanilmasa bir kunda bir boshga 0,5 g miqdor talab etiladi, lekin ratsion tarkibida natriy 1% dan ziyod bo‘lsa va suv ta’minoti etarli bo‘lmasa zahalanish ro‘y beradi.

Download 474,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish