Iydirish – elinni massaj qildirish usuli bo‘lib, sut ishlab chiqaruvchi bezlarni yaxshi rivojlantiradi. Teng vaqtlar orasida tez-tez sog‘ib turish sut maxsuldorligini oshirishga erdam beradi.
Biyalarning sut maxsuldorligi ularning yoshiga ham bog‘lik. YOsh biyalar, kattalariga nisbatan kam sut beradi. Fiziologik etilmagan biyalar urug‘lantirilsa, o‘lar laktatsiyasining birinchi davrida kam sut beradi va ikkinchi yili qisir qoladi. Tajribalardan ma’lumki, biyalarning sut maxsuldorligi 16 yoshdan so‘ng juda kamayib ketadi.
Biya sut maxsuldorligini hisoblashning V.P.Dobrinin metodi (1937-39 yillari). U biyalarning sut maxsuldorligini hisoblashda qo‘lunlarni tortish metodini tavsiya qildi. Bunda har ikki soatda qo‘lunlarni emizishdan oldin va emizishdan keyin tortib, qo‘shilgan og‘irlikni esa ichilgan sut deb qabul qilgan. Aniqlanishi bo‘yicha tug‘ilgandan so‘ng ikki oylik bo‘lguncha 1 kg semirishi uchun qo‘lo‘nga 10 l ona suti saof bo‘ladi, deb xulosa qilgan.
Biyalarning sut maxsuldorligini hisoblashning eng to‘g‘ri usuli ularni har 2-3 soat nazorat sog‘imlar asosida sog‘ish yo‘li Bilan aniqlanadi. Qontrol sog‘im o‘tkazishda birinchi kuni elinning bir pallasi sog‘ilab, ikkinchi pallasi qo‘lo‘nga emiziladi. Ikkinchi kuni ikkinchi pallasi sog‘ilib, birinchi pallasi emiziladi. So‘ngra ikala palladan sog‘ib olingan sut miqdori jamlanib, biyaning sutkalik sut maxsuldorligi aniqlanadi.
Ikkinchi qontrol sog‘im quyidagicha o‘tkaziladi, qo‘lun biyadan ajratilib bog‘lanadi yoki maxsus panjara tusiq ichiga kamab qo‘yiladi.
Naslli biyalar syorsutligini baholash shkalasi (ballarda)
Kata yoshdagi biyalar, l
|
5 yoshgacha bo‘lgan biyalar
|
4 yoshgacha bo‘lgan biyalar
|
Ball
|
2500 va yuqori
|
2300 va yuqori
|
2100 va yuqori
|
10
|
2300-2499
|
2000-2229
|
1800-2099
|
9
|
2100-2299
|
1800-1999
|
1500-1799
|
8
|
1900-2099
|
1600-1799
|
1400-1499
|
7
|
1600-1899
|
1400-1599
|
1200-1399
|
6
|
1400-1599
|
1200-1399
|
1100-1199
|
5
|
1200-1399
|
1100-1199
|
1000-1099
|
4
|
Qo‘lunning ajratilgan vaqti yozib qo‘yiladi va har 2-3 soatda (12 sot davomida 6 yoki 4 marta) sog‘ib turiladi. Sog‘ib olingan sutning jami miqdorini hisoblab uni 2 yoki 3 ga ko‘paytirilsa, biyaning sutkalik suti aniqlanadi. Biyalardan sutkasiga sog‘ib olingan sut miqdorini aniqlash uchun I.A.Sayginning quyidagi formo‘lasidan foydalanish mumkin; unda qo‘lunning kechasi emishi ham nazarda tutiladi
Ufx24
Us=---------
V
Sx x 24
Ss=---------------
V
Bunda, Us – biyaning sutkalik suti (Ss) litr
Uf – haqiqiy sog‘ib olingan suti (Sx) litr
V – jami sutni sog‘ib olish uchun ketgan vaqt (V)
Do'stlaringiz bilan baham: |