21-MASHG‘ULOT MAVZUSI: NASLLI ERKAK CHO‘CHQALARNI OZIQLANTIRISH RATSION TUZISH.
Mashg‘ulot maqsadi: naslli erkak cho‘chqalarga oziqa ma’yorini belgilash, ratsion tuzish va oziqlantirish texnikasini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Naslli erkak cho‘chqalarning to‘yimli modalarga bo‘lgan talabi ularni qochirishda tirik vazniga va jadal ravishda foydlanilishiga qarab ishlab chiqilgan. CHo‘qalar uchun asosan detallashtirilgan ratsionlar tuzilib ular 21-27 ko‘rsatkichlar bo‘yicha tenglashtiriladi. Ularni oziqlantirishda me’yorlarga qat’iy rioya qilgan holda, oriqlab yoki semirib ketmasligi va semizlik darajasi doimo zavod konditsiyasida bo‘lishini ta’minlash zarur. SHuning uchun qochirishda foydalanilmagan davrlarda faqat katta yoshdagi tirik vazni 200-250 kg bo‘lgan cho‘chqalarning oziqa me’yorlari 10%, 250-350 kg bo‘lgan cho‘chqalarning oziqa me’yorlarini esa 20% kamaytirish zarur. YOsh o‘sayotgan cho‘chqalarning me’yolarini kamaytirish maqsadga muvofiq emas.
Naslli erkak cho‘chqalarning energiya va proteinga bo‘lgan talablari quyidagi 31-jadvallarda keltirilgan.
-jadval
Naslli erkak cho‘chqalarning 100 kg tirik vazni hisobiga talab etiladigan ko‘rsatikchlar
Ko‘rsat-kichlar
|
YOsh o‘sayotgan cho‘chqalar
|
Katta yoshdagi cho‘chqalar
|
Quruq modda, kg
|
Oziqa birligi
|
Almashinuv energiya, MDj
|
Quruq modda, kg
|
Oziqa birligi
|
Almashinuv energiya, MDj
|
100 kg tirik vaznga
|
1,7
|
2
|
22,2
|
1,0-1,3
|
1,5
|
16,6
|
Naslli erkak cho‘chqalarga tuzilgan to‘la qiymatli 1 kg omuxta emning to‘yimliligi 1,1 oziqa birligi yoki 12,2 MDj almashinuv energiyaga ega bo‘lishi kerak. YOki 1 kg emning quruq modda tarkibida 1,28 oziqa birligi va 14,2 Mdj almashinuv energiya bo‘lishi kerak.
32 -jadval
Naslli erkak cho‘chqalar ratsionida proteinga bo‘lgan talab
Ko‘rsatkichlar
|
Xom protein
|
Hazmlanuvchi protein
|
1 ozuqa tarkibida, g
|
150
|
120
|
Omixta emning 1 kg quruq modda tarkibida, %
|
20
|
15,5
|
1 kg to‘laratsionli omixta em tarkibida, %
|
17
|
13,3
|
CHo‘chqalar ratsionida proteinning biologik qiymatliligi katta ahamiyatga ega, shuning uchun naslli erkak cho‘chqalar ratsionining quruq moddasi tarkibida 0,95% lizin va 0,63% metionin+sistin bo‘lishi kerak, yoki protein tarkibiga nisbatan 4,8% va 3,2% mos ravishda.
Quruq modda tarkibida kalsiy – 0,93%, fosfor - 0,76% ni tashkil etish kerak, lekin xom kletchatka 7% dan oshmasligi kerak. Ratsionda mineral moddalar va vitaminlar ham me’yorga nisbatan kam bo‘lmasligi nazorat qilinishi shart.
Ratsionning asosiy qismini konsentrat ozuqalar - arpa, makkajo‘xori, suli, bug‘doy donlari, xashaki no‘xat va boshqa dukkaklilar, shrotlar (kungaboqar, soya, zig‘ir), omuxta emlar tashkil etadi. Ularning miqdori bir kunda 3-4 kg ni tashkil etib aralashma sifatida beriladi.
Ratsionni vitaminlar to‘yimliligini ta’minlash uchun qishda 2-3 kg shirali ozuqalar (lavlagi, sabzi, omixta silos, pishirilgan kartoshka va boshq.) yozda esa ularning o‘rnini ko‘k o‘tlar bosadi. Bundan tashqari qishda ratsionning vitaminligini ta’milash uchun 0,3-0,5 kg dukkakli o‘tlar uni yaxshi manba hisoblanadi.
Kritik aminokislotalar bilan ta’minlash maqsadida ratsionlar hayvonot olamidan olingan oziqalar bilan boyitiladi. Buning uchun bir boshga qon uni, go‘sht-suyak yoki baliq unidan 20-40 g atrofida, 2-3 l sut zardobi beriladi.
Mineral moddalar bilan ratsionlarni boyitish uchun osh tuzi, suyak uni, ozuqaviy bo‘r va fosfatitlar, mikroelimentlar tuzi hamda premikslar beriladi.
Naslli erkak cho‘chqalar uchun oziqlantirish tiplari bo‘yicha quyidagi ratsion strukturalari qo‘llaniladi (33-jadval).
-jadval
Naslli erkar cho‘chqalar uchun oziqlantirish tiplari bo‘yicha tavsiya etilgan ratsion strukturalari
Qishda
|
YOzda
|
Konsentratlar
|
Ildizmevaliliar, omuxta silos
|
O‘t uni
|
Konsentratlar
|
Ko‘k ozuqalar
|
O‘simlik dunyosidan olingan
|
Hayvonot va mikrobiologik olamidan olingan
|
O‘simlik dunyosidan olingan
|
Hayvonot va mikrobiologik olamidan olingan
|
Konsentratli-kartoshkali oziqlantirish tipi
|
70-80
|
5-10
|
10-15
|
5
|
80-85
|
5-10
|
10-15
|
Konsentratli-ildizmevali oziqlantirish tipi
|
75-80
|
5-10
|
10-15
|
5
|
80-85
|
5-10
|
10-15
|
Konsentratli oziqlantirish tipi
|
80-85
|
5-10
|
5-10
|
5
|
85-90
|
5-10
|
5-10
|
Do'stlaringiz bilan baham: |