Bo‘g‘oz qo‘ylarnin oziqlantirish. Bo‘g‘oz qo‘ylarning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabi, ularning tirik vazni, semizlik darajasi, zoti va bo‘g‘ozlik davriga qarab belgilanadi. Bug‘ozlikning birinchi 12-13 haftasi – I-darv va bo‘g‘ozlikning oxirgi 7-8 haftasi - II-darv hisoblanadi.
Qo‘ylarning o‘rtacha bo‘g‘ozik davri 152 kunni tashkil etadi. YUqorida ta’kidlangandek, qo‘ylarni to‘la qiymatli oziqlantirish va ularning semizligini oshirish orqali ularning mahsuldorligini oshirish, xomilaning yaxshi rivojlanishi, sog‘om qo‘zilarning tug‘ilishi va qo‘ylarning sutdorligining oshirilishi ta’minlanadi.
Ushbu davrda oziqlantirish omili qo‘ylarning jun mahsuldorligiga katta ta’sir ko‘rsatib, junning sifati va undagi nuqsonlar paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Jun tarkibidagi asosiy oqsil keratin bo‘lib, u oltingugurtni saqlaydigan aminokislotar – sistin, sistein va metioninlardan tashkil topgan, ularning etishmovchiligi natijasida jun mahsuldorligini pasayishi bilan bir qatorda, organik moddalarning hazmlanish darajasi pasayib ketadi. Katta yoshdagi qo‘ylarning oltingugurtga bo‘lgan talabi quruq modda tarkibiga nisbatan 1% ni tashkil etadi. SHu sababli yuvilgan jun qirqimi 2,5-3,0 kg tashkil etadigan yuqori mahsuldor elita qo‘ylarning oziqa me’yorlari 10-12% ga oshiriladi.
Semizligi o‘rtachadan past bo‘lgan qo‘ylarning 1 kg semirishi uchun qo‘shimcha 5 oziqa birligi va 500 g hazmlashuvchi protein rejalashtiriladi. Birinchi tug‘imdagi qo‘larning oziqa me’yorlari 20-25% ga oshirish maqsadga muvofiq.
Ratsionlarning umumiy to‘yimliligi bo‘g‘oz qo‘ylar uchun 100 kg tirik vazniga 20-32 MDj almashinuv energiyasi to‘g‘ri kelishi kerak, bunda 1 energetik oziqa birligiga o‘rtacha 90-100 g hazmlanuvchi protein, 6-7 g kalsiy, 4-5 g fosfor, 3-4 g oltingugurt va 12-14 g karotin to‘g‘rikelish kerak. Qo‘ylarning quruq moddaga bo‘lgan talabi 100 kg tirik vazn hisobiga o‘rtacha 3,23,8 kg ni tashkil etadi.
Bug‘ozlikning birinchi davrida homila massasi tirik vazniga nisbatan o‘rtacha 10% ni tashkil qiladi, shuning uchun qisr va bug‘ozlikning birinchi davrida qo‘ylar bir hil oziqa me’yorlari bilan oziqlantiriladi. Bu davrda ratsion strukturasi taxminan quyidagicha bo‘lishi tavsiya etiladi: qish mavsumida – dag‘al ozuqalar – 40-45%; shirali ozuqalar – 40-45; konsentrat ozuqalar – 10-20%. YOzgi davrda shirali va dag‘al ozuqalarni o‘rnini ko‘k o‘tlar bosadi.
Bug‘ozlikning ikkinchi davrida xomilaning jadal rivojlanishi natijasida modda almashinuvi jarayoni 15-20% ga oshadi, energiya va proteinga bo‘lgan talab 2 barobar ko‘payadi, bundan tashqari xomilaning suyak to‘qimalarining shakllanishi uchun protein va mineral moddalarning 80% o‘zlashtiriladi.
Ushbu davrda protein, vitamin va mineral to‘yimliligi bo‘yicha tenglashtirilgan ratsion bilan oziqlantirish qo‘larning jun mahsuldorligi va tug‘iladigan qo‘zilarning o‘sish va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun quyidagi ratsion strukturasi tavsiya etiladi, qishda konsentrat ozuqalar ratsionning umumiy to‘yimliliga nisbatan 30-35%, qolgan qismi dag‘al ozuqalar. SHirali ozuqalar (senaj, silos) etishtiriga imkoniyati mavjud bo‘lgan xo‘jaliklarda ratsion tarkibiga 30-35% shirali oziqalardan foydalanish natijasida qo‘ylarning xo‘jalik foydali ko‘rsatkichlarini va ishlab chiqarining iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam ko‘rsatadi. Quruq modda tarkibida xom kletchatka 22-24% bo‘lishi kerak.
YOzgi davrda ratsionning asosiy qismini yaylov o‘tlar tashkil etadi, ularning to‘yimliligi vegetatsiya davrlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun, ratsionning energetik to‘yimliligi konsentrat ozuqalar bilan teglashtiriladi.
Emizikli qo‘ylarni oziqlantirish. Emizikli qo‘ylarning to‘yimli moddalaga bo‘lgan laktatsiya davri (birinchi 6-8 hafta – birinchi davr va ikkinchi davr), emizadigan qo‘zilar soni quylar zoti, ularning sutdorligi va semizlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ratsionlarning umumiy to‘yimliligi emizikli qo‘ylar uchun 100 kg tirik vazniga laktatsiyaning birinchi davrida 38 MDj va ikinchi davrida 29 MDj almashinuv energiyasi to‘g‘ri kelishi kerak, bunda 1 energetik oziqa birligiga o‘rtacha 90-100 g hazmlanuvchi protein, 6-7 g kalsiy, 3,5-4,0 g fosfor, 3,5 g oltingugurt va 10-13 g karotin to‘g‘rikelish kerak. Qo‘ylarning quruq moddaga bo‘lgan talabi 100 kg tirik vazn hisobiga o‘rtacha 3,23,8 kg ni tashkil etadi.
Laktatsiyaning birinchi yarimida ratsionning asosiy qismini asosan yaylov ozuqalar tashkil etadi. YAylov ozuqalarga qo‘shimcha qilib bir boshga bir kunda qo‘shimcha 0,3-0,4 kg konsentrat ozuqalar va 15-21 g osh tuzi berilishi kerak.
Laktatsiyaning ikkinchi davrida yaylov ozuqalar pishib ularning to‘yimliligi oshib boradi. Bu davrda ham yaylov ozuqalar asosiy manba hisoblanib emizikli qo‘ylar bir kunda o‘rtacha 8-9 kg yoki 2,5 kg quruq modda hisobiga ko‘k o‘tlarni iste’mol qilish kerak. Hisildorligi past bo‘lgan yaylovlarda qo‘shimcha 0,1-0,2 kg konsentrat ozular va 12-16 g osh tuzi qo‘ldan beriladi.
Ayrim xo‘jaliklarda qo‘ylarning qo‘zilatish tadbirlari qish oylarida (dekabr-yanvar) ham o‘tkaziladi. YAylovda boqishning imkoniyati yo‘q sharoitda daslabki 2-3 kunda ratsionning asosiy qismini yaxshi sifatli boshoqli-dukkakli va tibiy o‘tlar pichani tashkil etadi, so‘ngra ratsion konsentratlar bilan boyitiladi. Xo‘jalik sharoitida shirali (silos, senaj) ozuqalardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan sharoitda yaxshi samara bo‘ladi. Bunda ratsinning umumiy to‘yimliligiga nisbatan 25-30% dag‘al ozuqalar, 25-30% shirali ozuqalar va 35-40% ni konsentrat ozuqalar tashkil etish kerak. Quruk modda tarkibidagi xom kletchatka 24-27% atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi.
Bunda jun va jun-go‘sht yo‘nalishdagi, tirik vazni 50 kg bo‘lgan emizikli qo‘yning kunlik ratsioni 1-1,5 boshoqli-dukkakli o‘tlar pichani, 0,3-0,5 kg samon, 2,0-3,0 kg silos yoki senaj, 0,6 kg arpa yormasi, 17 g osh tuzi va mineralli qo‘shimchalardan tashkil etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |