Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali zooinjeneriya, veterinariya



Download 474,75 Kb.
bet49/52
Sana15.04.2022
Hajmi474,75 Kb.
#555198
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
lABORATORIYA

41–jadval
Broyler jo‘jalari uchun to‘liqratsionli omuxta em retseptlari, %

Ko‘rsatkichlar

Omuxta em turlari

Boshlang‘ich

O‘sish

YAkuniy

Makkajo‘xori

36,04

33,91

39,26

Bug‘doy

18,00

18,00

16,00

Soya shroti

29,00

25,00

20,00

Baliq uni

5,00

5,0

2,0

Go‘sht suyak uni

4,00

3,5

4,0

Kungaboqar yog‘i

3,00

5,0

5,0

Ohak

0,60

0,57

0,60

Osh tuzi

0,20

0,20

0,20

Ozuqaviy soda

0,10

0,10

0,10

L-Lizin

0,13

0,12

0,15

DL-Metionin

0,30

0,25

0,22

Paxta shroti

3,00

8,0

12,0

Monokalsiy fosfat

0,30

-

0,15

Xolin xlorid

0,08

0,10

0,12

Premiks

0,25

0,25

0,20

Jo‘jalarni oziqlantirishda nam va aralash tipi asosan kichik, shaxsiy va yordamchi xo‘jalikllarda foydalaniladi. Daslabki kunlarda jo‘jalar uchun makkajo‘xori, bug‘doy, qobiqsizlantirilgan suli va arpa va boshqa donli ozuqalar krupa shakligacha maydalaniladi. Bunday tayyorlangan quruq aralashma sut zardobi, yog‘sizlantirilgan sut, tvorog, kefir va boshqa hayvonot mahsulotlari bilan aralashtiriladi. Dastlabki kunlarda proteinning biologik qiymatini oshirish maqsadida em tarkibiga qaynatilgan tuxumni (po‘stloqsiz) maydalab berish yaxshi to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Bir kunda jo‘jalar bir necha marotoba oziqlantiriladi, bunda namlangan aralashma sochiladigan holatda bo‘lib, namlangan ozuqani kuniga 2-3 marotoba berish maqsadga muvofiq, chunki nam ozuqa teza achib hazmlanish jarayoniniga salbiy ta’sir etadi. YOzgi davrda jo‘jalarning 3 kunligidan boshlab 0,3 sm kattaligikacha maydalangan ko‘k o‘tlar (beda, sebarga) bir boshga 5 g atrofida, so‘ngra bu miqdor asta-sekin 10 g gacha etkaziladi. Kuz va qish mavsumlarda 5 kunligidan boshlab bir boshga 2-3 g dan boshlab, so‘ngra 5 g gacha o‘stirilgan donlar va o‘t uni bilan oziqlantirish mumkin. Jo‘jalarning bir haftalik yoshidan ratsionga bir bosh jo‘jaga 3-5 g maydalab ezilgan ildizmevalilarni kiritish mumkin. Bunday ratsionlar bo‘r, chig‘anoq, suyak uni va minerallar bilan boyitilib bir boshga 1-2 g hisobida beriladi. Jo‘jalarning 10 kunligidan boshlab bir boshga haftada bir marotoba 4-5 g graviy (maxsus) toshi emga aralashtirib kiritiladi.


Quyidagi jadvalda xonodonlarda boqiladigan jo‘jalar uchun tavsiya etiladigan em retsepti keltirilgan.


42-jadval
SHaxsiy va yordamchi xo‘jalikllarda boqishga mo‘ljallangan broyler jo‘jalari uchun em retsepti, %

Ko‘rsatkichlar

YOshi, hafta

1-2

2-4

4 va yuqori

Makkajo‘xori

50

48

45

Bug‘doy

16

13

13

Arpa (qobiqsiz)

8

-

8

SHrot yoki kunjara

14

19

17

Kefik (nordon emas)

12

-

-

Go‘sht-suyak uni yoki baliq uni

-

7

7

Quruq sut zardobi

-

3




Achitqi

-

5

5

Ko‘k o‘t

-

3

1

Ozuqaviy yog‘

-

1

3

Bo‘r

-

1

1


27-MAVZU: GO‘SHT YO'NALISHDAGI JO‘JALAR UCHUN TO‘LA QIYMATLI OMUXTA YEM RETSEPTINI TUZISH.
Darsning maqsadi: Broyler jo‘jalarni o‘stirish, broyler go‘shti ishlab chiqarishda ota - onalik shaklidagi tovuqlar galasini hisoblash, ish jarayonlari shakli bilan tanishish.
Broyler jo‘jalarni o‘stirish va bo‘rdoqilash alohida mahoratni talab etadi.Birinchi navbatda bir kecha kunduzli sog‘lom jo‘jalarni tanlab, olish zarur.Odatda, sog‘lom jo‘jalarni ko‘zlari chaqnab turadi, yaxshi parlanishga ega, har xil, shovqinlarga beriluvchan, sezgir, harakatchan belgalari bo‘yicha tanlab olinadi.
Kamida ikki kun oldin broyler jo‘jalari saqlanadigan xonani 3,5-5,0 % lii xloramin yoki 1,2-2,0%li xlor eritmasi bilan, adrosmanni tutatish bilan dezinfeksiya qilinadi. Jo‘jalar turar joyiga 2-3 sm qalinlikda so‘ndirilgan ohak to‘shalib, ustidan 6–8sm to‘shama, yog‘och qirindisi, somon, poxol, maydalangan makkajo‘xori poyasi, sholi qipig‘i kabi to‘shamalar solinadi.
Jo‘jalar turar joyini 0,5m balandlikda kartonli DVP bilan aylana holatga keltirilib, 1m kv pol yuzasi hisobiga avvalambor 18 bosh, o‘stirish va bo‘rdoqilash davomida 6-8 boshga kamaytiriladi. Bu usulda saqlashda jo‘jalarni burchakda g‘uj-g‘uj bo‘lib to‘planishi,issiqlik namlik,yorug‘lik kabi omillardan saqlagan bo‘lasiz. Moslashtirilgan suvdonlar va oxurlardan foydalanish kerak.
Jo‘jalarni birinchi o‘n kunligigacha suvni qaynatib, iliq holda berish, 3 kun davomida 6 l suvga 2 gr tetrotsiklin kukunini eritib berish kedak. Oziqlantirishdan oldin kamida 2 soat davomida yuqorida zikr etilgan suvdan berish lozim, so‘ngra oziqlantiriladi. Jo‘jalarni to‘q yoki och bo‘lishi ko‘p hollarda ota onalik galasidan olingan naslli tuxumlarni sifatiga va inkubatsiyalash jarayonlariga bog‘liq. Odatda tuxumdan chiqqan jo‘jalarni aksariyati birinchi bor oziqa axtara boshlaydi, bu demakki jo‘ja och tushganligadan dalolat beradi. Birinchi o‘n kunlikda jo‘jalarni oziqa hazm qilish a’zolari to‘liq shakllanmagan va a’zolarida har xil yog‘ moddalari bo‘lganligi sababli, ulardan xolos bo‘lish maqsadida avvalombor iliq suv beriladi. Jo‘jalar uchun tez hazmlanuvchi yarmalangan oqsilga boy oziqalardan berish kerak. Aks holda hazmlanishi qiyin bo‘lgan, klechatkasi ko‘p kepak, qipiqli suli, arpa kabi oziqalar berilmaydi. Bunday oziqalar muskulli oshqozonda qotib qolib, hazmlanmasdan jo‘jalarni nobud bo‘lishiga olib keladi.

Download 474,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish