7 – ma’ruza: Paxta tayyorlov korxonalari va tayyorlov maskanlarini loyihalashtirish
Reja:
1.Paxta tayyorlashni tashkillashtirish va uning sifatini nazorat qilish.
2.Paxtani tayyorlash punktlarining vazifasi va ularning asbob – uskunalar bilan
ta’minlanishi.
3.Paxtani tayyorlash, saqlash va qayta ishlashga jo’natish ishlarini hujjatlashtirish.
4.Paxta xom ashyosini saqlash jarayonida hisob-kitob ishlarini olib borish.
5.Paxta tayyorlash punktlari va paxta zavodlarida tashish-tushirish ishlarini
mexanizatsiyalashtirish.
1.Paxta tayyorlashni tashkillashtirish va uning sifatini nazorat qilish.
Paxta tayyorlash punktlari va paxta zavodlari terilgan hamma paxtani o’z vaqtida
to’xtovsiz qabul qilish va paxtani quritish-tozalash tsexlarining unumli ishlashini
ta’minlashi, qop-qanorlarni va terishga kerakli etaklarni xo’jaliklarga yetkazib berishi,
shuningdek, paxta zavodidan keltirilgan urulik chigitlarni vaqtincha saqlab, belgilangan
tartib bo’yicha o’z vaqtida xo’liklarga tarqatishi lozim.
Paxta qabul qilish mavsumi boshlanishidan oldin tayyorlash
punktlarini paxtani
to’xtovsiz qabul qili shva uni saqlash uchun tayyorlash kerak. Buning uchun hamma
omborlarning tomlari va maydonchalari tekshirib chiqiladi va pollari asfalьt qilinadi.
Tayyorlangan paxtani saqlash uchun kerakli kerakli maydonchalarning yuzasi hisoblab
chiqiladi, agar ularning yuzasi yetishmasa yangi omborlar yoki maydonchalar quriladi.
Ombor va maydonchalarga keladigan yo’llar hamda punkt hovlilari tozalanadi.
SHuningdek, tayyorlash punktlaridagi laboratoriyaning asbob-uskunalari tekshiriladi va
kerakli tuzatish ishlari bajariladi. Yetishmagan asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi.
O’t o’chirish asbob-uskunalarini ham tekshirish va ishga taxt qilib qo’yish lozim.
O’lchash asboblari bo’yicha vakil (metrolog mutaxassis) tosh-tarozilarni tekshirib,
o’zining belgisini (kleymosini) qo’yishi kerak. SHu bilan bir qatorda paxta qabul qilishda
va uni saqlashda kerak bo’ladigan mexanizatsiya vositalarini ham bir sidra ko’zdan
kechirilib, ta’mirlash kerak bo’ladi.
Paxta tayyorlash punktining tovarovedi xo’jalik vakili Bilan birgalikda tarozilarning
to’g’ri ishlashini etalon toshlari bilan tekshiradilar va shu to’g’rida akt tuziladi. SHundan
so’ng qabul qilingan paxtani laboratoriyada tekshirishga olingan namunalarni solish uchun
maxsus germetik-yaxshi yopiladigan idishlar tayyorlanadi.
Barcha tayyorlash punktlarida, shu jumladan zavodlar
qoshidagi punktlarda ham
paxta faqat kech soat 22.00 gacha qabul qilinadi. qabul qilinayotgan paxta sorti uning
o’rtacha namunasining tashqi ko’rinishini, chigitli paxta standarti etalonining dublikatiga
va paxta tashqi ko’rinishining O’zRST 615-94 da keltirilgan ta’rifiga solishtirib ko’rish
yo’li bilan aniqlanadi.
Paxtaning sanoat sortlari chigitli paxtaning tashqi ko’rinishi, tolasining pishiqligi,
namlik va ifloslik darajasi bilan bir-birlaridan farq qiladi. Sortlar bo’yicha chigitli
paxtaning tashqi ko’rinishi quyidagicha bo’lishi lozim:
I-sort-chigitli paxta pishib yetilgan, qo’l bilan ushlaganda zich, ko’pchib
turadigan
va elastik bo’ladi.
O’rta tolali paxta och novvot rangli va oq bo’lib, ingichka tolali paxta esa novvot
rangida bo’ladi. qo’lda terilgan paxtaning pallalari yirik bo’lib, hamma tarafidan tolalari
yaxshi yozilgan bo’ladi. bu paxtaning pallalari tashqi tomonidan maydaroq to’lqinsimon
tuzilishda bo’ladi. ingichka tolali paxtaning pallalari esa bir tomonlama mayda
to’lqinsimon tuzilishda bo’ladi.
Mashinada terilgan paxta yakka chigitlik, cho’zilgan va titilgan, tolasi bir oz
buralgan pallalardan iboratdir.
II-sort–chigitli
paxta yaxshi ochilgan, lekin juda ham pishib yetilmagan, qo’lda
ushlab ko’rganda elastikligi I-sortga qaraganda kamroq, oq yoki och novvot rangli bo’lib,
ba’zi hollarda namlik yoki sovuq ta’sirida hosil bo’lgan sariq dog’lari bo’lishi mumkin.
Ingichka tolali paxtaning rangi esa och novvot yoki to’q novvot rangda bo’lib, sovuq va
namgarchilik ta’sirida hosil bo’lgan sariq dog’lari bo’ladi.
Qo’lda terilgan II-sort paxtaning pallalari I-sortga qaraganda maydaroq va kamroq
hurpaygan. O’rta tolali paxta pallalari har tarafidan-ustki va ichki tomonidan yaxshi
ko’rinadigan to’lqinsimon tuzilishda bo’ladi. pallalarning tub tomonida pishmagan tolalar
uchraydi. Ular yaltiroq qatlamga o’xshab ko’rinadi.
Ingichka tolali paxta II-sortining pallalari har tarafdan birinchi sortga qaraganda
birmuncha mayda to’lqinsimon tuzilishda bo’ladi.
Mashinada terilgan paxtada (dalada tozalangan yoki tozalanmaganiga qaramasdan)
yakka
chigitli paxta pallalari, cho’zilgan va titilgan, tolalari buralgan bo’ladi. o’rta tolali
paxtadagi kabi bunda ham yaltiroq qatlam-pishmagan tolalar uchraydi.
III-sort-chigitli paxta asosan to’liq pishib yetilmagan bo’lib, pishmay qolgan
pallalari ham uchraydi. Ob-havo sharoitiga qarab paxtaning rangi xira oq yoki novvot
rangidan sariqroq bo’lib, to’q sariq dog’lari bo’ladi. ingichka tolali paxta esa novvot
rangidan sariqroq rangda bo’lib, sariq dog’lari bo’ladi. qo’lda ushlab ko’rganda
II-sort
paxtaga nisbatan zichligi va elastikligi kamroq. Mashinada terilgan paxta, asosan, yakka
chigitli va cho’zilgan pallalardan iborat bo’lib, bir oz buralgan va titilgan bo’ladi. qo’lda
terilgan paxta pallalari yomon titilgan va g’o’za po’chog’idagi holatini saqlagan bo’ladi.
Paxta pallalari mayda to’lqinsimon ko’rinishda bo’lib, har xil kattalikdagi yaltiroq
qatlamlarga ega. Yaltiroq qatlamlar paxta pallasining faqat tubidagina bo’lmasdan, ba’zi
paxta pallalarining hamma taraflarida ham uchraydi.
IV-sort–chigitli paxta sovuq ta’sirida o’sishdan to’xtagan g’o’zalarning ochilmagan
va yarim ochilgan ko’saklaridan terilgan bo’lib, ushlab ko’rganda hech qanday elastikligi
va zichligi bo’lmaydi.
Bu xildagi paxta titilmagan va chanoqdagi holatini yo’qotmagan bo’ladi. ob-havo
ta’siriga qarab bu paxtaning rangi xira oq yoki novvot rangidan to’q, sariq rangda bo’lib,
to’q jigar rang dog’lari bo’ladi. ko’rak holida terilgan va paxta chuvish (UPX-1,5)
mashinasida tozalangandan keyin olingan paxta cho’zilgan, buralib qolgan pallalardan,
yakka chigitli paxtadan va pishmay qolgan pallalardan iborat bo’ladi.
Bu sort chigitli paxta pallalarida juda ko’p o’lik tolalar
yaltiroq qatlam holida
uchraydi. Ochilmagan va yarim ochilgan ko’raklardan terilgan paxta dalada tozalash
mashinasidan o’tkazilgandan so’ng cho’zilgan, bir oz buralgan pallalardan iborat bo’lib,
yaltiroq qatlamga o’xshash o’lik tolalari ko’p miqdorda uchraydi.
Tolasi pishmagan, kalta tolali, chuvib topshirilgan, rangi xira paxtalar V-sortga
qabul qilinadi.
Paxtaga qo’shilib qolgan barglar, qurigan gullar, singan g’o’za po’choqlari, shoxlari,
qum, tuproq, kesak va toshlar, shuningdek, tolasi mustahkam bo’lmagan, qurib qolgan va
chiriganligi natijasida sinuvchan bo’lib qolgan paxta pallalari
miqdoriga paxtaning
iflosligi deyiladi. Bunday paxta pallalari ko’pincha IV-sort paxtalarda uchrashi mumkin.
Mashinada terilgan paxtaning iflosligi qo’lda terilgan paxtaning iflosligiga nisbatan
ko’proq bo’lib, unda asosan tozalanishi qiyin bo’lgan po’choq maydalari, barglar va
umuman yirik xas-cho’plar bo’ladi.
Paxta topshirayotgan xo’jalik vakili bilan tovaroved o’rtasida paxta sorti to’g’risida
kelishmovchilik bo’lsa, buni tayyorlash punktidagi laboratoriya paxta tolasining
pishiqligini va boshqa ko’rsatkichlarini tekshirib hal qiladi.
Tayyorlash punktiga topshiriladigan qo’lda terilgan urug’lik paxtaning namligi 9%
dan va mashinada terilgan urug’lik paxtaning namligi esa 10% dan oshmasligi lozim.
Paxta tayyorlash punktlarida qabul qilingan paxtani xillariga qarab turkumlanadi va
bu har bir turkum
Do'stlaringiz bilan baham: