Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

1.umumiy qizish; 
2.ayrim joylardagi qizish. 
Paxtaning umumiy qizishi g’aramlangan hamma paxtaning namlik darajasi oshiq 
bo’lsa vujudga keladi. Paxtaning ayrim joylardagi qizishiga, g’aramlangan paxtani 
saqlashda tomlarning ayrim joylaridan chakka o’tishi va, shuningdek, paxta g’arami ichida 
ikki-uch qopcha nam paxta aralashib qolganligi sabab bo’lishi mumkin. 
Ayrim joylarda boshlangan o’z-o’zidan qizish g’aramlangan paxtaning hamma 
joyiga tarqalib ketishiga ham olib keladi. 
Paxtaning havodagi va yerdagi namlikni o’ziga tez tortib olish hamda o’zidagi 
namlikni tezda berish xususiyati bor. Ayniqsa titilgan va g’ovak holdagi paxtada bu 
xususiyat juda kuchli bo’ladi. Pollari zax bo’lgan omborlarda va maydonchalarda 
saqlangan paxtalarning ostki qatlami namlikni o’ziga tortib olishi orqasida chirindi qatlami 
hosil bo’ladi. Devorlari nam bo’lgan omborlarda saqlangan paxtaning devoriga tegib 
turgan joyida ham chirindi qatlamlar paydo bo’ladi. Bu qatlamlarning qalinligi ba’zi 
hollarda 10 sm va undan oshiq bo’lishi mumkin. SHuning uchun yer osti suvlari yaqin 
bo’lgan joylardagi omborlar poliga va maydonchalarga nam o’tkazmaydigan materiallar 
to’shaladi. 
Saqlanayotgan paxtaning I va II-navlari har 10 kunda bir marta va qolgan navlar esa 
5 kunda bir marta paxta tayyorlash punktlari yoki paxta tozalash zavodi laboratoriyalari 
tomonidan tekshirib boriladi. Omborlarda yoki maydonchalarda g’aramlangan paxtaning 
harorati maxsus termoshchuplar bilan o’lchab turiladi. 
Agar paxtaning harorati oldingi galda o’lchangan haroratga qaraganda bir gradus 
ko’tarilgan ma’lum bo’lsa, u holda bu paxta g’aramining haroratini har kuni o’lchash 


kerak bo’ladi. Agar keyingi ikki-uch galgi o’lchashlar ham haroratning oshayotganligini 
tasdiqlasa, u holda saqlanayotgan paxta o’z-o’zidan qiziy boshlagan bo’ladi va bunda 
darhol paxtani saqlab qolish choralarini ko’rish yoki uni qayta ishlashga jo’natish zarur. 
Paxtaning o’z-o’zidan qizib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun paxta g’aramining yon 
tomonlaridan tonnellar va yopiq omborlardagi paxtaning ust tomonlaridan shamol 
o’tadigan qilib quduqlar kovlanadi. Tayyorlash punktlarida tonnelь kovlash uchun maxsus 
OBT yoki TT rusumli tonnelь qazuvchi mashinalar ishlatiladi. Bu mashinalar soatiga 15 
tonnagacha paxtani chiqarib, bitta g’aramni 5-6 soatda kovlash bo’lish imkoniyatiga ega.
Paxta g’aramining ayrim joylarida o’z-o’zidan qizish boshlangan bo’lsa, darhol 
g’aramning o’sha joyidan tonnellar qazilib, shu yerdagi nam paxtani olib tashlash kerak. 
Saqlanayotgan paxtaning o’z-o’zidan qizishining oldini olish va qiziy boshlasa, uni 
shamollatish choralarini ko’rish kerak. Buning uchun oldindan omborlar va maydonchalar 
poliga maxsus ariiqchalar quriladi. Ariqchalarning usti, yoriqlari bo’lgan beton plitalar
maxsus setkalar yoki yog’och taxtalar bilan yopiladi. Bu ariqchalarning bir tomoni yopiq 
bo’lib, ikkinchi tomoni umumiy magistral ariq yoki quvur bilan tutashtirilgan bo’ladi. 
Magistral ariq esa ventilyator bilan tutashtirilgan. 
Namligi ortiq bo’lgan paxtani balandligi 4 metrgacha va hajm og’irligini 170-175 
kg/m

qilib ariqlari bo’lgan ombor va maydonchalarga g’aramlanadi hamda ventilyator 
bilan 5-6 soat mobaynida paxta oralaridagi havo tortib olinib turiladi. SHundan 5-6 kun 
o’tgandan keyin qaytadan havo tortish ishi takrorlanadi. Bu havo tortish jarayonida qizigan 
paxta sovushi bilan bir qatorda qisman namligi ham kamayadi. 
Uzunligi 10 metrgacha bo’lgan ariiqdan tortiladigan havo miqdori 1-1,2 m
3
/sek va 
bosimi 300 mm suv ustuniga teng bo’lishi kerak. Keyingi vaqtlarda g’aram ichidan 
tonnelь qazilib, undan issiq havo tortib olish yo’li bilan qiziyotgan paxtani sovutish usuli 
keng qo’llanilmoqda.

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish