Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi


Paxtani tayyorlash punktlarining vazifasi va ularning asbob – uskunalar bilan



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

2.Paxtani tayyorlash punktlarining vazifasi va ularning asbob – uskunalar bilan 
ta’minlanishi. 
Paxta tayyorlash punktlari -
paxta zavodi qoshida yoki undan tashqarida alohida 
joylashgan bo’ladi. 
Paxta zavodi qoshidagi tayyorlov punkti paxtani zavodga yaqin xo’jaliklardan qabul 
qiladi va to’g’ridan-to’g’ri asosiy ishlab chiqarish tsexlariga yuboradi. Zavoddan 
tashqarida joylashgan tayyorlash punktlaridan esa reja bo’yicha belgilangan vaqtda 
tashiladi. Zavodga keltirilgan paxta ham sifatiga qarab alohida turkamlanadi. 
6-8 ming tonna paxta tayyorlaydigan paxta punktlari o’rtacha hajmdagi punktlar 
hisoblanib, ular paxtachilik sanoatida ko’proq uchraydi. Ammo 12-13 ming tonna 
tayyorlaydigan, hajmi katta bo’lgan punktlar ham uchraydi. Paxta tayyorlash hajmi 6 ming 
tonnadan kam bo’lgan mayda paxta tayyorlash punktlarini tashkil qilish iqtisodiy hihatdan 
foydasiz bo’lganligi uchun ular tavsiya etilmaydi. 
Yangi paxta tayyorlash punktlari paxtani qabul qili shva uni saqlashga qo’yiladigan 
zamonaviy talablarni qondiradigan takomillashgan loyiha bo’yicha quriladi. 
Qabul qilingan paxtani saqlash uchun omborlarga joylash yoki maydonchalarga 
g’aramlash (buntlash) va ularni paxta zavodiga jo’natish uchun transport vositalariga 
yuklash ishlari lentali qo’zg’aluvchan transportyorlar yordamida bajariladi. SHuning 
,
)
100
(
)
100
(
кг
W
W
G
G
ф
n
х
к


=


uchun har bir tayyorlash punktida uzunligi 10-15-20 metrlik 5-6 dona lentali 
transportyorlar va paxtani tashiydigan maxsus transport vositalaridan paxtani qabul 
qiladigan 2-3 dona PTX-20 yoki PTX-20D rusumli moslamalar bo’lishi kerak. Nam va 
iflos paxtalar esa tozalash uchun quritish tsexiga havo transporti (quvurlar) vositasida 
jo’natiladi. 
Xo’jaliklardan qabul qilinayotgan va paxta zavodlariga jo’natilayotgan paxtalarning 
sifatini aniqlash, quritish-tozalash tsexlarining ishini nazorat qilish, saqlanayotgan 
paxtaning holatini tekshirib turish punkt qoshidagi laboratoriyaning asosiy vazifasi 
hisoblanadi. 
Qabul qilingan paxtaning navi, namligi va ifloslanganligini aniqlash uchun 
namunalar tanlash va tahlillar O’zRST 643-95, O’zRST 592-92, O’zRST 593-92, O’zRST 
644-95 raqamli respublika standartlari bo’yicha standart namunalari tekshirilgan yoki 
“O’zdavstandart”ning metrologik xizmati attestatsiyasidan o’tkazilgan asboblarda olib 
boriladi. Namunalar tanlash, laborantlar ishi, laboratoriya asbob-uskunalarini paxta 
zavodining TNB (texnik nazorat bo’limi) boshlig’i nazorat qiladi. 
Tayyorlov punktining laboratoriyasi quyidagi asboblarga ega bo’lishi kerak: O’z-
7M shkafi, USX-1 va VSX yoki VSX-M1 namlikni aniqlash asbobi, paxta ifloslanganligi 
aniqlash uchun LKM qurilmasi, LPS-4 tola navini aniqlash asbobi, PPV jin tola 
tozalagich, paxta uchun SXL-3 laboratoriya quritgichi, mayda qadoq toshli I va II sinfga 
oid aniqligi yuqori bo’lgan texnik tarozilar, elektron tarozilar, mikroskop, mikroskopga P-
2 nurni qutblantiruvchi moslama eksikator, namunalar olish uchun bankalar - 10-20 ta 
(turli hajmdagi) bo’lishi lozim. SHuningdek tayyorlash mavsumi paytida umumiy 
tayyorlanadigan paxtaning taxminan 20-25 % i paxta zavodlariga jo’natiladi. qolgan 75 % 
i esa paxta tayyorlash punktlarida saqlanishi kerak. Bu saqlanadigan paxtalarning harorati 
doimo tekshirib turilishi uchun laboratoriyada 5-10 dona maxsus termoshchuplar bo’lishi 
kerak.
Uzoq saqlanadigan past navli paxta, odatda, yopiq omborlarda, yarim ochiq yoki 
to’rt tomoni ochiq binolarda (naves) saqlanadi. 
Yopiq omborlarning bir kubometr hajmiga I-nav paxtadan 170-180 kg va past navli 
paxtadan 130-140 kg joylanadi. Yopiq omborlarda paxta tomning bug’oti baravar 
balandlikda bosilgandan keyin o’z og’irligi bilan cho’kadi va bo’shagan hajmi sifati bir xil 
bo’lgan paxta bilan to’ldirib turiladi. 
Polning holati (g’aramning tag qismi) paxta saqlashda katta ahamiyatga ega. 
SHuning uchun tag qism bir necha usullar bilan tayyorlanadi. Avvalo, yerning o’simlik 
o’sadigan qatlamini 20-30 sm chuqurlikda olib tashlanadi, so’ngra o’yilgan yerga shag’al, 
tosh, qum, tuproq va boshqa narsalar to’shalib zichlanadi. SHundan so’ng ustiga asfalьt 
yoki tosh yotqiziladi. 
Paxta tayorlash punktlarida paxtani uzoq vaqt ochiq maydonlarda ham saqlash usuli 
keng tarqalgan. Buning uchun o’lchamlari 25x14 m va 22x11 m bo’lgan maxsus 
maydonchalar tayyorlanadi. 
Bu maydonchalarga asosan yuqori nav paxtalar 8-10 m balandlikda g’aramlanib usti 
brezent bilan yopib qo’yiladi. 
O’lchamlari 25x14 m lik maydonchalarda 550-600 tonna va o’lchamlari 22x11 m 
lik maydonchalarda 350-400 tonnadan oshiq paxta saqlanadi. 
Paxta saqlanadigan maydonchalar yer yuzasidan 0,4 metr balandroq qilinib 
zichlangan tuproq bilan ko’tarilib ustiga asfalьt yoki tosh yotqiziladi. 


Paxtani yopiq omborlarda saqlashning ochiq maydonchalarda saqlashga qaraganda 
bir qancha afzalliklari bor: 
1.Paxtani yopiq omborda saqlash uchun qilinadigan xarajat, ochiq maydonlarda 
saqlashda qilinadigan xarajatga qaraganda kamroq bo’ladi. 
2.Yopiq omborga paxtani joylashda kam mehnat sarflanadi va ochiq 
maydonchalarda paxta saqlash uchun ishlatiladigan qimmatbaho brezent va arqonlar 
ishlatilmaydi. 
3.Paxtani omborga joylash va ularni bo’shatish ishlari ob-havo sharoitiga 
qaramasdan bajarilishi mumkin. 
4.Yopiq omborlarni mexanizatsiyalashtirish ishlari yengillashadi. 
5.Yong’in bo’lish xavfi birmuncha kamayadi. 
Paxta uzoq vaqt saqlanganda, uning tolasi va chigitining tabiiy xususiyatlari 
o’zgarmasligi kerak. Buning uchun eng asosiy shart-omborlarga va maydonchalarga 
g’aramlanayotgan paxtaning namligi Davlat standartida ko’rsatilgan talabdan oshmasligi 
lozim. Agar paxtaning namligi 14 % va undan yuqori bo’lsa, u hatto 3-4 m balanlikda 
g’aramlanganda ham o’z-o’zidan qiziy boshlaydi va oqibatda tolaning rangi sarg’ayadi, 
pishiqligi kamayadi. CHigitning mag’izi esa to’q jigar rangga o’tib, urug’lik xususiyatini 
yo’qotadi, texnik chigitdan esa yog’ chiqish foyizi kamayadi. 
Agar paxta uzoq vaqt o’z-o’zidan qizib tursa, u chirindiga aylanadi va mahsulot 
sifatida yaroqsiz bo’lib qoladi. 
Paxtaning o’z-o’zidan qizishi, uning orasiga shamol va hasharotlar orqali aralashib 
qolgan mikroorganizmlarning hayot kechirishi natijasida vujudga keladi. Ularning hayot 
kechirishi uchun paxtaning yuqori namligi yaxshi sharoit tug’diradi. 
Paxtaning o’z-o’zidan qizishi ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: 

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish