170
kunda unib chiqadi. Lekin, harorat yuqori bo’lib, yorug’lik yetishmasa
ko’chatxonalarda ko’chatlar bo’yiga o’sib ketadi. SHu tufayli ko’chatlar
ko’karib chiqqandagi davrda harorat 6-8
0
bo’lsa, eng qulay hisoblanadi.
O’simlikning karambosh urashi uchun eng qulay harorat 15-18
0
, lekin past (5-
10
0
) haroratda ham karambosh o’sishi va shakllanishi mumkin. Karam ko’chati
minus –5-6
0
, o’simligi esa -8
0
gacha sovuqqa chidaydi. Kuzda o’tkazilgan
Derbentskaya mestnaya, Apsheronskaya ozimaya navlari esa minus –10, -12
gacha sovuqdan zararlanmaydi.
Dalaga o’tqazilgan urug’lik karamlar minus 5-7
0
sovuqdan
shikastlanmaydi. Sutkalik o’rtacha harorat 25
0
dan ortib, kunduzi 30-35
0
gacha
borganda, karambosh o’rashi
sekinlashadi, tezpishar navlarda to’xtaydi.
Urug’lik karam g’ovlab, ko’plab qo’shimcha vegetativ novdalar chiqaradi,
shona-gullari aynib, mayda barg plastinkalarga aylanib qoladi. Natijada
karamning urug’ hosili keskin kamayadi yoki butunlay urug’ hosil qilmaydi.
O’zbekistonda issiqqa chidamli o’rtapishar navlar muvaffaqiyatli
o’stirilmoqda. Bu navlarining issiqqa chidamliligi anatomik xususiyatlari (barg
epidermis to’qimasining mayda hujayraliligi, og’izcha teshikchalarining
kattaligi va suv to’plam qobiliyatining yuqoriligi bilan bog’liq).
Ertapishar karam navlari ertagi hosil olish uchun plyonka ostida o’stirib
yetishtirilmoqda. Ertapishar navlar umuman karam urug’ini
respublikamiz
sharoitida etishtirish dolzarb muammo bo’lib, iqlim va tuproq sharoitlarini
hisobga olgan holda uni ekologik, agrotexnologik, tashkiliy-iqtisodiy jihatdan
asoslash talab etiladi. Oqbosh karam tuproq unumdorligi, undagi oziq moddalar
va namga talabchan.
V.I.Edelg’shteyn (1962) mahlumotlariga ko’ra, 500 ts/ga
oqbosh karam
hosili oliganda yerdan 150 kg azot, 50 kg fosfor va 222 kg kaliy, Akademik
V.I.Zuev va professor A.Abdullaev (1997) bo’yicha O’zbekiston bo’z
tuproqlarida 529 ts/ga karam hosili olinganda esa yerdan 227 kg. Azot, 68 kg
fosfor va 252 kg kaliy olib chiqadi. SHuning uchun o rganik va mineral
o’g’itlarni solishga alohida ehtibor berish kerak. Tuproqdagi namning ortiqcha
bo’lishi, aeratsiyaning yomonlashuvchi, o’simlikning o’sishini to’xtatib,
barglarda antotsian (ko’k-binafsha) rang paydo qiladi. Karamboshlar bo’sh
o’raladi va hosil keskin kamayib ketadi.
Oqbosh karam uzun kun o’simlik. Uzun kun bo’lsa, karam ko’chatining
o’sish va karamboshlar hosil bo’lishi, ikkinchi yilgi o’simliklarda
esa gullashi
hamda urug’larning pishishi tezlashadi.
Karam – yorug’sevar o’simlik. Yorug’ yetishmasa ko’chatlar g’ovlab
ketadi, karamboshlar bo’sh shakllanadi. Karamboshlar shakllanishi –
assimilyatsiya apparati (erkin va yashil borglar) paydo bo’lgach boshlanadi.
Karamboshlar juda tez o’sadi. Tezpishar navlarda ko’chat dalaga ekilgandan
keyin 60-85 kun o’tgach to’liq shakllanadi va texnik pishadi. Lekin, karambosh
nisbatan bo’sh va kam muddatga saqlanadi. Tuproqda namning yuqori bo’lishi
171
(dala nam sig’imiga nisbatan 90 % dan ziyod) va o’simlik azotli o’g’itlar bilan
ortiqcha oziqlantirilsa, karambosh bo’sh o’raladi va hosildorlik kam bo’ladi
(B.Azimov, 1971).
Do'stlaringiz bilan baham: