Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


 Karam turlarining inson salomatligi muxofazasida axamiyati



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

2. Karam turlarining inson salomatligi muxofazasida axamiyati. 
Oqbosh karam ekiladigan V. ca’itata turi uchta kenja turga bo’linadi: 
1. SHarq karami. 
O’simlik yirik, past poyali, barglari katta bo’lib, yerga 
yopishib o’sishi hamda yuzasi mum g’ubor bilan qalin qoplanganligi bilan 
xarakterlanadi. Bu kenja turga issiqqa chidamli, o’rta va kechpishar 
(Likurishka 498/15, Termez 2005, Ashxabadskaya, Tashkentskaya 10, 
Uzbekistanskaya 133, Sudg’ya uzbekskiy kabi) navlar kiradi. 
2. O’rta yer dengizi karami.
O’simliklari qisqa kun, yuqori harorat talab 
qiladi. SHuning uchun muhtadil iqlimda juda erkaklab ketadi va bizda 
ekilmaydi. 
3. Yevropa karami. 
Turli muddatda pishadigan, morfologik belgilari har 
xil bo’lgan navlarni o’z ichiga olib, sovuqqa chidamliligi, issiqqa 
talabchanmasligi, uzun kunda yaxshi o’sishi bilan farqlanadi. Bu kenja turga 
keng tarqalgan Slava 1305, Slava Gribovskaya 231, Nomer pervqy Gribovskiy 
147, Iyunskaya, Saratoni, shuningdek Qizilbosh karamning Kamennaya 
golovka 447, GAKO 741 navi kiradi. 
Karamning navlari bir-biridan morfologik belgilari va xo’jalik-biologik 
xususiyatlari bilan farqlanadi. Uning eni muhim nav belgilari:
- Tashqi o’zakning uzunligi: o’zak 16 sm gacha – kalta, 16-20 sm o’rtacha, 
20 sm dan ziyod bo’lsa uzun deyiladi. 
- Tupbarg yirikligi va uning yer betiga nisbatan joylashishi (gorizontal, tik 
yoki yarim tik). 
- Tupbargdagi barg shakli, yirikligi, rangi va mum g’uborning mavjudligi.
- Karamboshining shakli, yirikligi, qattiq (zich) ligi hamda ichki o’zak 
uzunligi. 
- Karam boshning pishishi – qo’chat o’tkazilgach 2-2,5 oyda pishsa 
tezpishar, 2,5-3 oyda – o’rtapishar, 3-4 oyda pishsa, kechpishar navlar deyiladi. 
- Karamboshning saqlanuvchanligi – muhim biologik va xo’jalik belgi 
bo’lib, boshning yorilmasligi, mazasi va uzoq muddat saqlanishi bilan 
aniqlanadi. Odatda, karamboshni zich o’raydigan navlar uzoq saqalandi. 
O’zbekistonda ekiladigan oqbosh karam navlarining tahrifi keltirilgan.
Biologik xususiyatlari.
 
Oqbosh karam sovuqqa chidamli ikki yillik 
o’simlik. Uning urug’i 4-5
0
haroratda nishlaydi. Harorat 15-20
0
bo’lganda 3-4 


170 
kunda unib chiqadi. Lekin, harorat yuqori bo’lib, yorug’lik yetishmasa 
ko’chatxonalarda ko’chatlar bo’yiga o’sib ketadi. SHu tufayli ko’chatlar 
ko’karib chiqqandagi davrda harorat 6-8
0
bo’lsa, eng qulay hisoblanadi. 
O’simlikning karambosh urashi uchun eng qulay harorat 15-18
0
, lekin past (5-
10
0
) haroratda ham karambosh o’sishi va shakllanishi mumkin. Karam ko’chati 
minus –5-6
0
, o’simligi esa -8
0
gacha sovuqqa chidaydi. Kuzda o’tkazilgan 
Derbentskaya mestnaya, Apsheronskaya ozimaya navlari esa minus –10, -12

gacha sovuqdan zararlanmaydi.
 
Dalaga o’tqazilgan urug’lik karamlar minus 5-7
0
sovuqdan 
shikastlanmaydi. Sutkalik o’rtacha harorat 25
0
dan ortib, kunduzi 30-35
0
gacha 
borganda, karambosh o’rashi sekinlashadi, tezpishar navlarda to’xtaydi. 
Urug’lik karam g’ovlab, ko’plab qo’shimcha vegetativ novdalar chiqaradi, 
shona-gullari aynib, mayda barg plastinkalarga aylanib qoladi. Natijada 
karamning urug’ hosili keskin kamayadi yoki butunlay urug’ hosil qilmaydi.
O’zbekistonda issiqqa chidamli o’rtapishar navlar muvaffaqiyatli 
o’stirilmoqda. Bu navlarining issiqqa chidamliligi anatomik xususiyatlari (barg 
epidermis to’qimasining mayda hujayraliligi, og’izcha teshikchalarining 
kattaligi va suv to’plam qobiliyatining yuqoriligi bilan bog’liq). 
Ertapishar karam navlari ertagi hosil olish uchun plyonka ostida o’stirib 
yetishtirilmoqda. Ertapishar navlar umuman karam urug’ini respublikamiz 
sharoitida etishtirish dolzarb muammo bo’lib, iqlim va tuproq sharoitlarini 
hisobga olgan holda uni ekologik, agrotexnologik, tashkiliy-iqtisodiy jihatdan 
asoslash talab etiladi. Oqbosh karam tuproq unumdorligi, undagi oziq moddalar 
va namga talabchan. 
V.I.Edelg’shteyn (1962) mahlumotlariga ko’ra, 500 ts/ga oqbosh karam 
hosili oliganda yerdan 150 kg azot, 50 kg fosfor va 222 kg kaliy, Akademik 
V.I.Zuev va professor A.Abdullaev (1997) bo’yicha O’zbekiston bo’z 
tuproqlarida 529 ts/ga karam hosili olinganda esa yerdan 227 kg. Azot, 68 kg 
fosfor va 252 kg kaliy olib chiqadi. SHuning uchun o rganik va mineral 
o’g’itlarni solishga alohida ehtibor berish kerak. Tuproqdagi namning ortiqcha 
bo’lishi, aeratsiyaning yomonlashuvchi, o’simlikning o’sishini to’xtatib, 
barglarda antotsian (ko’k-binafsha) rang paydo qiladi. Karamboshlar bo’sh 
o’raladi va hosil keskin kamayib ketadi.
Oqbosh karam uzun kun o’simlik. Uzun kun bo’lsa, karam ko’chatining 
o’sish va karamboshlar hosil bo’lishi, ikkinchi yilgi o’simliklarda esa gullashi 
hamda urug’larning pishishi tezlashadi. 
Karam – yorug’sevar o’simlik. Yorug’ yetishmasa ko’chatlar g’ovlab 
ketadi, karamboshlar bo’sh shakllanadi. Karamboshlar shakllanishi – 
assimilyatsiya apparati (erkin va yashil borglar) paydo bo’lgach boshlanadi. 
Karamboshlar juda tez o’sadi. Tezpishar navlarda ko’chat dalaga ekilgandan 
keyin 60-85 kun o’tgach to’liq shakllanadi va texnik pishadi. Lekin, karambosh 
nisbatan bo’sh va kam muddatga saqlanadi. Tuproqda namning yuqori bo’lishi 


171 
(dala nam sig’imiga nisbatan 90 % dan ziyod) va o’simlik azotli o’g’itlar bilan 
ortiqcha oziqlantirilsa, karambosh bo’sh o’raladi va hosildorlik kam bo’ladi 
(B.Azimov, 1971). 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish