Kelib chiqishi va tarqalishi.
Karamning vatani Yevropaning O’rta yer
dengizi sohili hisoblanadi. Karam juda qadimiy ekin. U rimliklar va qadimiy
greklarga azaldan mahlum bo’lgan. Hatto, IX-X asrlarda Markaziy va SHarqiy
Yevropada yashagan slavyan qabilalari ham bilishganlar.
Hozirgi vaqtda karam juda keng tarqalgan sabzavot ekini bo’lib, u tropik
mintaqadan tortib Qutb doirasigacha ekiladi. Dunyoda 3,2 mln. gektar
maydonga ekilib, 69,5 mln. tonna yalpi hosil yetishtiriladi. SHuning yarmiga
yaqini (34,1 mln. t) Xitoyda, qolganlari Hindiston, Rossiya, Koreya, Yaponiya,
168
AQSH va boshqa davlatlarda o’stiriladi. Karam Rossiyada 200 ming gektariga
ekiladi.
Oddiy yoki oqbosh karam botanik tahrifi.
Oddiy karam (
Brassica
ca’itata Lizg
) hayotining birinchi yili karamdosh, ikkinchi yili karambosh,
ikkinchi yili esa gulpoya chiqarib gullaydi va urug’ beradi. Ko’chat
o’tqazilgach, undan past bo’yli (15-30 sm) yo’g’on va serbarg o’zak hosil
bo’lib, uning uchida karambosh shakllanadi.
Karamboshi yirik va serbargli o’zakdan iborat. Barglar yirik, bandli (tup
pastki qismida) yoki bandsiz, turli shaklda va yashil rangda bo’lib, usti z angori
rangdagi mum g’ubor bilan qoplangan.
Karam boshida juda katta uchki kurtak joylashgan bo’lib, undan kelgusida
gulpoya va meva organlari hosil qilishda sarflanadigan zapas oziq moddalar
to’plangan bo’ladi. Karam bosh o’rashi tezpishar navlarda 10-14, kechpishar
navlarda 15-20 ta erkin yashil barglar hosil bo’lgach, (ekilgandan 2,5 -3 oy
o’tgach), yangi paydo bo’layotgan barglar yarim bukilgan holda qolaveradi. Bu
o’simlikning bosh o’ray boshlashidan dalolat beradi. Karam boshining keyingi
o’sishi ichki yangi barglar hosil bo’lishi evaziga borib, ichki barglar tashqi
barglarni atrofga itarishi tufayli karam boshi qattiqlashib, zichlashib boradi.
Karam boshining zichlashishi uning texnik pishish belgisidir. Bahzan ichki
paydo bo’layotgan barglar kuchli itarish tufayli karam boshlari yorilib ketadi.
Karam boshlarining ichki barglari qorong’iliqda o’sadi. SHuning uchun ular
rangsiz oppoq, ushlab ko’rilganda mayin va mazasi yaxshi bo’ladi. O’simlik
tubidagi erkin hamda karam boshining sirtqi yashil barglari naviga qarab
o’simlikning 15-35 % vaznini tashkil etadi. O’simlik hayotining birinchi yili
hosil bo’ladigan yo’g’onlashgan poyasi o’zak deyiladi. Uning karam boshi
ichida joylashgan qismi ichki o’zak, tashqarisidagi erkin barglar joylashgan
qismi esa tashqi o’zak deb yuritiladi. O’zakning ichida uchki, barglarning
qo’ltig’ida esa yon kurtaklar hosil bo’ladi. Ulardan kelgusi yilda gulpoyalar
o’sib chiqadi. Odatda, faqatgina uchki kurtak o’sib, uzunligi 1,5 m shoxlangan
bitta gulpoya rivojlanadi. Agar uchki kurtak shikastlansa, bir nechta yon
kurtaklar o’sa boshlab, ulardan bir qancha gulpoyadan iborat past bo’yli
shoxlangan tup hosil bo’ladi. Urug’ olish uchun ikkinchi yili o’stirilgan
o’simlik urug’lik deb ataladi.
Karam guli-tupgul bo’lib, shingil deb yuritiladi. Guli sariq to’rtga toj
bargli, ikki jinsli. O’simlikning gullashi naviga qarab 20-50 kun davom etadi.
Bitta gul gullash davri 3 kun davom etadi. Karam chetdan asosan hasharotlar
(asalarilar), qisman shamol yordamida changlanadigan o’simlik. Urug’lik
o’simlikda urug’ 3-3,5 oyda pishib ulguradi. Karamning mevasi – qo’zoq. Har
bir quzoq mevada 20-26 ta urug’ mavjud. U pishganda o’z-o’zidan chatnab
yorilib ketadi. Urug’i bir oz qirrali, yumaloq, qo’ng’ir, o’rta yiriklikda, 1000
tasining vazni 3,5-4,0 gramm. Unuvchanligini 3-5 yilgacha saqlaydi.
Karam ildizi dastlab ko’chatda o’q ildiz tarzida rivojlanadi. Undan yon
ildizlar tarqalib, poyaning yer ostki qismida qo’shimcha popuk ildizlar chiqarib
169
tez o’sadi va u o’q ildiz hamda yon ildizlardan uzib ketadi. Popuk ildizlar
yerning ustki qavatida bir-biriga qo’shilib ketgan g’uj ildizlar hosil qiladi.
Karam bevosita urug’dan o’stirilganda ildizi tuproqqa 1 m va undan ko’p,
ko’chat qilinganda esa 70-80 sm gacha chuqurlikka kirib boradi. Karam
poyasining yerga yaqin qismidan qo’shimcha ildiz chiqarish xususiyatiga ega.
SHuning uchun chopiq qiliganda uni chuqurroq ko’mgan mahqul. CHunki,
karamning yerga ko’milgan joydan yangi ildizlar o’sib chiqadi. Natijada
ildizlarning umumiy hajmi ortadi. Karamning ildizi shika stlaganda (kesilganda)
tez tiklanish (regeneratsiyalanish) qobiliyatiga ega. SHu tufayli ko’chati
o’tkazilganda yaxshi tutuvchanlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |