90
Pomidorning determinant navlarida 3-5 dona gulshoda hosil qilganidan va
poyasining uchida so‘nggi gulshoda shakllantirganidan so‘ng bosh poyasi o‘sishdan
to‘xtaydi. Determinant navlar tuplari – kichik yoki o‘rta bo‘yli (40-80 sm) bo‘ladi. Bu
navlar nisbatan tezpishar, hosilni tekis berishi bilan ajralib turadi.
Determinant duragaylar bir qator afzalliklarga ega, xususan qisqa aylanishda.
Birinchidan, birinichi to‘p gullarning o‘simlikni pastki qismida hosil bo‘lishi sababli
biologik jihatidan (nihollar hosil bo‘lganidan birinchi mevasini pishguniga ketgan
kun) tezpishar bo‘lishligi, shuningdek poyalarda gul shingillarini zich joylashishi
tufayli (hosil berish davrining birinchi oyida) xo‘jalik jihatidan ahamiyatlidir.
Ikkinchidan, poya uzunligi birligida 2-3 barobarga ko‘p to‘p gullari hosil qilishi,
shuningdek oziqaga boy fonda juda kam g‘ovlashi tufayli issiqxona hajmidan samarali
foydalanishga imkon beradi. Bulardan tashqarilar, noqulay sharoit va kasalliklarga
chidamlidir. Determinant navlari va duragaylarining populyatsiyalari hosilni
shakllantirish va mevalarini o‘lchami bo‘yicha bir tekis emasligi, ularni kamchiligi
hisoblanadi.
Pomidorni indeterminant va yarimindeterminant navlari asosan issiq-xonalarda
o‘stiriladi, determinant navlari esa odatda plyonkali qoplmalar osti-da yetishtiriladi.
Barcha aylanishlar uchun nav va duragaylarning kasallikka chidamliligi muhim
belgi hisoblanadi. Jahon sabzavotchiligi amaliyotida duragaylarni kasallikka
chidamligini quyidagi indekslar bilan belgilash qabul qilingan: T
m
– tamaki mozaika
virusi (TMV); S
1
, S
2
, S
3
– barglarning qo‘ngir dog‘lanishi (raqam-lar
qo‘zg‘atuvchining irqiy tartibini bildiradi); V – vertitsilloz; F
1
, F
2
– fuzarioz (1 va 2
irq); N – melidogenez (galovaya (qo‘ng‘ir) nematoda); R – ildizlarni po‘kaklanishi; W
– uchini oqarib qolishi (silvering); B – bakterial so‘lish.
Urug‘chilik firmalari qadoqlarda duragay urug‘ nomidan oldin F
1
belgisini
qo‘yadi, bu duragayni birinchi avlodga mansub ekanligini bildiradi, so‘ng duragay
qaysi kasalliklarga chidamli bo‘lsa yuqorida ko‘rsatilgan indekslar ko‘rsatiladi.
Duragaylarni tanlashda xo‘jalikda eng ko‘p tarqalgan kasalliklarga chidamliligi
bo‘yicha ajralib turadigan duragaylarga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Nav va duragaylarni tanlashda ularning serhosilligi, tezpisharligi, kasallikga
chidamligi, mevasining sifati kabi ko‘rsatkichlardan tashqari boshqa xususiyatlari ham
hisobga olinishi kerak. Masalan, mevasi kuzgi-qishki aylanishda mevalari sekin-asta
pishib yetiladigan xususiyatlarga ega bo‘lgan nav va duragaylar ko‘proq qiziqtiradi, bu
terim sonini kamaytirishga, tashishni yaxshilashga va mevalarni 1,5 oygacha sifatlarini
saqlab turishga imkoniyat beradi.
Pomidor nav va duragaylari gulshodalarini qisqa, ingichka, sinmaydigan bandli
xususiyatiga ega bo‘lishi xo‘jalikni katta e’tiboriga sazovor bo‘ladi. Bunda
gulshodalarni kanop bilan bog‘lash yoki maxsus plastik tutqichlardan (klipslardan)
foydalanishga zaruriyat qolmaydi. Gulshodalar g‘uj bo‘lishi va chegaralanishga
muxtoj bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: