Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


-Mavzu. Issiqxonalarda sabzavot mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasi



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

12-Mavzu. Issiqxonalarda sabzavot mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasi 
Reja: 
1.
Issiqxonalarda bodringni yetishtirishni aloxida xususiyatlari.
2.
Issiqxonalarda pomidorni turli muddatlarda yetishtirishning xususiyatlari. 
3. Issiqxonalarda karam, qalampir, poliz ekinlari va ko’kat yetishtirish 
texnologiyasi
 
 
 
13.1. Issiqxonalarda bodringni yetishtirishni aloxida xususiyatlari. 
Bodring – himoyalangan yerlarda yetakchi (asosiy) ekin bo‘lib, u eng hosildor
ertapishar, samarali ekindir. U kam yorug‘likni talab qiluvchi bo‘lganligi uchun, 
barcha yorug‘lik mintaqalarida tarqalgan. Birinchi – to‘rtinchi yorug‘lik mintaqala-
ridagi qishki issiqxonalarda bodring ekini 70-80% ni, beshinchi – oltinchilarda – 50% 
gacha, bahorgi issiqxonalarda esa (ko‘chat yetishtirilgandan so‘ng) 90% gacha 
maydonni egallaydi. O‘zbekistonda ham bodring issiqxonalarni katta maydonini 
egallaydi, ayniqsa qishki-bahorgi aylanishda. 
O‘sish va rivojlanish xususiyatlari
. Bodring – bir yillik, qovoqdoshlar oilasiga, 
Cucumis L.
turiga mansub o‘simlikdir; 39 ta sanalgan turidan faqat ikkita bodring va 
qovo‘n ekin sifatida yetishtiriladi. Bodringni ko‘pgina navlari liana ko‘rinishida 
bo‘lib, qadimgi shakllaridan nasl qolgan. Ari bilan changlana-digan mayda mevali 
navlar Hindiston va Nepalni tropik mintaqalaridan, yirik mevali partenokarpiklari – 
Xitoydan kelib chiqqan. 
Bodring poyasi turli uzo‘nlikda bo‘ladi. Himoyalangan yerlarda o‘stiriladigan 
navlar uzo‘n palakli – 1,5 m uzo‘nlikda, plyonkali tonnellar va ochiq yerlarda o‘r-
tacha palakli (61-150 sm) va kalta palakli (60 sm dan kam) navlari yetishtiriladi. 
Poyasi zich tuklar bilan qoplangan yoki tikanli. Poyani kundalang kesmi besh 
Tayanch iboralar: 
Pomidor pishib yetilgan va ko‘k mevalari 
yangiligicha 
va 
qayta 
ishlanib 
oziq-ovqatga 
ishlatiladi. 
Pomidor 
himoyalangan yerda asosiy ekin hisoblanadi.

Bodring – bir yillik
qovoqdoshlar oilasiga, 
Cucumis L.
turiga mansub o‘simlikdir; 39 ta sanalgan 
turidan faqat ikkita bodring va qovun ekin sifatida yetishtiriladi.


85 
qirrali kertikli. Poyada ma’lum oraliqda bo‘g‘imlar shakllanadi, ularda yon shoxlar, 
mo‘ylovlar va gullar bo‘ladi. Birinchi 3-4 bo‘g‘imlarda mo‘ylovlar bo‘lmaydi. 
Ko‘pchilik navlarni shoxlanishi monopodialdir. Determinant tipda o‘suvchilari 
ham ma’lum, ular terminal gullarni paydo qilib, simpodial shoxlanishga o‘tishi bilan 
tavsiflanadi. Ammo bunday navlar himoyalangan yerlarda foydalanilmaydi. 
Shoxlanish turiga ko‘ra bodring navlari kuchli bachkilanuvchi (8 dan ortiq bachki 
poya hosil qiluvchi), o‘rtacha bachki (5-8 dona) va kamroq shoxlanuvchi (1-4 dona) 
larga bo‘linadi. 
Ba’zi navlar shoxlanmaydi, kuchsiz o‘suvchi determinant navlarda ko‘proq bu 
holat kuzatiladi. Birinchi tartibdagi yon shoxlar ikkinchi tartibdagi yon shoxlarni 
shakllantiradi. Asosiy poyani uzunligi, soni va yon shoxlarni uzunligi yetishtirish 
sharoitiga va navlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Bodringni poyasi tik va gorizontal 
holda o‘sishi mumkin. Mevalarni terish 
urug‘ pishgo‘ncha kechiktirilsa, vegetativ 
organlarni o‘sishi sekinlashadi va tezda 
buto‘nlay to‘xtaydi. Barralarni terish o‘z 
vaqtida o‘tkazilib, ularni sarg‘ayishiga yo‘l 
qo‘yilmasa vegetativ organlarni o‘sishi jadal 
davom etadi. 
Bodringni barglari yirik yuraksimon, 
burchakli-yuraksimon, 
yuraksimon-
bo‘laksimon, beshbo‘lakli beshkarra qirqilgan bo‘ladi(94-rasm). 
Barglarni shakli va o‘lchami ontogenezda o‘zgaruvchan bo‘lib, yoshiga qarab 
barglarni kertiklari ko‘payadi, o‘lchamlari esa ortadi. 
Bodringda barglar bandli, poyada navbati bilan joylashgan. Bargning qirra-lari 
tishli, barmoqli yoki tekis. Bargning ikki tomoni ham tuklangan. Bargini rangi har xil 
jadallikdagi ko‘kish. Barg plastinkasini rangi va jadalligi nav xususiyatlariga, yoshi va 
yetishtirish sharoitiga bog‘liq. 
Bodring – bir uyli, chetdan changlanuvchan entomofil, gullari ayrim jinsli 
o‘simlik. Bir o‘simlikda erkak va urg‘ochi gullari mavjud. Germofradit (ikki jinsli) 
ham uchraydi. Gullari sariq, besh gulbargli (95-rasm). 
Erkak gullar barg qo‘ltig‘ida shakllanib bir necha donalab to‘pgulga yig‘ilgan. 
Gullari kalta oyoqchali, gulkosasi bochkasimon. Gulkosabargli uzo‘n. Gultoji bargi 
sariq, 5 ta gulbargdan iborat. To‘rtasi juft va bittasi yakka o‘sgan. Onalik guli erkak 
guliga nisbatan gul tojibargga ega. Pastki tugo‘nchalarni shakli elipissimon, 
tuklanmagan. 
Bo‘g‘imlarda urg‘ochi gullar soni turlicha bo‘lishi mumkin: bitta, ikkita va bir 
qancha (to‘pgul), erkak gullar ko‘p miqdorda paydo bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi gul-lar 
ayrim bo‘g‘inlarda (erkak va urg‘ochi bo‘g‘inlar) yoki har birida aralash holda 
shakllanishi mumkin. Pastki bo‘g‘in barg bo‘g‘inlaridan ko‘proq erkak gullar paydo 
bo‘ladi. Poyaning pastki qismidan yuqoriga ko‘tarilib borgan sari erkak va urg‘ochi 
gullarni nisbati urg‘ochi gullari ko‘payishi tomon o‘zgarib boradi. Asosiy poya-ning 
20-расм
. Бодринг юзасини шакллари

1 – юрасимон; 2 – учбурчак-юраксимон; 
3 – панжали-юраксимон; 4 – бешпанжали; 
5 – бешкарра-кертикли


86 
eng yuqori bo‘g‘inlari va yuqorigi tartib bachkilari faqat urg‘ochi guli bo‘l-ishi 
mumkin. Urg‘ochi gullar ochilishidan 2-3 kun ilgari o‘ziga changni qabul qil-ishga 
tayyor bo‘ladilar. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish