Issiqxonalarda pomidorni turli muddatlarda yetishtirishning xususiyatlari.
Pomidor (
Lycopeicon esculentum Mill
) mevalari yil mobaynida iste’mol
qilinadigan to‘yimli va qimmatbaho sabzavotlar qatoriga kiradi. Pomidor pishib
yetilgan va ko‘k mevalari yangiligicha va qayta ishlanib oziq-ovqatga ishlatiladi.
Pomidor himoyalangan yerda asosiy ekin hisoblanadi. U jahondagi oynavand va
plyonkali issiqxonalarning 60% ga yaqin maydonini egalaydi. Bolgariya, Ruminiya,
Niderlandiya va boshqa mamlakatlar issiqxona maydonlarining 70-90% da pomidor
yetishtiriladi. Boltiqbo‘yi mamlakatlari yirik issiqxona kombinatlarining – 30-40%
maydonini pomidor egallaydi. Rossiyaning shimoliy va markaziy mintaqalarida – 25-
30%, janubiy mintaqalarda esa – 80% gacha pomidor tashqil qiladi.
O‘zbekistonda pomidor issiqxonaning asosiy ekini hisoblanadi. U ayniqsa, kuzgi
– qishki va o‘tuvchan aylanishlarda (mavsumda) ko‘proq eqiladi.
O‘sish va rivojlanish xususiyatlari.
Pomidor tabiatan ko‘p yillik o‘simlik,
ammo u ekin sifatida yetishtirilganda bir yillikdir. Agar u sovuqdan saq-lansa bir
yildan ko‘p o‘sishi mumkin. Uning mevalari navi, yetishtirish uslubi va o‘sitirish
sharoitiga ko‘ra niholari hosil bo‘lganidan 80-160 kundan so‘ng pishaboshlaydi.
Pomidor urug‘i uchburchaksimon-buyraksimon shaklda bo‘lib, yassi, tukli,
qo‘lrang-sarg‘imtir rangli. 1000 dona urug‘ining vazni – 2,5-4 g. Urug‘lari
o‘nuvchanligi 4-6 yil mobaynida saqlanadi.
Pomidor ildzi tizimi yetishtirish uslubi va naviga bog‘liq bo‘ladi. Ochiq
maydonda ko‘chatsiz urug‘idan yetishtirilsa o‘qildizli bo‘lib, tuproqning 1,2-1,4 m
chuqurligigacha o‘sib kiradi va tarqalish diametri 1,5-2 m bo‘ladi. Ko‘chat orqali
o‘sitirilsa popuk ildizli bo‘lib, tuproqning v 0,3-0,5 m qatalamigacha kirib boradi.
Himoyalangan yerda ildiz tizimi qalinligi 30 sm dan oshmaydigan substratda
joylashadi. Pomidor asosiy va yon ildizlardan tashqari, poyalarini biror qismi nam
tuproq bilan ko‘mib qo‘yilsa, shu yeridan qo‘shimcha (adventiv) ildiz chiqarish
xususiyatiga ega. Bu zaruriyat bo‘lganda poyaning biron bir qismini va bachki
shoxchasini ildizlatib o‘simlikni tezda ko‘paytirishga imkon beradi.
Pomidorni katta yoshdagi tupi bir yoki birnecha poyalar, ularga joylashgan
barglar va gullar to‘plamidan iborat.
Bargi poyada spiralsimon joylashgan bo‘lib, uzuq-uzuq-toq patsimon. Barglari
poyaga nisbatan tik (vertikal), gorizantal va yerga egilgan holatda birikkan bo‘ladi.
Pomidor bargi bo‘lak, bo‘laklar va bo‘lakchalardan iborat. Soni va qirqilish
darajasiga ko‘ra bo‘laklari yaxlit, kam va ko‘p qirqilgan, yirik bo‘lakli
kartoshkanikiga o‘xshash bo‘laksiz cheti tekis bo‘lishi mumkin. Shtamb (tik o‘suvchi)
navlar barglari oddiy va kartoshkakiga o‘xshash bo‘lib, g‘uj joylashgan, barg bandi
qisqa va barg yuzasi juda burmali bo‘ladi
Barg shakli, o‘lchami va rangi yoshiga, nav va o‘stirish sharoitiga ko‘ra juda
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bargi poya va ildizga nisbatan yashash davrining qisqaligi (3-4
oy) bilan farq qiladi.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |