Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

13.2.
 
Bodring va pomidorni oynavand va plyonkali issiqxonalarda 
yetishtirish texnologiyasi. 
Nav va duragaylarga talablar. Himoyalangan va ochiq yerlarda bodring 
yetishtirish texnologiyasi va sharoitlari bir-biridan sezilarli farqlanadi. Bu muayyan 
sharoitlarga yaroqli va aniq talablarga javob beradigan nav va duragaylardan 
foydalanish yuzaga keltiradi. Shuning uchun bodringni nav va durgaylari ochiq va 
himoyalangan yerlarda yetishtiriladiganlarga bo‘linadi. 
Himoyalangan yerlar uchun bodring navlari bag‘azlarda o‘stirishga, yuqori havo 
namligi va kunduzgi va to‘ngi haroratlarni o‘zgarishiga, past yoritilganlikga 
moslashgan bo‘lib, yuqori potensial hosildorlikka va uzoq muddat hosil berishga ega. 
Bo‘g‘imda ular bir nechta mevalar tugadi. Bunday nav va duragaylar, odatda salatbop, 
ya’ni yangiligicha iste’mol qilishga mo‘ljallangan va ularda genetik yuzaga qoladigan 
achchiq mazani yo‘qligi bilan tavsiflanadi. 
Himoyalangan yerlarda yetishtiriladigan bodringni nav va duragaylari ko‘p-roq 
partenokarpiyaga moyil bo‘lib, ammo arilar yordamida changlanadiganlari ham bor. 
Yaratilgan partenokarpik navlar changlanmasdan mevalar hosil qiladi, bu mevalarni 
uzoq muddat tovarlik sifatini saqlanishiga, kamroq terim o‘tkazishga imkon yaratadi. 
Gullash xususiyatiga ko‘ra partenokarpik duragaylar to‘liq yoki asosan urg‘ochi tipda 
bo‘ladi. 
Himoyalangan yerlarda yetishtirish uchun asosan birinchi bo‘g‘inli maxsus 
geterozisli duragaylardan, ishlab chiqarish talablariga javob bermaydigan nav-lar 
kamroq foydalaniladi. Nav va duragaylar yil davomida yetishtiriladigan, qishki-
bahorgi va o‘tuvchan ekinlarga hamda bahor-yozgi ekinlarga va qish oylar-ning qisqa 
kuniga va past yorug‘ligiga hamda bahor-yoz oylarining uzo‘n kuniga va yuqori 
yorug‘ligiga moslashgan (bunda yorug‘ kunlarni davomiyligi 2 baravar uzayganda, 
yorug‘lik 10 baravar ortadi) nav va duragaylar bo‘lishligi bilan farqlanadi. Bu 
guruhdagi nav va duragaylar past yoritilganlikdan yuqori yoritilganlikga keskin 
o‘tishlarga yuqori chidamli bo‘lishi kerak. 
Bahorgi issiqxonalarda (yozgi ekin) eqiladigan nav va duragaylar yuqori sur’atda 
o‘sish va hosil shakllantirish xususiyatiga ega. Bu ekin uchun isitilmay-digan 
issiqxonalarda iqlimni sozlash imkoniyatlari cheklanganligi va isib ketish holatlari 
bo‘lishi sababli, haroratni pasayishiga va isib ketishiga, hamda haroratni 
o‘zgaruvchanligiga bardosh beraoladigan bo‘lishi juda muhimdir. Bu ekin uchun 
zamburug‘ va virus kasalliklariga chidamlilik juda muhim. Bu muddatlarda odatda ari 
bilan changlanadigan va qisman partenokarpik duragay-lar yetishtiriladi. 
Qishki-bahorgi muddatda yetishtirilganda o‘simliklar, qishdagiga qaraganda 
kuchliroq o‘sadi va shoxlaydi, shu sababli ularga shakl berishda harajatlar oshib 
boradi. Shu bois bu ekin uchun navlar shoxlanishini o‘zlari boshsaoladigan bo‘lishi 
muhimdir. Shoxlanishni o‘zi boshqarishi uch xil bo‘ladi: 
1. Shoxlanishni sekinlashishi (tormozlanishi) – uchki kurtaklarni usto‘n turishi 
hisobiga. Shoxlar asosan asosiy palakni o‘suv nuqtasi chilpilganda paydo bo‘ladi. 
2. Shoxlanishni sekinlanishi asosiy palakda bir necha meva tugo‘nchalarni bir 
vatqda shakllanishini natijasidir. Shoxlanish asosiy palakdan hosil terib olingandan 


88 
so‘ng boshlanadi. 
3. Shoxlanish bevosita paydo bo‘lgan shoxlarda 2-3 bo‘g‘in hosil qilib o‘sishdan 
to‘xtash (determinant tip) hisobiga hosil bo‘lgan shoxlar o‘z-o‘zidan qisqara boradi. 
Bu turdagi navlarda asosiy palakni erta o‘sishdan to‘xtashi kuzatiladi. 
Ochiq dala uchun bodring navlarini yetilish muddatiga ko‘ra uch guruhga 
bo‘ladilar: ertapisharlar durgay va navlar urug‘ unib chiqqandan meva berishigacha 
davr davomiyligi kamida 45 kun, o‘rtapisharlar – 45 dan 50 kungacha, kechpisharlar – 
50 kundan ortiq. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng 36-38 kunda hosil beruvchi 
ultratezpishar duragaylar ham mavjud. Himoyalangan yerlarda o‘suv davri sezilarli 
uzo‘ndir. Past harorat-lar, tuproqni quritib qo‘yish, o‘g‘itni me’yordan ko‘p yoki kam 
berilishi o‘sishni sekinlashishiga va naychalarni erta terishga olib keladi. 
Zamonaviy bodring duragaylari kompleks kasalliklarga chidamli bo‘lish lozim. 
Urug‘larni qadoqlangan idishlarida kasalliklarga chidamliligi quyidagi belgilar bilan 
ko‘rasatiladi: Ccu – och sariq dog‘lanish; Cmv – bodringni chiporlanish virusi 
(mozaika); Pm – o‘n shudring; Dm – soxta o‘n shudring; Foc – ildiz chirish. 
Barralarni sifati muhim ahamiyatga ega. Ularni ta’mi yaxshi, tashqi ko‘rinishi 
chiroyli va achchiq bo‘lmasligi kerak. Barraning ranggi to‘q-yashil bo‘lgani ma’qul. 
Ularni o‘lchami va yuzasi katta ahamiyat kasb etmaydi. Rossiyada nisbatan kalta yuzi 
qilta g‘adir-budur, O‘zbekistonda esa kalta, yuzasi silliq barralarni yaxshi ko‘radilar. 
Ta’mining sifati, saqlashga va tashishga moyilligi ham juda muhim. Uzo‘n mevali 
Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish