97
vitamin S mavjud. Lekin ayrim ma’lumotlarda esa 200-240 mg%, 10-12 mg% gacha
karotin (provitamin A), 145 mg% gacha rutin (vitamin R), V (V
1
, V
2
)
vitaminlar
guruhi
va
boshqalar
mavjud. Kashnich barglari ko‘pchilik makro va
mikroelementlarni mineral tuzlariga boy. Uni barglarida 0,1-0,2% (quruq vazniga
ko‘ra)
efir moylar, ular juda yoqimli xidga va yaralarni bitishida antiseptik
xususiyatga ega. Halq tabobatida zardobni chiqaruvchi antiseptik vosita sifatida,
ovqatni hazm qilish bezlari faoliyatini ko‘chaytirish uchun, qo‘zg‘atuvchi
vosita
sifatida qo‘llaniladi. Urug‘lari shamollashda va oshqozon xastaliklarida, ko‘katini esa
– singani oldini olish va davolashda qo‘llaydilar.
Kashnichni tezpisharligi ukropga yaqin. Shuning uchun uni ukrop kabi ekib
yetishtiradilar, urug‘ini ekish va hosilini yig‘ishtirish ham ukrop muddatlariga to‘g‘ri
keladi. Urug‘i ukrop kabi yoppasiga, sochma yoki ko‘p
qatorli lentasimon usulda
eqiladi. U ukrop kabi asosiy yoki zichlovchi ekin sifatida yetishtiriladi. Kashnich
urug‘larini o‘nuvchanligi yaxshirok bo‘lganligi uchun bir sutka davomida ivitiladi.
Urug‘ni ekish me’yori ukropga nisbatan kamroq – o‘zi mustaqil ekil-ganda 1 m
2
ga 12
g sarflanadi. Kashnichni xosildorligi, ukropnikidan biroz yuqori. U mustaqil eqilganda
1 m
2
dan 5-6 kg xosil beradi.
Petrushka.
Petrushka – ikki yillik o‘simlik. Petrushkani ikki: bargli va ildizli
turlari mavjud. Birinchi yilda yetishtirilganda, silliq, yaltiroq, qir-qilgan to‘p barglarni
va ildiz tizimini shakllantiradi. Ildizli turida qo‘l-rang-oq, yo‘g‘onlashgan ildizmeva,
bargli turida esa tarqalgan ingichka ildiz shakllanadi. Ikkinchi
yil yetishtirilganda
balandligi 100 sm gacha bo‘lgan gulli poya rivojlanadi. Gulto‘pi – murakkab soyabon,
gullari mayda, sarg‘ish-yashil rangda, chetdan changlanuvchan. Mevalari (urug‘i) –
qo‘shurug‘, ikki bo‘lakka ajraladigan. 1000 urug‘ni massasi – 0,8-1,8 g, urug‘dan
foydalanish muddati – 2-3 yil.
Petrushka – sovuqqa bardosh beradigan o‘simlik. Katta yoshdagi o‘simliklar 7-
9°S sovuqqa bardosh beraoladi. Urug‘ 3-4°S haroratda unib chiqaboshlaydi. Urug‘ini
unib chiqishi uchun maqbul harorat 19-21°S. Unib chiqqandan so‘ng 5-6 kun
davomida tinik quyoshli kunlarda maqbul xarorat – 14-16°S, bulutli kunlarda – 12-
15°S va kechasi – 10-14°S, bu davrda maqbul tuproq harorati – 14-16°S hisob-lanadi.
Keyingi davrlarda maqbul havo harorati tiniq quyoshli kunlarda – 16-18°S, bulutli
kunlarda – 14-16°S va kechasi – 10-12°S, tuproqni maqbul harorati yetishtirish
davrida – 13-16°S. Tezlashtirib o‘stirish uchun maqbul harorat – 12-20°S hisoblanadi.
O‘zbekistonda mavsumdan tashqari vaqtlarda petrushka ko‘kati
tezlashtirib
o‘stirish va urug‘ bilan ekish uslublari orqali yetishtiriladi. Tezlashtirib o‘stirladigan
ekinda ildizli navlardan tumanlashtirilgan mahalliy Nulufar va fransuzlarni Gigant De
Italiya, Kamila (Dark Grin), Novas va rossiyani Saxarnaya navlaridan foydalaniladi.
Urug‘ bilan eqiladigan ekinda tumanlashtirilgan rossiyaning bargli Saxarnaya yoki
tumanlashtirilmagan Obыknovennaya listovaya navlaridan foydalanadilar.
Petrushka barglarini tezlashtirib o‘stirish dekabr – fevral oylarida olib boriladi.
O‘stirish davomiyligi 35-40 kun. Ko‘katni uzluksiz chiqishini ta’-minlash uchun
tezlashtirib o‘stirishga mo‘ljallangan ildizmevalar
qish davomida birnecha
muddatlarda eqiladi. Tezlashtirib o‘stiriladigan ildizmevalar ochiq yerda yetishtiriladi.
98
Oktabr oxirida ular kovlab olinadi va saqlashga qo‘yiladi. Tezlashtirib o‘stirishga
ildizmevalar omborxonalardan olinadi.
Ba’zan urug‘larni ekish oldidan 35-50
S iliq suvda 4-5 sutka davomida kaliy
permanganat yoki borat kislotasi eritmasida (1 l suvga 0,1-0,2 g preparat) 18-24 soat
davomida ivitadilar. Ekish oldidan urug‘larni ekishga tayyorlash maysalarni paydo
bo‘lishini 7-8 kunga tezlashtiradi.
Tayyorlangan urug‘larni o‘ncha chuqur bo‘lmagan
nam tuproqli egatlarga
ekadilar. Eqilgandan so‘ng tuproq yuzi chirindi bilan mulchalanadi. Bahor vaqtida
urug‘ eqilganda keyin egatlar yorug‘lik o‘tkazadigan plyonka bilan yopiladi, uni urug‘
unib chiqishi bilan tezda olib tashlaydilar.
Shimolga yaqin mamlakatlarda petrushkani ko‘chat orqali yetishtiradilar. U ildiz
tizimini shikastlanishini ko‘taraolmaydi. Shuning uchun ko‘chatlarni 4
4
4 sm torf
chirindili tuvakchalarga 2-3 donadan urug‘larni ekish yo‘li bilan yetish-tiriladi.
Urug‘ sentabrda, keng pollardagi ko‘p qatorli (qatorlar orasi 10-15 sm), egatlarga
eqiladi va ular orasida yo‘llar qoldiriladi. Ekish chuqurligi 0,5-1 sm, 1 m
2
yuzaga
urug‘ni ekish me’yori 1,5-2 g, qatordagi o‘simliklar
orasidagi masofa yagana
qilinganidan so‘ng 2-3 sm ni tashqil qiladi.
Petrushka o‘rtacha issiqlikni (15-17°S), havoning past nisbiy namligini (60-70%)
va o‘rtacha tuproq namligini (60-70% NV) talab qiladi. Petrushka chirib ketmasligi
uchun, kam-kam, to‘yintirib sug‘oriladi. Dekabr-yanvarda, yorug‘lik yetarli bo‘lmay
namlik me’yoridan oshib ketganda u juda qiynaladi.
Petrushkani ko‘p marotaba kesib olish yo‘li bilan yig‘ishtiradilar. Birinchi kesish
urug‘ eqilganidan 2,5-3 oy o‘tgach o‘tkaziladi. Qishki va bahorgi vaqtlarda o‘rimlar
orasidagi vaqt 50-60, erta bahorda esa 30-40 kunni tashqil qiladi.
Yetishtirish
mavsvumida (sentabrdan maygacha) 5-7 marotaba kesiladi va 1 m
2
dan 8-10 kg ko‘kat
olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: