Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Oziqali ahamiyati.
Oziq-ovqatga baqlajonni yetilmagan mevalari qovuril-gan, 
tuzlangan va quritilgan holda ishlatiladi va undan baqlajon ikrasi, shuningdek, go‘shtli 
tamolarga turli souslar tayyorlanadi. 
Texnik yetilgan mevalarda 7-8% quruq modda, shu jumladan 2-3% qand, 0,9% 
kraxmal, 1% oqsil, shuningdek, bir oz miqdorda mineral tuzlar (kaliy va fosfor) va 
vitaminlar (karotin, askorbin kislotasi, rutin, V
1
, V
2
va RR) mavjud. 
Baqlajon mevalari mazali ta’mi va dorivorli sifati uchun yuqori bahola-nadi. 
Ularni iste’mol qilish inson organizmidan xolesterinni chiqarishga, tomirlarni 
sklerozdan, podagra va jigar xastaliklaridan muhofaza qilishga yordam beradi. 
Biologik xususiyatlari.
Baqlajon Xindistondan kelib chiqqan. U ixma tup 
ko‘rinishidagi poyasi tik turib shoxlanuvchan bir yillik o‘simlikdir. Ildiz tizimi kuchli 
shoxlangan, asosan tuproqning yuqori 20-30 sm qatlamida joylashadi. Ochiq 
maydonda urug‘dan eqilganda asosiy ildiz 1,5 m chuqurlikgacha kirib borishi 


96 
mumkin. 
Baqlajon o‘simliklari urug‘ unib chiqqandan boshlab fosforli o‘g‘itlar bilan 
yetarli azot va kaliy bilan esa kamroq ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ko‘chat 
eqilganidan to shonalash boshlago‘ncha fosfor-kaliyli o‘g‘itlarni, hosil berish davrida 
esa azotli oziqalarni me’yori oshiriladi. 
O‘suv davrini davomiyligi urug‘ o‘ngandan boshlab birinchi mevalarni texnik 
yetilishigacha ertpishar navlarda – 90-100 kunni, o‘rtapisharlarda – 110-145 kunni va 
kechpisharlarda – 145 kundan ortiq bo‘ladi. 
Ziravor ko‘kat ekinlarni yetishtirish texnologiyasi 
O‘zbekiston issiqxonalarida yetishtiriladigan ziravor ko‘kat ekinlardan keng 
tarqalganlari ukrop, kashnich va petrushka hisoblanadi. 
Ukrop
– bir yillik o‘t o‘simlik. Ovqatga yosh barglari va poyalari (5-10 bargli 
fazada) ishlatiladi, ulardan ko‘pchilik taomlarga dorivor tayyorlanadi, sabzavot 
salatlariga ham qo‘shiladi. Yosh ukropni quritadilar va tuzlaydilar. Gul tuplaridan 
(soyabonlari) sabzavotlarni konservalashda dorivor sifatida foydalaniladi. Ukrop 
urug‘i qaynatmasi ishtahani ochish uchun va uyqisizlikni oldini olish vositasi sifatida, 
barg va poyalarini damlamasi – qon bosimi xastaligini davolashda ishlatiladi. 
Ukropni parhezlik qiymati unda uzgarmas xidli efir moylarini, turli xil vitaminlar 
va mineral tuzlarni mavjudligi bilan belgilanadi. 100 g ukrop bargi va poyasida 120 
mg vitamin S, 5 mg karotin, hamda V, RR va R guruhidagi vitaminlar mavjud. 
Ukropda yengil singiydigan Fe, P, K, Ca tuzlari ham ko‘p. 
Mahalliy – O‘zbekiston 243 va Orom, fransiyani – Annet, ukrainani – 
Xarkovskaya 85 navlari yetishtirilmoqda. Ba’zi issiqxonachilar tumanlashtirilmagan 
chet elning Gribovskiy, Armyanskiy269 va Superdukat OE navlaridan foydalanadilar. 
Qishki issiqxonalarda ukropni bodring va pomidor orasiga zichlovchi ekin 
sifatida hamda yorug‘ karidor, yo‘laklarga joylashtirilgan yashiklarda yetishtira-dilar, 
bahorgi issiqxonalarda – zichlovchi ekin sifatida, sof xolda kamroq eqiladi. 
Ukrop uchun tuproqning maqbul namligi 70-80% EPN (eng past namlik), 
havoning maqbul nisbiy namligi esa 50-70%. Tuproqni me’yoridan ortiq nam-lanishi 
va haroratni 22-25°S gacha ko‘tarilishi, hamda havoning ortiqcha nisbiy namligi 
fuzariozni tarqalishiga olib keladi. 
Ukrop o‘simliklarini bo‘yi 20 sm yetganda yig‘ishtiriladi. Ammo ukrop eng 
maksimal ko‘k massa va yoqimli xidni, yuqoridagi barg qo‘ltig‘larida (cho‘ziq 
yo‘g‘on) to‘p gullar paydo bo‘layotgan bosqichda beradi. Yig‘ishtirish vaqtida 
o‘simliklar ildizi bilan sug‘urib olinadi. Ukropni tuproq yuzidan yuqori qismini kesib 
yig‘ishtirish ham mumkin. Bunda sug‘orilgandan so‘ng u yana o‘saboshlaydi va uni 
ikkinchi marta o‘rib olish mumkin. Ukropni 0°S da 3-5 kun davomida saqlash mum-
kin. 
Ukropni hosildorligi bir ko‘chat yashigidan 200-400 g, issiqxonaning yo‘lak va 
karidorlarini 1 m
2
dan – 1,0-1,5 kg, plyonkali issiqxonalarda esa yetishtirish 
muddatiga qarab – 1,5-2,5 kg. Zichlovchi ekin sifatida yetishtirilganda hosildor-lik 
ikki marta kam. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish