79
oynavand yoki plyonkali issiqxona yoki issiq parniklardan foydalaniladi. O‘rtagi
karam ko‘chatlari isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda,
sovuq parnik va
ko‘chatxonalarda hamda vaqtincha plyonkali pana joylarda, kechki karam ochiq dala
egatlari va ko‘chatxonalarda yetishtiriladi.
Ertagi va o‘rtagi karam ko‘chatlari tuvaksiz usulda issiqxonalarda
yetishtirilganda tuproqqa ishlov berishdan oldin uni 1 m
2
ga: 20-25 kg chirindi yoki
kompost, o‘nga 25-30 g ammiakli selitra, 50-60 g superfosfat, 15-20 g kaliy sulfat
qo‘shib solinadi. Tuvakli ko‘chatlar uchun issiqxonaning tabiiy yeri chopiladi,
tekislanadi va o‘nga oziq kubiklari yoki tuvakchalar o‘rnatiladi. Parniklarda maysalar
uchun tuproq bioyoqilg‘i ustiga 10-12
sm qalinlikda, ko‘chat uchun 15-18 sm
qalinlikda solinadi.
O‘zbekiston Sabzavot-poliz ekinlar va Himoyalangan yer sabzavotchiligi ilmiy
tadqiqot insituti ko‘chatni sholi shulxasida yetishtirish usulini ishlab chiqqan. Oziq
aralashmasiga 1,5-2 sm qalinlikda namlangan sholi shulxasi solinib o‘nga urug‘
sepiladi, so‘ngra uning ustigan ham 1,5-2 sm qalinlikda namlangan shulxasi solinib va
tekislash taxtasi bilan zichlanadi. Pikirovka qilinadigan parniklarga sholi shulxasi 7-8
sm qalinlikda solinadi. Bu usul sodda va ko‘chatni ildiz chirish kasalligi bilan
zararlanishdan asraydi. Issiqxonalarda ko‘chatlar yetishtirishda ham uni qo‘llash
mumkin.
Ertagi karam ko‘chatlarini olish uchun urug‘ parniklarga dalaga ekishdan 65-70
kun, isitiladigan plyonkali issiqxonalarga esa – 50-55 kun oldin sepiladi. Toshkent va
Samarqand viloyatlarida ertagi karam ko‘chatlarini olish uchun urug‘ni parniklarga
20-30 dekabrda, plyonkali isitiladigan issiqxonalarga yanvar boshlarida eqiladi.
Fargona vodiysida 10 kun oldin, Xorazm va Qoraqalpogistonda 20 kun keyin eqiladi.
Urug‘dan o‘ngan ko‘chatlarni bir vaqtda pikirovka qilmaslik uchun urug‘lar 10-15 kun
davomida eqiladi.
1 ga ochiq yerga eqiladigan karam ko‘chatlari tayyorlash uchun 400 g klass urug‘
ekilishi kerak. Ekishdan oldin urug‘ teshigi 1,0-1,5 mm elakda saralanadi va
dorilanadi.
Ertagi karam ko‘chatlari ko‘pincha pikirovka qilib o‘stiriladi. Shuning uchun 1
m
2
dan 2000-2500 maysa olishni mo‘ljallab urug‘lar qalinroq sepiladi. Buning uchun
1 m
2
issiqxona yeriga 10-12 g yoki parnikning 1 rom ostiga 15-20 g urug‘ sepiladi.
Urug‘ sochma usulda sepiladi. Urug‘lar ustidan 1 sm qalinlikda
tuproq aralashmasi
sepiladi.
Urug‘dan o‘ngan maysalar, issiqxonada nixollar paydo bo‘lgach 10-12 kundan
keyin va parniklarda 15-18 kundan keyin pikirovka qilinadi. Tanlab olishdan oldin
ko‘chatlar yaxshilab sug‘oriladi. Maysalar 6
6, 7
7 sm oziq maydonga yoki shu
hajmidagi oziq kubiklariga pikirovka qilinadi. Pikirovkadan so‘ng 2-3 kun
qorongilatib havoning namligi yuqori darajada saqlanadi.
1 ga yerdagi karam ko‘chatini pikirovka qilish uchun 100-150 odam-soat
sarflanadi. Shuning uchun plyonkali issiqxona maydonlariga ega bo‘lgan xo‘jaliklarda
karam ko‘chatlari pikirovkasiz o‘stiriladi. Buning uchun urug‘lar 6
6, 6
5 sm oziq
80
maydoniga aniq eqiladi. Qo‘lda eqilganda 1 m
2
yuzaga 3 g urug‘,
seyalka bilan
eqilganda 5,5 mm uyali ekish apparatlaridan foydalaniladi.
Pikirovka qilingan ko‘chatlarni parvarish qilish harorat tartibotini sozlash,
mo‘ntazam shamollatish, sug‘orish, qo‘shimcha oziqlantirish, kasallik va
zararkunandalarga qarshi ko‘rashdan iborat bo‘ladi.
Havoning nisbiy namligi 65-75% saqlanadi. Issiqxonalarda harorat tartiboti
isitish va shomallatish orqali parniklarda – matlar yopish va shamollatish orqali
sozlanadi.
Plyonkali issiqxonalarda, ayniqsa, quyoshli kunlarda haroratga ehtiyot
bo‘lish, 20°S dan oshib ketmasligini kuzatib borish kerak.
Ko‘chatlar kam, ammo to‘yintirib sug‘oriladi. Har sug‘orishdan so‘ng
shamollatiladi. Ko‘chatlarni asosiy joyiga ekishga 20-25 kun qolganda shamollatish
kuchaytiriladi. Ertagi karam ko‘chatlari mineral o‘g‘itlar ertimalari bilan ikki marta
oziqlantiriladi. Birinchi oziqlantirish pikirovka qilingandan keyin 10 kun o‘tgach,
ikkinchisi – ekishdan 10 kun oldin o‘tkaziladi. Birinchi oziqlantirishda 1 litr suvga 0,5
g ammiakli selitra, 2 g superfosfat va 2 g xlorli kaliy qo‘shilgan; ikkinchisida
tegishlicha –1,8 va 4 g eritmasidan foydalaniladi. Eritma1 m
2
yerga 6-7 l sarflanadi.
Ko‘chat oziqlantirilganidan so‘ng toza suv bilan to‘yintiribsug‘oriladi. Mineral azot
o‘rnida mol go‘ngi (1:8) yoki suv aralashtirilgan sharbatdan (1:4)
foydalanish
mumkin.
Ko‘chat pikirovkasiz o‘stirilganda qo‘shimcha tuproq solishi qo‘llaniladi.
Ekishga 10-15 kun qolganda ko‘chatlarni chiniqtirish boshlanadi. Chiniqtirish avval
kunduzi kuchli shamollatishdan boshlab, so‘ngra kechasi ham o‘tkaziladi. Ko‘chat
eqilishidan 5-7 kun oldin faqat kunduzi emas, balki kechasi ham ochiq holda
qoldiriladi. Buning uchun issiqxonalarda plyonka, parniklarda romlar olinadi
hamdasug‘orish to‘xtatiladi.
O‘rtagi karam ko‘chatalri isitilmaydigan inshootlarda yetishtirladi. Ekishdan 20-
25 kun oldin qoplamasi olinadi. O‘stirish davomiyligi qisqaradi.
Shuning uchun
ko‘chat tannarhi arzon. Odatda u pikirovkasiz, oziq kubiklarsiz o‘stiriladi.
Urug‘lar ko‘chatni dalaga ekishdan 40-45 kun oldin sepiladi. Siyrak eqilish
tufayli ko‘chatga ehtiyoj kamroq bo‘ladi, shuninng uchun urug‘ sarfi 350 grammgacha
kamaytiriladi. Pikirovkasiz o‘stirilganda 1 m
2
joyga 2-3 g urug‘ sepiladi. O‘rtagi
karam ko‘chati, ertagi karam ko‘chati bilan bir xil parvarish qilinadi. Ammo o‘stirish
vaqtiniing qisqaligi tufayli sug‘orish, qo‘shimcha oziqlantirishlar soni kamayadi.
Sug‘orish zarur bo‘lganda o‘taziladi. O‘rtagi karam ko‘chatini o‘stirishda zich joydagi
ko‘chatlar qo‘lda yagana qilinadi. Kechki karam ko‘chatini o‘stirishda urug‘lar
mayning ikkinchi yarmida, eqilishidan 30-35 kun oldin sepiladi. U yozgi yuqori
haroratlarda o‘sadi, shuning uchun yopqichlarga ehtiyoj bo‘lmaydi. Doka, bo‘yra,
qamich bordon bilan pana qilib salqinlash yaxshi natija beradi. Ular ortiqcha quyosh
radiatsiyasi va qizib ketishdan asraydi.
Kechki karam ko‘chatlarini yetishtirish uchun o‘numdor tuproqli maydonlar
tanlanadi va ular oldindan tayyorlanadi. Erta bahorda 1 m
2
maydonga 40-50 kg
chirindi, 15-20 g ammiakli selitra, 30-40 g superfosfat va 20-25 g xlorli kaliy solinadi.
81
Urug‘ parnik yoki sabzavot seyalkalari bilan egat yoki marzalarga lentali ko‘p
qatorli usulda lentadagi qatorlar orasi 6-13 sm, qatordagi o‘simliklar orasi 3-8 sm qilib
eqiladi. Lentaning eni 0,6-1,2 m, lentalar o‘rtasidan o‘tish yo‘lkalari qoldiriladi.
Urug‘ni ekish me’yori 2-3 g/m
2
. 1 ga ochiq yerga karam ko‘chati
yetishtirish uchun
300 g urug‘ sepiladi.
Jo‘yaklarda yetishtirilganda lentaning eni toraytiriladi, lentalar orasidagi
oraliqdan sug‘orish ariqlari olinadi. Marzali pollarda yetishtirilganda suv oqizib
sug‘oriladi. Pollar yuzi chirindi bilan mulchalanadi. Qalin joylar yagana qilinadi.
Ikkita chinbarg chiqarganda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Kechki karam
ko‘chatlari 4-5 barg chiqarganda eqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: