2.3-jadval
Fermer xo‘jaligida «sof tushumdan foiz» usuli bo‘yicha tuzilgan xarajatlar budjeti32
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yildagi haqiqiy ma’lumotlar
(2019 y. Hisobot)
|
2020 yil rejasi (ming so‘m)
|
ming so‘m
|
tushumga n-n, %
|
Mahsulotlar sotish ish va xizmat)lar bajarishdan sof tushum (SST)
|
8311787
|
100
|
8.500.000
|
O‘zgaruvchan xarajatlar (-), jami
Shu jumladan:
mehnat haqi, ajratmalari bilan birga
va h.k.
|
12763
1115,9
11647,1
|
54,6
4,8
1,5
|
13104
1152
11952
|
Doimiy xarajatlar (-), jami
Shu jumladan: amortizatsiya
va h.k.
|
5607
4909,7
697,3
|
x
x
x
|
5607
4909,7
697,3
|
Davr xarajatlari
|
942301
|
11,3
|
960500
|
Jami
|
18370
|
x
|
18711
|
Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni va davr xarajatlarini budjetlashtirishning ushbu usuli operatsion budjetlashtirish usuliga qaraganda unchalik aniq bo‘lmasada, oddiy va qulaydir.
Shunday qilib, fermer xo‘jaliklari xarajat va daromadlarni boshqarishni amalga oshirishda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini budjetlashtirishning muqobil variantlaridan eng maqbulini tanlaydilar. Tanlangan variantni hisobga olgan holda kelgusi davr uchun asosiy faoliyatdan olinishi kutilayotgan moliyaviy natija hisob-kitob qilinadi.
3. XULOSA
Аmaliyotda ayrim korxona va tashkilotlar u yoki bu koʼrinishda byudjetlashtirish bilan shugʼullanishadi. Lekin, koʼpchilik fermer xoʼjaliklari rasmiy ravishda, yaʼni yozma shaklda maqsad hamda strategiyalarini shakllantirmaydi, ularning aksariyati byudjetlarni alohida hujjatlar sifatida rasmiylashtirmaydi. Odatda byudjetlar joriy rejalashtirish doirasida bir yilga moʼljallanib, choraklarga (ayrimlari oylarga yoki boshqacha davrlarga) boʼlingan holda ishlab chiqiladi. Lekin koʼp tarmoqli fermer xoʼjaliklari innovatsion texnologiyalarni joriy qilinayotganda byudjetlardan oʼrta muddatli (uch yilva undan ortiq yillarmuddatga)rejalashtirishda ham foydalanadilar. Boshqaruvning barcha pogʼonalarida qarorlar qabul qilinayotganda asosiy eʼtibor moliyaviy masalaga qaratilishi zarur. Bu esa xarajatlarni maqbullashtirish, foydani koʼpaytirish, jalb etilayotgan moliyaviy resurslarni qilinayotgan xarajatlar bilan muvozanatlashtirish va pul oqimlarini muvofiqlashtirish kabi maqsadlarga erishish, umuman, moliyaviy ahvolni yaxshilash imkoniyatini beradi.
Byudjetlashtirish strategik rejalarni aniqlashtiruvchi korxonaning asosiy faoliyatini rejalashtirishga tayanadi. Bu belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi va samaradorligi nuqtai nazaridan oldindan nazorat qilishga, shuningdek, resurslarni oqilona taqsimlashga imkon beradi. Taʼrif davlat byudjetiga mos boʼlsada, u ushbu tushunchaning mohiyatini yetarlicha aks ettirganligi bois, maʼlum darajada tijorat korxonalarining byudjetlariga ham tegishlidir. Byudjetlashtirish yordamida daromadlar va xarajatlarning muvozanatlashganligi tekshiriladi, kapital qoʼyilmalar va moliyaviy resurslar muvofiqlashtiriladi va butun moliya-xoʼjalik faoliyatining samaradorligini oshirish borasidagi ichki imkoniyatlar aniqlanadi. Haqiqiy koʼrsatkichlar hisobi va ularning byudjet koʼrsatkichlaridan farqi, oʼz vaqtida tuzatishlar kiritish maqsadida byudjetlar ijrosini nazorat qilish va byudjetdan chetlanishlarning sabablarini aniqlash, ularni bartaraf qilish yoʼllarini topish uchun ushbu chetlanishlarni tahlil qilish asosini tashkil etuvchi boshqaruv vazifalari hisoblanadi. Аslida byudjetlashtirish butun bir tizim boʼlib, unda rejalashtirish, hisob, nazorat, tahlil va faoliyat qoniqarli moliyaviy natijalarni hamda toʼlov qobiliyati darajasini taʼminlash nuqtai nazaridan boshqarish uygʼunlashib ketadi. Baʼzi mutaxassislar boshqaruv hisobi tizimlarining taʼsirchanligi asosiy printsiplarning umumlashmasini taʼminlaydi xolos, deya taʼkidlab, xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishning byudjet usulini umum qabul qilingan boshqaruv hisobi printsiplariga kiritadilar (avvalo yirik tashkilotlarga nisbatan). Yaʼni boshqaruv hisobida byudjetlashtirishdan foydalanilmasa, rahbariyat korxonaning moliyaviy
natijalarini samarali boshqarish uchun zarur axborot bilan taʼminlanmaydi. Bundan tashqari, byudjetlashtirish boshqaruv hisobining tarkibiy qismi boʼlib, unda rejalashtirish, byudjetlashtirish, sintetik va analitik schetlarda haqiqiy maʼlumotlarni aks ettirish, byudjetlar ijrosini nazorat va tahlil qilish, vaziyatlarga bogʼliq boshqaruv qarorlari uchun axborotlarni tayyorlash kabilarni oʼz ichiga oladi. Boshqaruv hisobi albatta kelajakka moʼljallangan boʼlishi zarur. Uning asosiy vazifasi -tashkilot rahbariyati uchun uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlarga erishishga qaratilgan oqilona qarorlarni qabul qilish uchun zarur axborotlarni tayyorlash va tashkilotning faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat. Xarajatlar hisobi tizimining asoschilardan biri Charter Garrison XX asr boshlarida anʼanaviy buxgalteriyani xarajatlar hisobiga moslab, “vazifasi allaqachon qilingan xarajatlar haqida maʼlumot toʼplash bilan cheklanuvchi sof tarixiy tannarx hisobi deb atalishi mumkin boʼlgan narsaning odatdagi timsoli” ,
sifatida tavsifladi. Hisob esa, uning safdoshi Garrington Emersonning taʼrifiga qaraganda, “...vaqt ustidan gʼalaba qozonish. U bizni oʼtmishga qaytara turib, kelajakka qarashga imkon berish”ni oʼz maqsadi etib belgilashi lozim. Boshqaruv hisobi oʼtgan hodisalarni oddiygina qayd qilishga emas, kelajak uchun vazifalar belgilash va ularning bajarilishi uchun koʼmak berishga daʼvat etilgan. Byudjetlashtirish tatbiq etilgandagina ularni amalga oshirish imkoni tugʼiladi.
Tadqiqot fermer xo’jaliklarida boshqaruv hisobi, shu jumladan budjetlashtirishni joriy etish va takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan. Olingan xulosa va takliflar asosida fermer xo’jaliklarida boshqaruv hisobi tizimida budjetlashtirishni samarali joriy etish orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Boshqaruv hisobi-fermer xo’jalikning umumiy hisob tizimining chetga chiqishlar bo’yicha boshqaruv usullarini keng qo’llagan holda, buxgalteriya hisobi, tezkor-texnik va statistik hisob funksiyalarini iqtisodiy tahlil, rejalashtirish, nazorat, tartibga solish va istiqbolni belgilash funksiyasi bilan o’zaro uyg’unligini ta’minlaydigan qismi bo’lib, unga xarajatlarning hosil bo’lish joylari va javobgarlik markazlari bo’yicha hisobga olish, hisobning ilg’or tizim va usullarini yaratish hamda tatbiq etish ham kiradi.
Boshqaruv hisobini tashkil etish davlat tomonidan tartibga solinmaganligi uchun fermer xo’jaligi tomonidan unga oid tartib qoidalar boshqaruv hisobiga oid nizom ko’rinishida ishlab chiqilishi va joriy etilishi lozim. Ushbu nizom fermer xo’jaliklarning muhim ichki me’yoriy hujjatlaridan biri hisoblanadi.
Budjetlashtirishning mohiyatini chuqur anglash uchun avval uning boshqaruv hisobidagi o’rni va rolini aniqlab olish zarur. Budjetlashtirish boshqaruv uchun o’ta muhim bo’lgan reja ma’lumotlarini etkazib beruvchi tizim sifatida fermer xo’jaliklarida boshqaruv hisobining ajralmas qismi hisoblanadi.
“Budjet” nafaqat daromad va harajatlarning batafsil rejasi, balki moliyaviy risklarni hisobga olgan holda talablar va majburiyatlarni boshqarish, rejalashtirishning samarali vositasi hamda hodimlarni rag’batlantirish tizimining asosi ham hisoblanib, korxonaning maksimal moliyaviy barqarorlik va moliyaviy samaradorlikka erishishi uchun shakllantiriladi va u asosida taktik hamda strategik qarorlar qabul qilinadi.
“Budjetlashtirish rejalashtirish, hisobga olish, nazorat va tahlil qilish jarayonlarni bir tizimga birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, boshqaruvning eng murakkab, muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi va istiqbolda ko’zlangan maqsadlarni tizimli belgilash hamda ularga erishish uchun kerakli tadbirlarni ishlab chiqish demakdir”
Shunday qilib, fermer xo‘jaliklari xarajat va daromadlarni boshqarishni amalga oshirishda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini budjetlashtirishning muqobil variantlaridan eng maqbulini tanlaydilar. Tanlangan variantni hisobga olgan holda kelgusi davr uchun asosiy faoliyatdan olinishi kutilayotgan moliyaviy natija hisob-kitob qilinadi.
Shunday qilib, zamonaviy boshqaruv hisobi budjetlar tizimiga tayanishi lozim. Byudjetlar tizimi rahbarga boshqaruv qarorlarining samaradorligini oldindan baholash, resurslarni boʼlinmalar oʼrtasida oqilona taqsimlash, korxonaning rivojlanish yoʼllarini belgilash va inqiroz holatlariga yoʼl qoʼymaslikka imkon yaratadi. Budjet tuzish mazkur muammolarni hal qilishning samarali yoʼli hisoblanadi. Budjetlashtirish korxona moliyaviy-iqtisodiy faoliyatining barcha jabhalari: ishlab chiqarish, mahsulot sotish, yordamchi boʼlinmalarning faoliyati va pul oqimlarini boshqarishni qamrab oladi.
Xulosa qilib aytganda, budjetlashtirish boshqaruv hisobining usuli boʼlish bilan birga tarkibiy boʼlinmalar yoki korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida ishlab chiqilgan funktsional sohalar boʼyicha alohida byudjetlar tayyorlash jarayonidir. Yaʼni, mohiyatan, u ichki moliyaviy boshqaruv tizimidir. Аytish mumkinki, budjetlashtirishning tahliliy jarayoni barcha boshqaruv vazifalariga bogʼliq boʼlib, korxona imkoniyatlarini bozor sharoitlariga muvofiq holatga keltirishga yoʼnaltirilgan asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |