Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya Hisobi, tahlil va audit kafedrasi


-rasm. Xarajatlar budjetini tuzish usullari30



Download 1,63 Mb.
bet11/19
Sana26.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#583690
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
3-BOB

2.3-rasm. Xarajatlar budjetini tuzish usullari30
Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish xarajatlarini budjetlashtirish uchun faqatgina kalkulyatsiya usulidan, u ham bo‘lsa to‘liq bo‘lmagan holda foydalanib kelmoqda.
Xarajatlar budjetini shakllantirishning kalkulyatsiya usuli yillik ishlab chiqarish dasturida rejalashtirilgan barcha turdagi mahsulotlarning tannarxini kalkulyatsiyalash, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlarini hisob-kitob qilish ishlarini bajarishga asoslanadi. xarajatlar bir tomondan, kalkulyatsiya moddalari (xom ashyo, yoqilg‘i, ish haqi yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va b.) bo‘yicha, boshqa tomondan esa xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha guruhlanadi.
Ta’kidlash joiz-ki, har qanday usul qo‘llanilganda ham ishlab chiqarish xarajatlarining budjetini tuzishdan maqsad - ishlab chiqarish tannarxini, keyinchalik esa sotilgan mahsulotlarning to‘la tannarxini hisoblashdan iborat. Sotiladigan mahsulotlarning to‘la tannarxini kalkulyatsiya usuli yordamida hisob-kitob qilish ketma-ketligi quyidagicha:

  1. O‘simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi va yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha xarajatlar rejasi (smetasi) tuziladi. Buning uchun biznes-rejaning tegishli jadvallaridan foydalaniladi. Har bir mahsulot turi va ishlab chiqarish tarmog‘i bo‘yicha xarajatlar, ularning iqtisodiy elementlari bo‘yicha jamlash yo‘li bilan hisoblanadi. Har bir element bo‘yicha sarflarni hisob-kitob qilish uchun me’yorlar (urug‘lik, o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari sarfi va sh.o‘.), tariflar (mehnat haqi, ijtimoiy fondlarga ajratmalar) shu kabilar qo‘llaniladi. Ushbu xarajatlar va ishlab chiqarish hajmiga asosan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxi hisoblanadi.

  2. Budjetlashtirilayotgan yil oxiriga har bir tegishli tarmoq bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarining budjeti tuziladi. Uni yil boshidagi haqiqiy tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari bilan taqqoslash ularning yil davomida o‘sishi yoki kamayishini aniqlash imkonini beradi.

  3. Kelgusi davr xarajatlari smetasi tuzilib, budjetlashtirilayotgan yil uchun ularning o‘sishi yoki pasayishini hisoblash imkoniyati yaratiladi.

  4. Budjetlashtirilayotgan yilda jami ishlab chiqariladigan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi aniqlanadi. Mahsulotlar ushbu baho (ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun ishlatiladi.

  5. Sotiladigan mahsulotlarga to‘g‘ri keladigan, ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi aniqlanadi. Alohida hisob-kitob qilish zaruriyati oldingi yillardan o‘tib kelayotgan tovar qoldiqlarini rejalashtirilayotgan yilda sotish, budjetlashtirilayotgan davrda ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlarining bir qismi esa sotilmasdan, keyingi yilga o‘tishi bilan bog‘liq.

  6. Sotish xarajatlari hisoblab chiqariladi. Buning uchun hisob-kitob usuli yoki soddalashtirilgan usulni qo‘llash maqsadga muvofiq. Hisob-kitob usuli ko‘rsatilgan ishni bajaruvchi shaxslar uchun rejalashtirilgan ish haqi, unga nisbatan ijtimoiy fondlar uchun ajratmalar, amortizatsiya ajratmalari, vakillik xarajatlari kabi xarajatlarini jamlashga asoslangan. Soddalashtirilgan usul – o‘tgan yil tajribasidan kelib chiqqan holda (hisobot yilidagi haqiqiy sotish xarajatlarini rejalashtirilayotgan yilda hisobot yiliga nisbatan sotish hajmining o‘sish yoki pasayish koeffitsientiga ko‘paytirish yo‘li bilan) aniqlanadi.

Rejalashtirilayotgan yilda sotiladigan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi (ITs) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqariladi:

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish