Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya Hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Fermer xo‘jaliklarida budjetlashtirish tizimini shakllantirishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish



Download 1,63 Mb.
bet10/19
Sana26.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#583690
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
3-BOB

2.2 Fermer xo‘jaliklarida budjetlashtirish tizimini shakllantirishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va jahon moliyaviy–iqtisodiy inqirozining ta’sirini yumshatish sharoitida barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda xarajatlarni tejash dolzarb va muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlar bajarish hamda sotish jarayonlari xom ashyolarni sotib olish, ishlab chiqarish, tayyor mahsulot olish va ularni sotish kabi bosqichlarning ma’lum va uzluksiz ketma-ketligidan iborat. Bunda har xil - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining uzluksizligi doimiy ravishda xom ashyolarning yangi partiyalarini sotib olish bilan ta’minlanadi, ular boshqa xarajat elementlari (ish haqi, amortizatsiya va sh.k.) bilan birgalikda tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini shakllantiradi. Tayyor mahsulotlar olingan sari tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari yana to‘ldiriladi va ko‘payadi, tayyor mahsulotlarning omborxonadagi zaxirasi sotiladi. Keyinchalik ushbu zaxiralar ishlab chiqarish jarayoni tugallanishi bilan yangidan tiklanadi, tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga korxonaning xarajatlari qoplanadi. Demak tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni ular tayyor mahsulotlarni sotishdan olinadigan pul kirimlari hisobiga qoplanishidan ancha avval amalga oshiradi. Shuning uchun asosiy faoliyatga sarflangan mablag‘lar qaytimsiz sarflanmaydi, faqat kapitalning uzluksiz doiraviy aylanishiga xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadi, ya’ni korxonada doimiy aylanishda bo‘ladi.
Fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari har xil bo‘lib, u korxonaning ixtisoslashuviga bog‘liq. Moliya-hisob ishlarida xarajatlarni guruhlashning bir qancha turlaridan foydalaniladi: iqtisodiy mazmuni bo‘yicha; davlat tomonidan iqtisodiy tartibga solish darajasi bo‘yicha; ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqligi bo‘yicha guruhlash.
Iqtisodiy mazmuni (iqtisodiy elementlari) bo‘yicha ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, moddiy xarajatlar, mehnat haqi, ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi hamda boshqa xarajatlarga (mulklarni majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalash, ijara to‘lovlari, xizmat safari xarajatlari, vakillik xarajatlari, kadrlar tayyorlash, reklama va h.) bo‘linadi.
Asosiy faoliyatning xarajatlari mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini shakllantiradi.
Xarajatlarni iqtisodiy elementlari bo‘yicha mahsulot (ish. xizmat) ishlab chiqarish va davr xarajatlari yo‘nalishida guruhlash tayyor mahsulotlarning rejali va haqiqiy tannarxini hisoblash hamda uni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Davlat tomonidan tartibga solinishi bo‘yicha xarajatlar soliqqa tortish maqsadlari uchun limitlangan (xizmat safari, vakillik xarajatlari va sh.k.) va limitlanmagan xarajatlarga bo‘linadi. Foydani soliqqa tortishda hisobga olinadigan moliyaviy natijalarni shakllantirishda limitlanadigan xarajatlar me’yoriy hujjatlarda belgilangan limitlar doirasida mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Limitdan ortiqcha xarajatlar korxonaning moliyaviy natijasiga qo‘shiladi va foyda solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazani ko‘paytiradi.
Bozor sharoitida umumiy moliyaviy natijalar budjetini tuzish va tahlil qilish uchun xarajatlarni ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘liqligi bo‘yicha guruhlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu belgi bo‘yicha xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi. Darhaqiqat, sohaning yetakchi olimlari A.X.Pardaev va B.X.Pardaevlar “Xarajatlarning ayni vaqtgacha nafaqat nazariyachi olimlar, balki amaliy iqtisodchilar tomonidan ham umume’tirof etiladigan klassifikatsiya belgilari ichida boshqaruv hisobi uchun alohida ahamiyat kasb etadigan xarajatlar “doimiy” va “o‘zgaruvchan” xarajatlar sifatida guruhlanishidir”29 deb ta’kidlaydilar. Doimiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq emas (ma’muriy-boshqaruv xarajatlari, vaqtbay ish haqi, amortizatsiya, ijara haqi va b.), o‘zgaruvchan xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmiga mutanosib ravishda o‘zgaradi (sarflangan urug‘lik qiymati, yem-xashaklar, yoqilg‘i moylash materiallari, ishbay ish haqi va h.). Xarajatlarni bunday guruhlash moslashuvchan dastur – operatsion tahlil smetasini tuzish va fermer xo‘jaligini samaraliroq moliyaviy boshqarish uchun zarur (zarar ko‘rmaslik nuqtasini, ishlab chiqarish liveridjini, moliyaviy mustahkamlik zaxirasini aniqlash va hokazolar).
Amaliyotda xarajatlarni oqilona boshqarishni ta’minlaydigan ularning boshqacha guruhlanishi ham qo‘llanilishi mumkin (hisob belgisi, bir xillik darajasi, mahsulot birligining tannarxiga qo‘shish usuli bo‘yicha va boshqalar)
Fermer xo‘jaliklari xarajatlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat ularning tarkibini aniqlash imkonini beradi. Xarajatlarning tarkibi va tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, reja hisob-kitoblari, maqbul assortiment va baho siyosatini ishlab chiqish hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliya-xo‘jalik masalalarini hal etish uchun qo‘llaniladi.
Amaliyotni o‘rganish shuni tasdiqlaydiki, ko‘pchilik fermer xo‘jaliklari xarajatlar budjetini tuzishda, odatda, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va korxona resurslaridan kelib chiqqan holda, ya’ni deyarli bozor talabi o‘rganilmasdan, mahsulot ishlab chiqarish mo‘ljal qilinadi. Bu holda sotiladigan mahsulotlarning miqdori tovar mahsulotlarining yil boshiga bo‘lgan qoldiqlarini rejalashtirilayotgan yildagi ishlab chiqarish hajmi bilan qo‘shish va undan ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan hamda qoldiq sifatida keyingi yilga o‘tadigan mahsulotlar qiymatini chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
F ermer xo‘jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari budjetlarini tuzishning har xil uslublari mavjud (2.3-rasm).

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish