1.«Qiyosiy pedagogika» fani bo’yicha berilgan savolga reja asosida nazariy javob yozing. Shaxsiy takliflaringizni bayon qiling.
Xalqaro TIMSS baholash dasturlarining ahamiyati
2. Klaster jadvalida Janubiy Koreya mamlakati uzluksiz ta'lim tizimini yoriting!
3. Singapur va O’zbekiston davlatlaridagi ta'lim tizimining o`ziga xos xususiyatlarini «VЕNN» diagramasi asosida taqqoslang. Farqli jihatlarini -X qismiga va o`xshash jihatlarini –XX qismiga yozib chiqing.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilgan.
Mazkur xalqaro baholash dasturlari va ular doirasidagi tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muayyan davriylik asosida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan OECD hamda IEA tashkilotlari oʻrtasida imzolangan kelishuv hujjatlariga binoan Oʻzbekiston Xalqaro oʻquvchilarni baholash PISA-2022 (avvalgi PISA-2021) hamda Oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi PIRLS-2021 da ishtirok etishga kirishilgan.
Endilikda, TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga kirishildi. Bu borada IEA tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy taklifi”ga muvofiq Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi.
IEA rahbariyati Oʻzbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun ekanligini aytib, Oʻzbekistonning taʼlim sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos kelishi haqida maslahatlar berdi. Bundan tashqari, IEA 2021-yil fevral oyida Germaniyaning Gamburg shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan milliy tadqiqot koordinatorlarining birinchi yigʻilishiga taklif qildi va Boston kolleji mutaxassislari bilan turli xil baholash modellarini muhokama qilish, tadqiqotlar yoʻnalishlarining afzallik va kamchiliklari haqida muhokamalar olib borish uchun qulay imkoniyat yaratib berilishi haqida maʼlum qildi.
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi.
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi.
TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, buni 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga koʻra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan.
PISA 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholasa, PIRLS 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi. TIMSS xalqaro baholash dasturi esa, 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholaydi. PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin.
PISA va TIMSS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini inobatga olinsa, Respublikamizda matematika sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi deb aytish mumkin.
Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi.
Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy fanlar 4- va 8- sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston matematika va tabiiy fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi, agar bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar oʻrganiladi va tadqiq etiladi.
Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Janubiy Koreya ta`lim tizimi va t a`lim muassasalariga qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi PQ-3389-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida joriy yilning oktyabr – noyabr oylarida Davlat test markazi delegatsiyasi tajriba almashish uchun Janubiy Koreyaga tashrif buyurdilar.
Xizmat safari davomida xodimlar Uzluksiz ta'lim milliy universiteti (National Institute for Lifelong Education), Koreya milliy ta'lim universiteti (Korea National University of Education), Koreya ta'limini rivojlantirish instituti (Korean Educational Development Institute), Koreya ta'limi va dasturlarini baholash instituti (Korea Institute for Curriculum and Evaluation), Koreya tadqiqotlar instituti (Academy of Korean Studies), Koreya kasb – hunar ta'limi va o‘qitish instituti (Korea Research Institute for Vocational Education and Training), Koreya ta'lim va tadqiqot axborot xizmati (Korea Education and Research Information Servis)ga tashrif buyurdilar va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, sohaga oid tashkil etilgan davra suhbatlarida ishtirok etdilar.
Xizmat safari davomida Koreya Respublikasidagi test sinovlari O‘zbekiston Respublikasidagi test sinovlaridan keskin farq qilmasligi ma'lum bo‘ldi. Shu asnoda hamkorlik asosida Davlat test markazi faoliyatini va test sinovlarini tashkil qilish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar shakllantirildi.
Shuningdek, Uzluksiz ta'lim milliy universiteti (National Institute for Lifelong Education) va Koreya ta'limi va dasturlarini baholash instituti (Korea Institute for Curriculum and Evaluation) bilan halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 2019 yilning II-choragida memorandum imzolash rejalashtirildi.
Memorandumni imzolashda yaqin kelajakda amalga oshiriladigan quyidagi ishlarni amalga oshirishga katta e'tibor beriladi:
testologiya sohasi mutaxassislari bilan muntazam tajriba almashish maqsadida onlayn seminarlar tashkil qilish;
ta'lim muassasalarida masofaviy ta'lim kurslarini tashkil etish bo‘yicha Koreya tajribasini respublikamizda joriy etish;
masofaviy ta'lim berish kurslarining ta'lim dasturlari yakuni bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan to‘lov evaziga test sinovlarini tashkil etish. Bunda, test sinovlari yakunlari bo‘yicha to‘plangan ball ta'lim oluvchilarning davlat namunasidagi qat'iy nazoratdagi hujjatni olishi uchun asos bo‘ladi.
Oldingi o‘quv yili va joriy o‘quv yili umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasi bitiruvchilari uchun test sinovlari boshqa-boshqa muddatlarda tashkil etiladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan to‘lovlar amalga oshiriladi. Shuningdek, fanlar majmuasidagi fanlar sonini ko‘paytirish, test topshiriqlarini takomillashtirish hamda talabgorlarga bir nechta ta'lim yo‘nalishlarini tanlashga imkoniyat yaratish amalga oshiriladi.O‘ylaymizki, Janubiy Koreya davlatiga qilingan tashrif va to‘plangan tajriba mahalliy ta'lim tizimini xalqaro andoza asosida takomillashtirish, iqtidorli, bilimli va yuqori salohiyatli yoshlarni saralash hamda oliy ta'lim muassasalariga qabul qilishda muhim o‘rin tutadi.
Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo‘lgan 1945 yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, koreyslarda ta’lim tizimi 1894 yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin. 1881 yili Koreyadagi Choson xukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g‘arbliklar harbiy san’atdan dars bera boshladilar.
Bu o‘z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta’limini yuzaga kelishini ta’minladi. Garchi 1882 yili maxsus qo‘shin uchun darslar to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta-sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham vujudga kelib boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1894 yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini boshqaruvchi institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895 yildan boshlang‘ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900 yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan «Xususiy maktablar to‘g‘risidagi qonun» qabul qilindi. 1910 yili Koreya va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta’lim tizimini keskin o‘zgartirish yo‘lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo‘yildi. Bu davrda 1911 yil 23 avgustda qabul qilingan «1-Choson ta’lim buyrug‘i» amal qildi.
Unga ko‘ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni, maxalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang‘ich ta’lim olar, o‘rta va oliy ta’lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o‘ylangan rejalari qatoriga kirardi. Ammo 1919 yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya xukumati biroz yon berishga majbur bo‘ldi va buyruqqa o‘zgartirish kiritib, boshlang‘ich ta’lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi. 1922 yil 4 fervralda «2-Choson ta’lim buyrug‘i» qabul qilindi. Bu buyruqqa ko‘ra, ta’lim muddatlari uzaytirildi. Ya’ni, oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, 1924 yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. O‘sha yili Xitoy-Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada nazorat yanada kuchaytirildi.
Oddiy maktablar va boshlang‘ich maktablar,yuqori va o‘rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943 yil 3 avgustda «4-Choson ta’lim buyrug‘i» imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta’lim soxasidagi zo‘ravonligi kuchaydi. Jumladan, o‘rta va yuqori maktabalarda ta’lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o‘rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o‘laroq, 1944 yilgi Koreya umumiy Arxiv qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda o‘sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo‘g‘i 13,8%ni tashkil etgan. 1945 yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadgi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreada tabiiyki boshqa soxalar qatori ta’lim tizimini o‘zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo «Ta’limni rivojlantirish qo‘mitasi» tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo‘yildi. Ta’lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963 yillardan boshlab esa ta’lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e’tibor kuchaydi. 1981 yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta’lim berish va xususiy ta’lim maskanlari faoliyatini qonunan ta’qiqlab qo‘ydi. Lekin maktabda mustaqil shug‘ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992 yilga kelib esa boshlang‘ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun xukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi.
Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga xuquqli bo‘lib, buning uchun maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1 mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta’lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta’limdan keyingi «zinapoya» vazifasini o‘rta ta’lim bajaradi. O‘rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta ta’lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O‘rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo‘linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat,Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi),Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo‘jaligi,sanoat,dengiz xo‘jaligi,axborot),maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab),texnika maktablari,chet tili maktabi,jismoniy tarbiya maktabi,san’at maktablari. Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi. VENN DIAGRAMMASI
Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ortiq doiralarda qo’llaniladi, ular o’rtasida yozish uchun etarli joy qolishi kerak. U g’oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini ko’rsatib berishi kerak.
Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
1) o’quvchilar Venn diagrammasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda Venn diagrammasini tuzadilar va kesishmaydigan joylarni to’ldiradilar;
2) juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar;
3 ) doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.
B-B-B JADVALI – BILAMAN/ BILMOQCHIMAN/ BILIB OLDIM
Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
1) jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar;
2) “Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz?” va “Nimani bilmoqchisiz?” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning birinchi va ikkinchi bo’limlarini to’ldiradilar;
3) ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar;
4) mustaqil yoki kichik guruhlarda jadvalning uchinchi bo’limini to’ldiradilar.
B-B-B JADVALI
|
Bilaman
|
Bilmoqchiman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |