Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga oʻtib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’naviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Ma’naviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal boʻlgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bogʻliq. A. me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatlariga koʻra tabaqalashtiriladi. A. qiymati mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida eskirgan jihozlar oʻrniga yangisini sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar summasi tarzida jamgʻariladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqxoʻjaligi barcha tarmoqlarining asosiy ishlab chiqarish fondlari amaldagi (joriy) narxlarda 1993-yilda 19218,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.Ahmadjon Oʻlmasov.
Do'stlaringiz bilan baham: |