1 topshiriq
Bizda azal-azaldan oila eng muqaddas va moʻtabar maskan hisoblanib,
jamiyat uchun yetuk va komil shaxslarni tarbiyalash ajdodlarimizning yuksak
burchi va mas’uliyati sanalgan. Oilada farzand tarbiyasiga alohida ahamiyat berish
masalasiga asrlar mobaynida xalqimiz hech qachon befarq qaramagan. Ammo turli
hayot tarzlari va g‘oyalar keskin raqobatga kirishgan bugungi kunda dunyoda yuz
berayotgan shiddatli axloqiy o‘zgarishlar, hayotimizga kirib kelayotgan
kommunikasion yangilanishlar ta’sir qilib, bunday murakkab vaziyatda
oilalarimizdagi
asrlar
mobaynida
saqlanib
kelayotgan
yuksak
insoniy
an’analarimizni hozirgi davr an’analari bilan boyitgan holda bola tarbiyasida
qo‘llashimiz, ular qalbida vatanparvarlik, odamiylik, iymon e’tiqod tuyg‘ularini
uyg‘otib, oila qarshisidagi mas’uliyatni his qila bilish, oilaviy hayotning murakkab
jihatlarini anglash, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayorlashga
o‘rgatishimiz lozim.
Mutaxassislarning fikricha, tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga
yetadi. Demak, biz farzandimizga besh yoshgacha nima qilgan bo‘lsak, bu
tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi. Keyingi tarbiya esa qayta
tarbiyalash negizida davom etadi. Ana shu jarayonda bola tarbiyasiga o‘ta e’tiborli
bo‘lishimiz lozim. O‘g‘il-qizlarimizning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish,
ularni har jihatdan barkamol etib tarbiyalash maqsadga muvofiq. O‘z navbatida,
farzand tarbiyasida onaning mehri otaning talabchanligi, lozim bo‘lganda
qattiqqo‘lligi bilan mushtarak bo‘lmog‘i kerak.
Oilada ayniqsa otaning o‘rni beqiyos. Markazimiz tomonidan olib
borilayotgan tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda
ko‘pgina oilalarda otaning mavqei ikkinchi darajaga tushib qolgan. Onaning o‘z
erini mensimay qo‘yishi, bolalar oldida uni kamsitish, g‘ururini yerga urish
hollariga tez-tez duch kelmoqdamiz. Bunday hollar farzandlar tarbiyasiga o‘ta
salbiy ta’sir etishi aniq. Otaning hurmat-izzatini joyiga qo‘ymaydigan farzand uyda
ham, ko‘chada ham xohlagan noma’qulchiligini qilaveradi. Shu sababli ham bizda
qadim-qadimdan bola tarbiyasida otaning mavqei va obro‘si har doim juda baland
bo‘lib kelgan.
Bugungi kunda jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk
insonni shakllantirish talablari ham ortib bormoqda. Bu esa, oilada bolaga
psixologik, estetik, axloqiy, diniy-ma’rifiy, jinsiy tarbiya berish sifati va ko‘lamini
oshirishni taqozo etmoqda. Farzand tarbiyasida bola huquqlari hech qachon
kamsitilmasligi kerak. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy
olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Qisqa qilib aytganda,
ajdodlarimizning uzoq davr mobaynida tarbiya sohasida orttirgan tajribalari
asosidagi ta’limotlar negizida shu ma’no anglashiladiki, tarbiyachining o‘zi
hamisha o‘rnak bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi‖da
ham bu muhim masalaga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Jumladan, mazkur
hujjatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolgan holda zamonaviy oila
modelini shakllantirish uchun tarixiy-madaniy shart-sharoitlarni kompleks tadqiq
etish, ularni keng targ‘ib qilish va hayotga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan
takliflarni ishlab chiqish belgilangan.
Bu borada yosh avlodda ma’naviy-axloqiy, odob qadriyatlarni va ota-onaga
hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va
madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish, oilada avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro. aloqani
saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy an’analarni rivojlantirish,
bolalarning nazoratsizligi va qarovsizligi, ular orasidagi huquqbuzarliklar va
jinoyatlarning oldini olishga doir samarali mexanizmlarni joriy qilish, farzand
tarbiyasida oilaning javobgarligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash,
saqlash va rivojlantirish, oila a’zolarining huquqlariga rioya qilish, bolaning oilada
yashash va tarbiya olish huquqini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalash
omillariga alohida e’tibor qaratish nazarda tutilgan. Shulardan kelib chiqib, har
birimiz farzandlarimiz tarbiyasiga o‘ta e’tiborli bo‘lishimiz, bu muhim masalada
loqaydlik va beparvolikka yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Bu borada, ayniqsa,
avloddan avlodga o‘tib kelaѐtgan qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish eng
avvalo, ota-onalarning oldida turgan ustuvor vazifadir. Boshqacha aytganda, har
bir inson milliy qadriyatlarimizga ahamiyat qaratib, o‘z farzandi ongida axloqiy
qadriyatlarni bolaligidanoq shakllantirib borishi lozim
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ayollar jamiyatda ko’plab
yutuqlarga erishmoqda misol uchun Andijon viloyatida bir nechta tumanlariga
hokim etib tayinlandi. Bu ayollarning jamiyatdagi yutig’i hisoblanadi.
Jamiyatda xotin qizlarni o’rni tobora yaxshilanib bormoqda. Prezidentimiz
bu borada bir qator qarorlarni imzoladi. To’g’ri ayollarni jamiyatga qo’shish kerak
lekin bir tomonlama qaralganda ayollning asosiy vazifasi uyda bollalar tarbiyasiga
qarashdir. Ishxona, korxonalarda, davlat organlarida ishlaydigan ayollarga vazifa
ko’p yuklanmoqda buning natijasida ayollarimiz farzdand tarbiyasiga yetarlicha
vaqt ajrata olmayabdi. Shu sababli bugungi kunda yoshlar o’rtasidagi jinoyatlar ota
ona tomonidan beriladigan tarbiyaga borib taqalmoqda. Agar davlat orginlari,
korxonalarda ishlaydigan ayollarning ish stajlari ozgina qisqartirilib yoki 5 kunlik
ish stajiga o’zgartirilsa va bugungi kunda koronavirus sababli masofaviy ishlash
yo’lga qoyilganidek, ayollarga masofaviy ishlash yo’lga qo’yilsa uyda farzandlari
tarbiyasiga e’tibor yanada kuchaygan bo’lar edi.
2 topshiriq
Andijon tuman Hokimi
Rahmatillo Ulug’bekovga
Andijon tumani
Gulzor ko’chasi 2 – uyda
yashovchi
Xondamirov
Ardamirdan
Ariza
Men Andijon tumani Gulzor ko’chasi 2 – uyda yashovchi Xondamirov
Ardamir. Ushbu arizani yozishimdan maqsad bizning kochamizning chiroqlari
kechasida
yaxshi
yoritmayotganligi
uchun,
yosh
bollar
va
qariyalar
qiynalayotganligi sabali ushbu holat yuzasidan Andijon tuman hokimi Rahmatillo
Ulug’bekovga tegishli davlat organlari tomonidan amaliy yordam berishingizni
so’rayman.
10.06.2020
/imzo/
A.Xondamirov
3 topshiriq
Chingiz Aytmatov. Oq kema
Ot naqadar aqlli jonivor! U ayni shu paytda toshlarga qoqinib, toyinib
pastromkani torday tarang tortib oldinga silkindi. Lekin yog‘och o‘rnidan bir
qo‘zg‘aldi-yu, toyib yana botib qoldi. Ot yana bir silkindi va o‘zini tutib qololmay
suvga yiqilib tushib, tipirchilagancha egar-jabdug‘iga o‘ralashib qoldi.
Mo‘min otni ko‘tarishini aytib, O‘rozqulni turtdi. Ular birgalikda otni bazo‘r
oyoqqa turg‘azib qo‘yishdi. Ot sovuqdan titrar, arang suvda turardi. Mo‘min
O‘rozqulga otni yechishni, boshqatdan bog‘lashlarini aytib, pastromkani olishni
buyurdi. Avval negaligini tushunmay hayron bo‘lgan O‘rozqul, jimgina bo‘ysuna
qoldi. Otni yechib bo‘lgach, Mo‘min uning yuganini oldi.
Otga dam berib, ketishga chog‘lanishdi. Birdan o‘rozqul cholni to‘xtatdida,
qo‘lidan yuganini tortib oldi. U xuddi uyqudan ko‘z ochganday bo‘ldi. Birdan yana
asl holiga qaytdi. Cholni g‘adablab, yog‘ochni hozir chiqarishlarini, kechqurun
yog‘ochga odamlar kelishini aytdi. Mo‘min O‘rozqulning otni gap-so‘zsiz
egarlash to‘g‘risidagi buyrug‘iga quloq solmay, jimgina burildida, sovuq qotgan
oyog‘i bilan oqsagancha sayoz joydan qirg‘oq tomon yurdi. O‘rozqulning tahdidli
savoliga chol pinagini buzmay, maktabga ketayotganini, nabirasi u yerda tushdan
beri kutayotganligini aytdi.
O‘rozqul cholni qaytarishga urindi. Ammo chol quloq solmadi.O‘razqul
otni dalada qoldirib, salkam qirg‘oqda, toshloq ustida Mo‘minga yetib oldi,
yelkasidan ushlab o‘ziga tortdi. Ular yuzma-yuz turib qolishdi. O‘razqul epchillik
bilan cholning bo‘yniga osilgan eski kirza etikni yulib oldi-da, qaynotasining
boshiga, yuz-ko‘ziga ikki marta qulochkashlab urdi. O‘rozqul etiklarni bir chetga
uloqtirarkan, xirillagan tovush bilan cholga yurishni buyurdi.
Chol etik oldiga borib, uni ho‘l qumdan ko‘tarib, qaddini rostlaganda
lablaridan qon tirqirab oqar-di. Mo‘min qonni tupurarkan, so‘kinib etikni yana
yelkasiga ildi
Yaramas! Bu hech kimning so‘zini qaytarmagan Mo‘min chaqqonning so‘zi
edi. Bu sovuqdan ko‘kargan, eski etiklarini yelkasiga ilgan, lablari qonab ketgan
bechora cholning so‘zi edi.O‘razqul uni sudradi. Lekin Mo‘min kuch bilan uning
qo‘lidan siltanib chiqdi-da, orqasiga qaramay jimgina nariga ketdi. Endi cholning
kunini ko‘rsatishini aytib O‘razqul uning orqasidan mushtini do‘laytirib dag‘dag‘a
qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |