120
8.3-§. Asosiy fondlar eskirishini hisoblash va kapital ta`mirlash ishlarining
moliyaviy ta`minoti
Kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarning
hisobi natura va
qiymat ko’rinishida olib boriladi.
Asosiy fondlarni
natural baholash
–
reja asosida
asosiy fondlarni yangilab
borish, korxonani texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish,
asosiy vositalarni joriy va kapital ta`mirlash ishlarining hisobini olib borish,
ularning guruh va turlari bo’yicha
grafiklar tuzish, ehtiyot qismlar va ta`mirlash
materiallariga ehtiyojni aniqlash kabi vazifalarni echish imkonini beradi.
Asosiy fondlarning qiymat ko’rinishida baholash - ularni qayta tiklashni
rejalashtirish, mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya
hajmini belgilash, asosiy
fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish kabi
iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganish imkonini beradi.
Asosiy fondlar boshlang’ich qiymat bo’yicha, tiklanish qiymati bo’yicha va
qoldiq qiymati bo’yicha baholanadi.
Asosiy fondlarning boshlang’ich
qiymati
- asosiy vositalarni qurish, sotib
olish va ishga tushurish xarajatlari qiymati yig’indisidan tashkil topadi.
Asosiy
fondning boshlang’ich qiymati korxonaning mazkur mashina yoki inshootni ishga
tushurgan (sotib olgan) kunda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan qiymatidir.
Asosiy fondlarning tiklanish qiymati - asosiy fondlarni real vaqtda
inflyatsiya, ma`naviy eskirish va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash.
Tiklash qiymatida baholash obyektning real vaqtdagi qayta ishlab chiqarish
davrida qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati
Moliya vazirligi tomonidan asosiy fondlarni qayta baholash koeffitsientlari e`lon
qilinganda, auditorlik tekshiruvi va inventarizatsiya o’tkazish
jarayonida amalga
oshiriladi.
Asosiy fondlarning qoldiq qiymati - asosiy fondlarning boshlang’ich
qiymatidan ularning eskirish summasi ayirmasidan iborat bo’ladi. Asosiy
121
fondlarning qoldiq qiymati ularning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
jarayonida boshlang’ich qiymatini mahsulot tannarxiga o’tkazilmagan qismidir.
Asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ishga
tushurish davridagi boshlang’ich va qayta baholash koeffitsentlari e`lon qilinganda,
qayta baholashdan keyingi, tiklanish), qiymati balans qiymati deb ataladi. Asosiy
vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning
balans qiymatidan eskirish
summasini ayirish orqali topiladi (8.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: