Mavzu:MS Excel elektron jadvalida diagrammalar va grafiklar bilan ishlash. Laboratoriya mashg’ulot maqsadi:Talabalarda diogrammalar, grafiklar tuzish va boshqa shu kabi imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha bilim va malakalarni hosil qilish.
Kerakli jihozlar:Kompyuter,Windows operatsion tizimi, Microsoft Office paketi (Xususan MS Excel dasturi).
Uslubiy ko’rsatma: Excel da bajarilgan hisob-kitob ishlarini natijalarini tushunarli, chiroyli va foydalanuvchi uchun qulay ko`rinishda tasvirlash imkonini grafik va diagrammalar bеradi. Ba'zan, masalalarni еchimini grafik yoki diagramma ko`rinishda bеrilishi paramеtrlarni tahlil qilish, ularni taqqoslash jarayonlarini osonlashtiradi.
Odatda grafik yoki diagrammalar yasash uchun ma'lumotlar tayyorlanadi. Ma'lumotlar esa tajriba yo`li bilan yoki biror formulalarni hisoblash natijasida tayyorlanishi mumkin.
Misol 1. Buxoro shaxridagi «Komp Sеrvis» firmasida 2018 yil may oyining birinchi o`n kunligida kopyuterlar sotish jarayonini tahlil qiling.
Kopyuterlar sotish jarayonini tahlil qilish uchun diogrammalardan foydalanamiz. Bu uchun diogrammalarni yaratish lozim. Diogramma yaratish uchun quyidagi ishlar ketma-ket bajariladi.
Jadval ma’lumotlari kiritiladi.
“Вставка” lentaning “Диограммы” sohasidan kerakli diogramma turi tanlanadi.
Rasm 1 Bir jadval uchun bir necha diogramma yaratish mumkin. Yangi diogramma yaratish uchun har doim 2 va 3 qadamdagi ishlar bajariladi. Xuddi shuningdek jadval ma’lumotlari uchun grafiklar ham yaratish mumkin.
Har bir yaratilgan diogramma va grafikning formatlarini o’zgartirib, diogramma va grafiklarni yanada chiroyli qilish mumkin. Diogramma va grafikning formatlarini o’zgartirish uchun quyidagi ishlar ketma-ket bajariladi.
Formati o’zgartiriladigan diogramma yoki grafik tanlanadi. (Tanlash uchun kursatkich ob’ekt ustiga olib borib faollashtiriladi.)
Kontekst menyudan “Формат области диограммы…” buyruq ishga tushiriladi.
Ochilgan “Формат области диограммы” sohadan mos ishlar belgilanadi.
Rasm 2 Yaratilgan diogrammalarni yanada tushunarli qilish uchun kerakli dogramma tanlangach, lentada paydo bo’lgan “Работы с диограмми” sahifasini ochib “Конструктор” yoki “Макет” yoki “Формат” varaqlaridagi buyruqlarni tanlash mumkin. Quyida “Конструктор” varaq’i buyruqlari ochilgan.