Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Tashkiliy tuzilma nima? 
2. “Tuzilma” so’zi qanday ma`noni anglatadi? 
3. Kommunal infratuzilma korxonalarida tashkiliy tuzilmalarning qanday 
turlaridan foydalaniladi? 
4. Chiziqli tuzilmaning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat? 
5. Funktsional tuzilmaning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat? 
6. Korxona tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish omillarini aytib bering. 
7. Korxonaning tuzilmasi qaysi omillar ta`siri ostida shakllanadi? 
8. Boshqaruv tuzilmasiga qo’yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat? 
9. Korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasidagi bo’linmalar o’rni va 
ahamiyatini tushuntiring. 
10. Korxona tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish qanday amalga 
oshiriladi? 


112 
8-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA KORXONALARINING ISHLAB 
CHIQARISH QUVVATLARI VA ASOSIY FONDLARNI BOShQARISH 
 
Tayanch iboralar: 
Asosiy fond, ishlab chiqarish quvvatlari, amortizatsiya, 
amortizatsiya ajratmalari, ishlab chiqarish fondlari, noishlab chiqarish fondlari, 
eskirish qiymati, jismoniy eskirish, ma`naviy eskirish, uzatuvchi tizimlar, loyiha 
quvvati, ta`mirlash tsikli.
 
 
8.1-§. Asosiy fondlarning korxona faoliyatidagi o’rni va tarkibiy xususiyatlari 
 
Asosiy fondlar korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi ishlab 
chiqarish quvvatlarining asosini shakllantiradi. Asosiy fondlar korxona ishlab 
chiqarish vositalarining
 
asosiy qismini tashkil etib, ular ishlab chiqarish jarayonida 
uzoq vaqt davomida xizmat qiladi. O’z moddiy salohiyatini va o’z qiymatini 
tayyorlanayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga qismlab 
o’tkazib boradi. Asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida eskirishi hisobidan 
o’z qiymatining ma`lum bir qismini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga 
o’tkazishi amortizatsiya deb atalib, eskirish qiymati yig’indisi amortizatsiya 
ajratmalarini tashkil etadi. 
Asosiy fondlar korxona faoliyatidagi ishtirokiga ko’ra ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari 
korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita ishtirok etib, 
korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini tashkil etadi. Kommunal xo’jaligi 
korxonalarida asosiy fondlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 

ishlab chiqarish binolari va inshootlari; 

uzatish quvurlari va tizimlari; 

kuch beruvchi mashinalar va mexanizmlar; 

ishlab chiqarish mashinalari va uskunalar; 

transport vositalari; 


113 

o’lchov va hisobga olish asboblari va qurilmalari; 

ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi, xizmat muddati bir 
yildan ortiq bo’lgan turli ishlab chiqarish inventarlari va asboblari. 
Aholining doimiy yashashi va hayotiy faoliyatini ta`minlash uchun 
foydalaniladigan uy-joy fondlari kommunal xo’jaligi korxonalari asosiy fondlari 
tarkibiga kirmaydi va uy-joy fondidan foydalanish, texnik xizmat ko’rsatish, 
ta`mirlash va qayta tiklash bilan bog’liq savollar alohida bobda ko’rib chiqiladi. 
Kommunal infratuzilma korxonalarining asosiy fondlari ishlab chiqarish va 
xizmat ko’rsatish xarakteridan kelib chiqib iqtisodiyotning boshqa sohalaridagidan 
tubdan farqlanadi. Ularning farqlanuvchi jihatlari asosan quyidagilardan iborat: 

kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarning katta qismini 
uzatish quvurlari va tizimlari tashkil etib, ular maxsus loyiha-smeta hujjatlari 
asosida uzoq muddat davomida qurib ishga tushiriladi; 

asosiy fondlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida yagona 
tizim shaklida faoliyat ko’rsatadi va tizimda ishtirok etayotgan asosiy vositalardan 
biri yoki bir nechtasini to’xtatib qo’yish, chetlashtirish imkoni mavjud emas 
(avariya holatlari bundan mustasno); 

ishlab chiqarish quvvatlarini bir vaqtning o’zida to’liq almashtirib, 
yangilab bo’lmaydi va bu jarayon tizimda doimiy ravishda amalga oshirib boriladi;

asosiy fondlarning eskirish muddatiga va mehnat unumdorligiga tabiiy 
iqlim va ob-havo katta ta`sir ko’rsatadi.
Kommunal infratuzilma sohasidagi korxonalarning ishlab chiqarish va 
xizmat ko’rsatish xususiyatidan kelib chiqib asosiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish fondlarining asosiy qismi tubdan farqlanadi. Masalan: 

elektr energiyasi ta`minoti korxonalarida yuqori kuchlanishli elektr 
magistrallari, 
elektr 
energiyasi 
uzatuvchi 
podstantsiyalar, 
taqsimlovchi 
transformatorlar, elektr uzatish liniyalari; 

issiq suv va issiqlik energiyasi korxonalarida qozonxonalar, issiqlik 
uzatish magistrallari, quvurlar, taqsimlash elevator uzellari; 


114 

suv ta`minoti korxonalarida suv havzalari, suvni tindirish va tozalash 
inshootlari, nasos stantsiyalari, suv uzatish magistrallari va quvurlari; 

gaz ta`minoti korxonalarida gaz magistrallari, yuqori, o’rta va past bosimli 
gaz quvurlari, gaz taqsimlash punktlari; 

maishiy chiqindilarni tashish va qayta ishlash korxonalarida maxsus 
transport vositalari va chiqindini qayta ishlash uskunalari asosiy ishlab chiqarish 
quvvatlarni tashkil etadi. 
Kommunal infratuzilma korxonalarida asosiy ishlab chiqarish quvvatlarining 
tarkibiy xususiyatiga ko’ra bunday farqlanishi ushbu korxonalar faoliyatini tashkil 
etish va rejalashtirishda o’ziga xos yondashishni talab etadi. 
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxonaning asosiy ishlab chiqarish 
faoliyatida bevosita ishtirok etmaydi. Ularning eskirish qiymati ko’rsatilgan xizmat 
va ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga bevosita qo’shilmaydi. Noishlab 
chiqarish asosiy fondlari tarkibiga korxona balansidagi boshqarish va asosiy ishlab 
chiqarish jarayoniga, ishchi xodimlarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan 
ma`muriy, xo’jalik binolar, oshxona, profilaktoriya, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar 
uchun xizmat qiluvchi binolar, bolalar bog’chalari, sport-sog’lomlashtirish va 
boshqa obyektlar va ulardagi asosiy vositalar kiritiladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirokidan 
kelib chiqib aktiv va passiv guruhlarga bo’linadi. Kommunal xo’jaligi 
korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv guruhiga yuqori 
kuchlanishli elektr magistrallari, elektr energiyasi uzatuvchi podstantsiyalar, 
taqsimlovchi transformatorlar, elektr uzatish liniyalari, qozonxonalar, issiqlik 
uzatish magestrallari, quvurlar, suvni tindirish va tozalash inshootlari, nasos 
stantsiyalari, suv uzatish magistrallari va quvurlari, gaz magistrallari va quvurlari, 
gaz taqsimlash punktlari, maxsus transport vositalari, kuch beruvchi mashinalar va 
uskunalari, ishchi mashina va mexanizmlar, transport vositalari, texnologik 
liniyalar kabi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi asosiy vositalar 
kiradi. 


115 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv guruhiga ishlab chiqarish 
jarayonida bilvosita ishtirok etuvchi asosiy vositalar, bino va inshootlar, yo’llar, 
xizmat ko’rsatish maydonchalari va boshqalar kiradi.
Asosiy fondlarning umumiy hajmida aktiv va passiv guruhlarining miqdori 
bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tarkibini ko’rsatib uning 
ulushi foizlarda o’lchanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasida, aktiv 
fondlar muhim ahamiyatga ega bo’lib ular ulushini ko’paytirish va tarkibini 
yangilab borish korxona faoliyati samaradorligiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. 
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital 
qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va 
qayta ta`mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish 
bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha 
tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kontsentratsiya qilish darajasi 
ham katta ta`sir ko’rsatadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan 
ta`minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va 
o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar 
harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab 
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi. 
Korxona faoliyatiga asosiy fondlarning ekspluatatsiyasi muddati va eskirish 
darajasi katta ta`sir ko’rsatadi. Asosiy vositalarning (ayniqsa aktiv guruhdagi) 
ekspluatatsiya muddati qanchalik katta bo’lsa, korxonaning ishlab chiqarish 
samaradorligi shunchalik pasayadi. Asosiy fondlar xizmat muddatlarining ortib 
borishi ularning ekspluatatsiya xarajatlarining ham ortib borishiga olib keladi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish