Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

kollegial
- bitta bo’lim xodimlari o’rtasidagi (hamkasblar o’rtasidagi) 
munosabatlar;
parallel
- bu tashkilotda bir xil mavqega ega bo’lgan, lekin turli bo’limlar va 
bo’linmalarda ishlayotgan xizmatchilar (xodimlar) o’rtasida axborot, g’oyalar, 
fikrlarni ayirboshlash zarurati bilan vujudga keladigan munosabatlardir. Bunga bir 
necha bo’lim (xizmatlar) rahbarlari o’rtasidagi munosabatlar yorqin misol bo’lib 
xizmat qiladi. Yana bir misol sifatida bitta kasbdagi, lekin vaziyat taqozosi bilan 
turli bo’linmalarda ishlayotgan mutaxassislar o’rtasidagi ish bo’yicha munosabatlar 
yoki ular xodimlari o’rtasida axborot ayriboshlash munosabatlarini keltirish 
mumkin. 
Bu munosabatlarning maqsadi axborotlarni optimallashtirishdan iboratdir. 
Biroq, shuni aytish kerakki, parallel munosabatlar har doim ham benuqson va 
o’zaro manfaatli bo’lavermaydi. Ular doirasida ziddiyatli vaziyatlarning vujudga 


102 
kelish hollari kam emas (masalan, sirli axborotning oshkor bo’lishi, hokimiyat 
raqobati). 
Boshqaruv apparati munosabatlari. Munosabatlarning bu turi u yoki bu 
kishilarning huquq va vakolatlarini ifodalaganda ro’y beradi. Bunda lavozim 
majburiyatlari tavsiyalar, maslahatlar berishdan iborat bo’ladi. 
Masalan, korxonada yangi xodimlarni ishga qabul qilish masalalari bilan 
shug’ullanadigan maxsus guruh tuzilishi mumkin. Bunga xodimlar bo’limi vakili, 
bo’sh joylar mavjud bo’lgan bo’limlarning rahbarlari yoki rahbar o’rinbosarlari 
kiradi. Bunda guruh lavozimga nomzod bilan suhbatlashish, test sinovidan 
o’tkazishni amalga oshiradi va shundan keyin mazkur kishini ishga qabul qilish 
(yoki rad javob berish) haqida xulosa - tavsiyanoma beradi. 
Munosabatlarning to’rtinchi turi shaxslararo munosabatlardir. Bunday 
munosabatlar - jamoa xodimlari o’rtasida boshqarib bo’lmaydigan ravishda - 
tashkilotda qabul qilingan qoidalar, ko’rsatmalar, odamlarning xizmat maqomidan 
qat`iy nazar vujudga keladi.
Menejmentning muhim funktsiyalaridan biri, bu tashkillashtirishdir. Uning 
vazifasi firmaning hamma bo’linmalari orasida doimiy va vaqtincha o’zaro 
munosabatlarni o’rnatish va firma ishlashining tartib va shartlarini aniqlashdan 
iborat. 
Tashkillashtirish funktsiyasi 2 ta yo’l bilan amalga oshiriladi, ya`ni 
ma`muriy tashkiliy boshqaruv orqali va operativ boshqaruv orqali. 
Ma`muriy tashkiliy boshqaruvda firmaning tuzilishini, ya`ni strukturasini 
aniqlash, hamma bo’linmalar orasidagi funktsiyalarni taqsimlash va o’zaro aloqa 
o’rnatish, boshqaruv apparati hodimlari orasida javobgarlikni o’rnatish va har xil 
huquqlar berish masalalarini mo’ljallaydi. 
Operativ boshqaruv firmani tasdiqlangan reja asosida faoliyat qilishini 
ta`minlaydi. Aniqroq qilib aytganda, uzluksiz ravishda haqiqiy olingan natijalarni 
rejalashtirilgan natijalar bilan taqqoslash zarur bo’lsa, to’g’rilab turishni nazarda 
tutadi. 


103 
Boshqaruvning 
tashkiliy 
tuzilmasini 
takomillashtirish 
muammosi 
quyidagilarni nazarda tutadi, ya`ni har bir bo’linmaning funktsiyasini aniqlash, har 
bir rahbar va hodimning huquq va burchlarini aniqlash, ko’pzinalilikni yo’q qilish, 
faoliyatni va axborot oqimining qaytarilishini yo’q qilish. Bu Yerda asosiy masala 
- boshqarish samaradorligini oshirishdir.
Jamiyat rivojlanib borgan sari, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini 
takomillashtirishga talab oshadi. Korxonalarning tuzilmasini qayta qurish 
zaruriyati quyidagi omillarga bog’liq:
- raqobatchilik kuchayib borgan sharoitda, ilmiy texnik progressning ta`siri 
ostida tezkorlik ravishda mahsulotning eng yangi turlarini yaratish; 
- intensiv ravishda eng ilg’or texnologiyalarini joriy qilish;
- kompyuter texnikasidan faol foydalanish asosida ishlab chiqarishni tashkil 
etish va boshqarishning yangi usullarini doimiy ravishda joriy qilish. 
Hozirgi davrda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini qayta qurish 
yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
1. 
Boshqaruv 
printsiplarida: 
boshqaruvda 
markazlashtirilgan 
va 
markazlashtirilmagan tizimlari orasidagi o’zaro nisbatni davriy o’zgarishi, 
bo’linmalar orasida o’zaro aloqalarning samaradorligini kuchaytirish yoki 
bo’shashtirish, ilmiy texnik izlanishlarning ilg’or yo’nalishlariga katta hajmdagi 
resurslarni birlashtirish uchun dasturiy-maqsadli boshqaruvni kuchaytirish. 
2. Boshqaruv apparatida: bo’linmalarni qaytadan guruhlash, ular o’rtasidagi 
o’zaro aloqalarni o’zgartirish, o’zaro harakatlarni o’zgartirish, bir firma ikkinchi 
firmani o’ziga yutib olishi natijasida, ishlab chiqarish korxonalarini sotilishi 
natijasida ichki tuzilmani qayta tashkillashtirish. 
3. Boshqaruv funktsiyalarida: uzoq davrga mo’ljallangan iqtisodiy va texnik 
siyosatni ishlab chiqarishga tayangan strategik rejalashtirish va bashorat etishni 
kuchaytirish, mahsulotni yaratishdan boshlab ko’p miqdorda ishlab chiqarishning 
hamma bosqichlarida shu mahsulotning sifatini nazorat qilib borish, firmaning 
butun faoliyatida komp`yuterdan samarali foydalanish, xodimlarni aktsiya sotib 
olish orqali firmaning aktsiyali kapitalida ishtirokini kuchaytirish, yaxshi 


104 
natijalarga erishgani uchun doimiy rag’batlantirib borish, marketing faoliyatini 
kuchaytirish va boshqalar. 
4. Xo’jalik faoliyatida: tekshirish jarayonlarini o’zgartirish, o’zgaruvchan 
avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlatish, sonli dasturli boshqariladigan stanok va 
robotlarni ishlatish, xalqaro darajada firmalar orasidagi munosabatlarni 
kuchaytirish, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo’yicha yirik qo’shma ilmiy va 
ishlab chiqarish dasturlarini bajarish, qo’shma ishlab chiqarish korxonalarni tuzish 
va hokazolar. 
Yirik sanoat firmalar faoliyatining xarakteri va miqyosi murakablashgan sari 
ularning boshqaruvida murakkab tashkiliy tuzilmalarni qo’llash tendentsiyasi 
kuchayib bordi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda alohidagi firmalarning rivojlanish 
talabi oshgan sari, maxsus sharoitlarga javoban boshqaruvning turli aniq shakllari 
joriy etilmoqda. Firma ichidagi boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari 
mavjud: 
- mahsulot bo’yicha tuzilma; 
- region bo’yicha tuzilma; 
- aralash tuzilma. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish