7.4-§. Korxonaning tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish yo’llari
Korxonaning
tashkiliy
tuzilmasini
takomillashtirish
–
tashkiliy
rivojlanishning muhim omili bo’libgina qolmay, o’zgarishlar jarayoni, korxonani
boshqarish samaradorligini oshirish tizimining muhim omili hamdir.
Tashkiliy tuzilmani optimallashtirishga ko’p hollarda ehtiyoj seziladi.
Tashkiliy tuzilma quyidagi vaziyatlarda o’zgarishlar qilishni talab etadi:
- bozor iqtisodiyoti sharoitlari va tashqi muhitning o’zgarishi;
- yangi strategik yo’nalishlar;
- xarajatlarni kamaytirish zarurligi;
- korxona egalarining almashishi;
- qo’shilish, bo’linish, tugatilish;
105
- boshqaruvning inqirozi.
Bo’linmalarda ko’pincha o’zining vazifa va javobgarligini his qilishmaydi,
kim nima uchun javobgarligi to’g’risida xodimlarda aniq tushuncha yo’q. Kuchsiz
koordinatsiya (muvofiqlashtirish) bo’linmalar va alohida xodimlar o’rtasidagi
javobgarlikning susayishiga va bir xillikka olib keladi. Kuchsiz koordinatsiya va
birdamlikning zaifligi biznes jarayonlarining yaratilishida turli bo’linmalarning
muammolari nizoli vaziyatlarning manbasiga sabab bo’ladi.
Funktsional jarayonlar shunday qurilganki, unda salbiy natijalardan
ogohlantirish va faoliyatni takomillashtirishning iloji yo’q.
Tashkiliy tuzilmani takomillashtirish bizga nima beradi?
Tashkiliy tuzilma korxona boshqaruvini to’liq, kelishilgan va aniq tizimini
ta`minlaydi, bo’linmalar va ularning rahbarlari orasidagi masalalarni, javobgarlik
va vakolat doirasini taqsimlashga yordam beradi.
Korxona strukturasi ichki o’zgarishlarga va tashqi muhit omillari ta`siriga
barqaror bo’lishni ta`minlaydi.
Tashkiliy tuzilmani takomillashtirish korxona rahbarlarining boshqaruv
aloqalari bilan bog’liq faoliyati optimallashadi va natijada korxonaning barcha
elementlari boshqaruvining sifati ham oshadi. Korxona rahbarlarida korxonaning
kelajakdagi rivoji bilan bog’liq bo’lgan taktik emas, balki strategik masalalarning
Yechimlariga ko’proq e`tibor qaratishga imkon bo’ladi.
Korxona xodimlarida o’zining vazifalari, javobgarlik doirasi va vakolatlari
to’g’risida aniq tushuncha yuzaga keladi. Yangi xodimlarning moslashuvchanlik
samaradorligi va tezligi oshadi.
Tuzilmani optimallashtirish jarayonida paydo bo’ladigan ma`lum bir
muammolar mavjud, ularni oldindan bilish talab etiladi.
Boshqaruvning turli bosqichlarida javobgarlik va vakolat doiralarining
o’zgarishi odatda xodimlarning qarshiliklarini vujudga keltiradi. Bunga bog’liq
ravishda
rahbarlarning
boshqaruv
malakasini
oshirish
va
innovatsion
tayyorgarlikni shakllantirish bo’yicha maqsadli ishlarni olib borish zaruriyati
paydo bo’ldi.
106
Agarda korxona loyiha yo’nalishida ya`ni, doimiy ishlab chiqarish
jarayonlari va mahsulotlar (xizmatlar)ni amalga oshirishdagi faoliyat yuritsa, unda
tashkiliy tuzilmani optimallashtirish tavsiya etilmaydi. Bunda biznes-loyihalarni
amalga oshirish va tayyorlash bo’yicha tadbirlarni o’tkazish kerak.
Korxonani tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilishi
lozim bo’lgan ishlar:
- konsultatsiyalardagi ehtiyojlarning ekspress-tahlili;
- faoliyat yurituvchi korxona tuzilmalarining tahlili;
- rivojlanish strategiyalarini shakllantirish;
- xodimlarni o’qitish;
- yangiliklarni joriy etish.
Hozirgi vaqtda ko’pchilik korxonalarda tashkiliy tuzilmaga o’zgartirishlar
kiritish ehtiyoji o’smoqda. Bunday talab turli sabablarga ko’ra vujudga keladi,
ulardan quyidagilarni ajatib ko’rsatish mumkin:
- yangi aktivlar va bizneslarni orttirish;
- aktivlarning sotuvi va ajratmalari;
- raqobatchilikka holisona yondashish;
- davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarining joriy etilishi;
- bo’linma va biznes boshqaruvini oshirish zaruriyati.
Tashkiiy o’zgarishlar zaruriyati albatta ma`lum bir sababsiz amalga
oshmaydi, chunki o’zgarishlarni amalga oshirish uchun katta mablag’ va
yo’qotishlar sarf qilinadi. O’zgartirishlarga o’tishdan oldin barcha narsani taroziga
solish lozim.
Jiddiy tashkiliy o’zgarishlar jiddiy xarajatlarga olib keladi. Shuning uchun
korxonaga o’zgartirishlar kiritish arziydimi yoki yo’qmi, buni oldindan ko’ra bilish
lozimdir.
Har qanday tashkiliy strukturaning sifati uni shakllantirishda quyidagilarga
qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi:
– sistemali yondashuv, ya`ni boshqaruv obyekti va organiga ta`sir qiluvchi
iloji boricha hamma faktorlarni hisobga olish;
107
– boshqaruv markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal
birligi;
– oliy rahbarlardan to’g’ridan-to’g’ri ijro etuvchiga axborotni borishi va
vaqtning maksimal qisqarishi;
– loyihalashtirilayotgan tuzilmada har bir tarkibiy qismning vazifasi va
huquqini to’g’ri aniqlash;
– boshqaruv tizimidagi o’zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati;
– har bir aniq holat bo’yicha qaysi bo’linmada axborot ko’p bo’lsa, shu
savolni Yechish bo’yicha bo’linmaga vakolat berish.
Korxonani boshqarish tizimini takomillashtirib borish mulkchilik shakli,
faoliyat natijasi va yuzaga kelgan tashkiliy tuzilmaning qandayligidan qat`i nazar,
har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli
hal qilish korxonalarga, birinchi o’rinda, boshqaruv tizimining samaradorligini
oshirishga, ikkinchidan, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish faoliyatining
iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi
tendentsiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining maqsadli tavsifini
kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini yaratish va boshqaruv
apparatining faoliyatini yaxshilash, jumladan, ortiqcha boshqaruv bo’g’inlarini
qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda jamoalar rolining o’sishi va
ularning yuqori natijalarga erishishga yo’naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy
sharoitlarining yaxshilanishi. Bu tendentsiyalarga asosan korxonalarning
boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirish yo’nalishlari ham aniqlanib,
ularga avvalo sifat ko’rsatkichlari asos qilib olingan. Bu ko’rsatkichlar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |