Optimallik
– tuzilma bo’linmalari o’rtasida eng kam boshqaruv bo’g’inlariga
ega bo’lgan holda o’zaro aloqalarni ratsional tarzda o’rnatishdir. Shu sababli ko’p
bo’g’inlilikni qisqartirish boshqaruv tizimini takomillashtirish oldiga qo’yiluvchi
asosiy talablardan biri hisoblanadi.
108
Tezkorlik (operativlik)
– barcha funktsional bo’linmalarning, zarur hollarda
ishlab chiqarish bo’linmalarining, boshqaruv qarorlari o’z vaqtida va sifatli
bajarilishini ta`minlash uchun o’zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi.
Ishonchlilik
– axborotlarni o’z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini
bajaruvchilarga va bajarish joylariga o’z vaqtida Yetkazishni ta`minlaydi.
Ishonchlilik
va
tezkorlik
joriy
va
istiqboldagi
boshqaruv
tizimining
samaradorligida muhim turtki hisoblanadi.
Tejamkorlik
– bu, asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan
holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya`ni ishlab
chiqarish samaradorligining o’sishiga erishishdir.
Aytib o’tish kerakki, korxona jamoasi va ishlab chiqarishni boshqarishni
takomillashtirish sohasida barcha uchun bir xil yo’l mavjud emas.
Mazkur vazifa muayyan sharoit, holat va imkoniyatlardan kelib chiqqan
holda yuzaga keladi va hal qilinadi. Biroq bunda ham o’zgarmas bir qoida mavjud
bo’lib, unga ko’ra, har bir o’zgartirish, yaxshilanish va shakl o’zgartirishlar
avvaldan o’ylab chiqilishi hamda ilmiy jihatdan asoslab berilishi zarur. Masalan,
hozirgi
paytda
korxonalarni
boshqarishni
takomillashtirishning
muhim
yo’nalishlaridan biri sifatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (ABT) yaratish
va amaliyotga kiritish hamda ish vaqti yo’qotilishining oldini olish, uskunalarning
bekor turib qolishini qisqartirish, mehnat va moddiy resurslardan oqilona
foydalanishga ko’maklashuvchi kompyuter texnikasidan foydalanishni ko’rsatish
mumkin.
Amaliyotdan shu narsa ma`lumki, korxonalarni boshqarishning sexsiz
tuzilmasi yuqori darajada samarali bo’lib, boshqaruvni markazlashtirishni
qisqartirish hamda kichik va o’rta korxonalarning ijtimoiy ishlab chiqarishni
rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri -
korxonaning funktsional xizmatlari va bo’limlari faoliyatini ortiqcha tuzilmaviy
bo’linmalarni tugatish, xizmat ko’rsatuvchi bo’limlarni optimallashtirish, birlamchi
109
hisobga olish hamda hisob-kitob va boshqa boshqaruv amallarini soddalashtirish
yo’li orqali muvofiqlashtirishdir.
Bu yerda ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning ko’plab funktsiyalarini
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkonini beruvchi, boshqaruvning
yangi texnikasidan, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan turli xil hisob-
kitob va tahlil vositalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Boshqaruv tizimini takomillashtirishda texnik vositalar, boshqaruv
jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, jumladan, ABT asosidagi faoliyat, boshqaruv
tadqiqotlari va loyihalari o’z-o’zidan yoki avtomatik ravishda kerakli natijalarga
olib kelmaydi. Bu yerda ko’p narsa insonlarning, ayniqsa, menejerlarning
faoliyatiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli ijtimoiy omillarning rivojlanishi, ishlab
chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli kuchayishi, ayniqsa,
korxonalarga boshqarishning ratsional shakllarini tanlashga keng imkoniyatlar
yaratib berilgan hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish
va ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli o’sishi
iqtisodiy fikrlashning kerakli tomonga yo’naltirilishiga xizmat qiladi hamda
boshqarishni yaxshilashni korxona rahbaridan tashqari butun jamoaning vazifasi
qilib belgilaydi.
Zamonaviy texnika vositalari va yangi usullardan tashqari korxonalarni
boshqarishda ishlab chiqarish jamoalarida zarur bo’lgan
ijtimoiy-psixologik
muhitni
shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko’rsatadiki,
ijtimoiy-psixologik muhit boshqaruvning natijalari va amaliyligini yo’qqa
chiqarishi yoki aksincha kuchaytirishi mumkin.
Psixologik muhit nodir va qaytarilmas holatdir. Ikkita bir xil jamoa
bo’lmagani kabi, bir-biriga mos keluvchi psixologik muhitning ham mavjud
bo’lishi mumkin emas: jamoadagi har bir shaxs jamoani boyitadi va bir vaqtda o’zi
ham boyib, unga nodirlik va qaytarilmaslikni baxsh etadi. Psixologik muhit orqali
zarur bo’lgan ishlab chiqarish ruhiyati shakllanadi va boshqaruvning maqsadli
funktsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
110
Mavjud bo’lgan korxonaning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishning
asosiy yo’llaridan biri bu markazlashtirishni yumshatishdir, bu o’z navbatida har
bir rahbar o’zining bo’limi faoliyati uchun javobgarlik darajasini oshiradi. Bu
o’rta bo’g’indagi boshqaruvga ko’p turli xil aloqalarni kiritishdan iborat.
Korxona tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish bo’yicha ishlarni bajarish
menejment, axborot texnologiyalari, marketing va iqtisodiyot sohasidagi
mutaxassislarni jalb qilishni talab etadi.
Menejerlarning vazifasi korxona maqsad va vazifalariga javob beruvchi,
tashqi va ichki muhit omillariga ta`sir etuvchi tuzilmani to’g’ri tanlashdan iborat.
“Eng yaxshi tuzilma” – bu tashqi muhit bilan o’zaro samarali faoliyat
yuritishga, o’zini xodimlari mehnatini maqsadli taqsimlashga, mijozlar
ehtiyojlarini qondirish va o’zining maqsadlariga yuqori samaradorlikda erishishga
yo’naltirilgan bo’ladi.
Korxona tashkiliy tuzilmasiga avvalo, tuzilmaviy bo’g’inlar, lavozimlar
birlashishi va taqsimoti, ularning qo’l ostidagilarining ijrosi, tuzilmaviy bo’limlar
faoliyatlarining o’zgarishlari, boshqaruv jarayonlari uchun reglament va tadbirlarni
shakllantirish, soddalashtirish orqali o’zgartirishlar kiritiladi. Bunday o’zgarishlar
yangi Nizom, tuzilmaviy bo’linmalar, mansab, lavozim, boshqaruv jarayonlarini
amalga oshirish sohasidagi korxona standartlari va ma`muriy hujjatlarning
amaliyotga tadbiqi nazorati orqali amalga oshiriladi.
Korxona
tashkiliy
tuzilmasini
takomillashtirish
-
bu
boshqaruv
samaradorligini oshirish, korxona hamda ta`sischi va xodimlar manfaatlarini
ko’zlagan holda faoliyat yuritishning muhim mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Menejmentning tashkiliy tuzilmalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni
tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan
va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab
chiqarish-texnik, xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo’yicha
hamma
funktsiyalarni
bajarilishining
zaruriyatidan
kelib
chiqadi.
Bu
muammolarning Yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv ishlari va
111
funktsiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini
belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |