Nazorat uchun savollar
1. Tashkiliy tuzilma nima?
2. “Tuzilma” so’zi qanday ma`noni anglatadi?
3. Kommunal infratuzilma korxonalarida tashkiliy tuzilmalarning qanday
turlaridan foydalaniladi?
4. Chiziqli tuzilmaning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
5. Funktsional tuzilmaning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
6. Korxona tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish omillarini aytib bering.
7. Korxonaning tuzilmasi qaysi omillar ta`siri ostida shakllanadi?
8. Boshqaruv tuzilmasiga qo’yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
9. Korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasidagi bo’linmalar o’rni va
ahamiyatini tushuntiring.
10. Korxona tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish qanday amalga
oshiriladi?
112
8-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA KORXONALARINING ISHLAB
CHIQARISH QUVVATLARI VA ASOSIY FONDLARNI BOShQARISH
Tayanch iboralar:
Asosiy fond, ishlab chiqarish quvvatlari, amortizatsiya,
amortizatsiya ajratmalari, ishlab chiqarish fondlari, noishlab chiqarish fondlari,
eskirish qiymati, jismoniy eskirish, ma`naviy eskirish, uzatuvchi tizimlar, loyiha
quvvati, ta`mirlash tsikli.
8.1-§. Asosiy fondlarning korxona faoliyatidagi o’rni va tarkibiy xususiyatlari
Asosiy fondlar korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi ishlab
chiqarish quvvatlarining asosini shakllantiradi. Asosiy fondlar korxona ishlab
chiqarish vositalarining
asosiy qismini tashkil etib, ular ishlab chiqarish jarayonida
uzoq vaqt davomida xizmat qiladi. O’z moddiy salohiyatini va o’z qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga qismlab
o’tkazib boradi. Asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida eskirishi hisobidan
o’z qiymatining ma`lum bir qismini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga
o’tkazishi amortizatsiya deb atalib, eskirish qiymati yig’indisi amortizatsiya
ajratmalarini tashkil etadi.
Asosiy fondlar korxona faoliyatidagi ishtirokiga ko’ra ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari
korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita ishtirok etib,
korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini tashkil etadi. Kommunal xo’jaligi
korxonalarida asosiy fondlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
ishlab chiqarish binolari va inshootlari;
uzatish quvurlari va tizimlari;
kuch beruvchi mashinalar va mexanizmlar;
ishlab chiqarish mashinalari va uskunalar;
transport vositalari;
113
o’lchov va hisobga olish asboblari va qurilmalari;
ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi, xizmat muddati bir
yildan ortiq bo’lgan turli ishlab chiqarish inventarlari va asboblari.
Aholining doimiy yashashi va hayotiy faoliyatini ta`minlash uchun
foydalaniladigan uy-joy fondlari kommunal xo’jaligi korxonalari asosiy fondlari
tarkibiga kirmaydi va uy-joy fondidan foydalanish, texnik xizmat ko’rsatish,
ta`mirlash va qayta tiklash bilan bog’liq savollar alohida bobda ko’rib chiqiladi.
Kommunal infratuzilma korxonalarining asosiy fondlari ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish xarakteridan kelib chiqib iqtisodiyotning boshqa sohalaridagidan
tubdan farqlanadi. Ularning farqlanuvchi jihatlari asosan quyidagilardan iborat:
kommunal xo’jaligi korxonalarida asosiy fondlarning katta qismini
uzatish quvurlari va tizimlari tashkil etib, ular maxsus loyiha-smeta hujjatlari
asosida uzoq muddat davomida qurib ishga tushiriladi;
asosiy fondlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida yagona
tizim shaklida faoliyat ko’rsatadi va tizimda ishtirok etayotgan asosiy vositalardan
biri yoki bir nechtasini to’xtatib qo’yish, chetlashtirish imkoni mavjud emas
(avariya holatlari bundan mustasno);
ishlab chiqarish quvvatlarini bir vaqtning o’zida to’liq almashtirib,
yangilab bo’lmaydi va bu jarayon tizimda doimiy ravishda amalga oshirib boriladi;
asosiy fondlarning eskirish muddatiga va mehnat unumdorligiga tabiiy
iqlim va ob-havo katta ta`sir ko’rsatadi.
Kommunal infratuzilma sohasidagi korxonalarning ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish xususiyatidan kelib chiqib asosiy ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish fondlarining asosiy qismi tubdan farqlanadi. Masalan:
elektr energiyasi ta`minoti korxonalarida yuqori kuchlanishli elektr
magistrallari,
elektr
energiyasi
uzatuvchi
podstantsiyalar,
taqsimlovchi
transformatorlar, elektr uzatish liniyalari;
issiq suv va issiqlik energiyasi korxonalarida qozonxonalar, issiqlik
uzatish magistrallari, quvurlar, taqsimlash elevator uzellari;
114
suv ta`minoti korxonalarida suv havzalari, suvni tindirish va tozalash
inshootlari, nasos stantsiyalari, suv uzatish magistrallari va quvurlari;
gaz ta`minoti korxonalarida gaz magistrallari, yuqori, o’rta va past bosimli
gaz quvurlari, gaz taqsimlash punktlari;
maishiy chiqindilarni tashish va qayta ishlash korxonalarida maxsus
transport vositalari va chiqindini qayta ishlash uskunalari asosiy ishlab chiqarish
quvvatlarni tashkil etadi.
Kommunal infratuzilma korxonalarida asosiy ishlab chiqarish quvvatlarining
tarkibiy xususiyatiga ko’ra bunday farqlanishi ushbu korxonalar faoliyatini tashkil
etish va rejalashtirishda o’ziga xos yondashishni talab etadi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxonaning asosiy ishlab chiqarish
faoliyatida bevosita ishtirok etmaydi. Ularning eskirish qiymati ko’rsatilgan xizmat
va ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga bevosita qo’shilmaydi. Noishlab
chiqarish asosiy fondlari tarkibiga korxona balansidagi boshqarish va asosiy ishlab
chiqarish jarayoniga, ishchi xodimlarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan
ma`muriy, xo’jalik binolar, oshxona, profilaktoriya, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar
uchun xizmat qiluvchi binolar, bolalar bog’chalari, sport-sog’lomlashtirish va
boshqa obyektlar va ulardagi asosiy vositalar kiritiladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirokidan
kelib chiqib aktiv va passiv guruhlarga bo’linadi. Kommunal xo’jaligi
korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv guruhiga yuqori
kuchlanishli elektr magistrallari, elektr energiyasi uzatuvchi podstantsiyalar,
taqsimlovchi transformatorlar, elektr uzatish liniyalari, qozonxonalar, issiqlik
uzatish magestrallari, quvurlar, suvni tindirish va tozalash inshootlari, nasos
stantsiyalari, suv uzatish magistrallari va quvurlari, gaz magistrallari va quvurlari,
gaz taqsimlash punktlari, maxsus transport vositalari, kuch beruvchi mashinalar va
uskunalari, ishchi mashina va mexanizmlar, transport vositalari, texnologik
liniyalar kabi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi asosiy vositalar
kiradi.
115
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv guruhiga ishlab chiqarish
jarayonida bilvosita ishtirok etuvchi asosiy vositalar, bino va inshootlar, yo’llar,
xizmat ko’rsatish maydonchalari va boshqalar kiradi.
Asosiy fondlarning umumiy hajmida aktiv va passiv guruhlarining miqdori
bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tarkibini ko’rsatib uning
ulushi foizlarda o’lchanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasida, aktiv
fondlar muhim ahamiyatga ega bo’lib ular ulushini ko’paytirish va tarkibini
yangilab borish korxona faoliyati samaradorligiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital
qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va
qayta ta`mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish
bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha
tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kontsentratsiya qilish darajasi
ham katta ta`sir ko’rsatadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan
ta`minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va
o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar
harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
Korxona faoliyatiga asosiy fondlarning ekspluatatsiyasi muddati va eskirish
darajasi katta ta`sir ko’rsatadi. Asosiy vositalarning (ayniqsa aktiv guruhdagi)
ekspluatatsiya muddati qanchalik katta bo’lsa, korxonaning ishlab chiqarish
samaradorligi shunchalik pasayadi. Asosiy fondlar xizmat muddatlarining ortib
borishi ularning ekspluatatsiya xarajatlarining ham ortib borishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |