8.2-§. Kommunal infratuzilma korxonalarini ishlab chiqarish quvvatlari bilan
ta`minlash va ulardan foydalanishni tashkil etish
Kommunal infratuzilma korxonalarida asosiy fondlar tarkibi ishlab chiqarish
korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlaridan keskin farqlanadi. Kommunal
xizmatlar ko’rsatishda asosiy fondlarning asosiy, katta qismini uzatuvchi tizimlar
116
(elektr energiyasi, gaz, suv, issiqlik va boshqa energiya uzatish tizimlari) tashkil
etadi. Asosiy fondlarning hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab
chiqarish quvvatini belgilaydi. Asosiy fondlar korxona xizmat ko’rsatish faoliyatini
asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklaturada va
sifatli xizmat ko’rsatishi va mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potentsial
imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta`minlanish darajasi korxonada ma`lum bir
davrda zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida
xizmat ko’rsatish yoki ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal
hajmi bilan belgilanadi. Kommunal xo’jaligi sohasida ma`lum tizimlar (quvurlar,
uzatish liniyalari) orqali xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning aksariyati monopol
hisoblanadi. Bunga sabab xizmat ko’rsatiladigan hududda xizmat ko’rsatuvchi
tarmoq yagona bo’lib undan boshqa korxona yoki tashkilot foydalanish
imkoniyatigi ega bo’lmaydi.
Kommunal xizmatning bunday turlarini ko’rsatuvchi korxonalar belgilangan
(ular xizmat ko’rsatayotgan) hududda ko’rsatiladigan xizmatga bo’lgan talabning
to’liq qondirishlari zarur bo’ladi. Shundan kelib chiqib, mazkur korxonaning
quvvati mazkur xizmatga bo’lgan talabni to’liq qondirish uchun etarli bo’lishi
lozim.
Kommunal xo’jaligida korxonaning ishlab chiqarish quvvati yagona tizim
quvvati bilan aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarish bo’limlari quvvati bosh
uchastkalar (qozonxona, nasos stantsiyalari, taqsimlash markazlari va boshqalar)
quvvati bilan, uzatish tizimlari quvvati esa o’rnatilgan uskunalar quvvatiga asosan
aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati hajmini belgilab beruvchi
ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
inshootlar quvvati va hajmi;
uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha miqdori;
inshoot, uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-
iqtisodiy norma (normativ)lari;
uskunalar ish vaqti fondi (xizmat muddati);
117
ishchi va xizmatchilar soni;
ko’rsatilgan
xizmat
va
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulot
nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).
Shuningdek, kommunal xo’jaligida asosiy hisoblanuvchi barcha turdagi
xizmatlar ko’rsatishda (elektr, issiqlik energiya, suv ta`minotida va boshqalar)
uzilish bo’lishi mumkin emas. Bu esa o’z navbatida korxonalarda favqulotda
holatlarni bartaraf etish va to’xtalishlar bo’lmasligini ta`minlash uchun
qo’shimcha, zahira quvvatlar bo’lishini talab etadi.
Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari tendentsiyali ko’rsatkichlarda,
ya`ni boshlang’ich (yil boshida) ko’rsatkich, yakuniy (yil oxirida) ko’rsatkich,
o’rtacha yillik ko’rsatkich shaklida o’rganiladi. Shuningdek, kommunal xo’jaligida
korxonaning absolyut ko’rsatkichi - loyiha quvvati hisoblanadi. Loyiha quvvati
qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Ammo loyiha quvvatiga asoslanish
uchun korxonada to’liq loyihadagi quvvat ishga tushirilgan bo’lishi shart.
Quvvatlarni qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish
orqali korxonada ishlab chiqarish fondlarining loyiha quvvatini oshirish mumkin.
Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati
bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish
dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda o’rnatilgan uskunalardan
tashqari, zahiradagi uskunalar ham hisobga olinadi. Kommunal xo’jaligi
korxonalarida ishlab chiqarish quvvati uzatish tizimi quvvatiga asosan hisoblanadi.
Kommunal xo’jaligi korxonasining umumiy quvvati ishlab chiqarish quvvatidan
zahira quvvatlar hisobiga farqlanadi.
zax
ch
i
e
umum
К
К
К
.
.
.
K
umum
– korxonaning umumiy quvvatlari;
K
e.i.ch.
- ekspluatatsiya dagi ishlab chiqarish quvvatlari;
K
zax
– me`yor bo’yicha zahira quvvatlari.
118
Suv xo’jaligi, issiqlik ta`minoti korxonalarida zahira fondlari 30%ga qadar
bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda etkazib beriladigan mahsulot birligiga
sarflanuvchi vaqt me`yori yoki har bir uskunaning unumdorlik me`yorlari muhim
ahamiyatga ega bo’ladi.
Korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bosh bo’g’ini (qozonxona, nasos
stantsiyasi va boshqalarning) ishlab chiqarish quvvati har bir uskunalar bo’yicha
alohida-alohida, quyidagi formula asosida hisoblanadi:
n
jаmi
К
К
К
К
К
...
3
2
1
т
maks
М
Т
n
К
1
Bu yerda:
K
jami
- xizmat ko’rsatish tizimining ishlab chiqarish quvvati;
K
1
- 1-guruh uskunalarning qabul qilingan o’lchov birligidagi quvvati;
n - tizimdagi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uskunalari soni;
T
maks
- uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat;
M
m
- uskunada ko’rsatiladigan xizmat yoki mahsulot birligini tayyorlash
uchun grogressiv mehnat sig’imi, soat.
Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va
aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishni mumkin
bo’lgan maksimal darajasini tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishini hisoblash
natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini
ko’rsatadi.
Demak, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan
mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr
mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish uskunalarining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos
kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi.
Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
119
12
12
2
.
.
.
1
.
.
.
.
.
'
n
К
n
К
К
К
ch
d
y
k
d
y
b
y
yil
rt
o
Bu yerda:
K
o’rt.yil
– korxonaning o’rtacha yillik quvvati;
K
y.b.
– korxonaning yil boshidagi quvvati;
K
y.d.k.
– yil mobaynida kiritilgan quvvatlar;
K
y.d.ch.
– yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (tugatilgan) quvvatlar;
n
1
, n
2
– ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan
ishlab chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar
soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq
bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini
tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va
ularni ta`minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.
Kommunal xo’jaligida ko’rsatilayotgan xizmatlarni belgilangan me`yorlarda
bo’lishini ta`minlash korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari balansini o’rganib
borishni taqozo etadi. O’rganish jarayonida ba`zis ko’rsatkich bo’lib korxonaning
(inshoot, uzatish tizimi, kuch beruvchi uskuna va boshqalarning) loyiha quvvati
hisoblanadi. Bunga sabab, istalgan vaqtda xizmat ko’rsatish tizimiga qo’shimcha
iste`molchilarning ulanishi bir tomondan xizmat ko’rsatuvchi fondlarga me`yordan
ortiq quvvat berishni talab etsa, ikkinchi tomondan ko’rsatilayotgan xizmat
sifatining pasayishiga olib keladi. Agar, xizmat ko’rsatish tarmoqlari to’la
quvvatda (belgilangan texnik me`yorga nisbatan) ishlayotgan bo’lsa qo’shimcha
iste`molchilarning ulanishiga yo’l qo’yilmaydi yoki talab darajasida qo’shimcha
quvvatlar ishga tushirilishi zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |